Фарғона давлат университети Jahon tarixi kafedrasi Р. А. Арслонзода архившунослик бакалавриатнинг
Download 195.79 Kb.
|
Архившунослик (маъруза матни)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu: Ўзбекистон Республикасининг Миллий архив фонди Режа
- Tayanch iboralar
Manbalar va adabiyotlar
Архив иши тўғрисида: Қонунчилик палатаси томонидан 2009 йил 3 ноябрда қабул қилинган; Сенат Кенгашида 2010 йил 7 майда маъқулланган. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни // Халқ сўзи. 2010. 16 июнь. Алимов И.А. Архившунослик. Ўқув қўлланма. - Андижон, 2005. Архивлар // Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. - Т., 2000. Arxiv ishi va ish yuritish sohasi axborotnomasi: davriy nashr. Арслонзода Р., Расулов М., Ҳамаев Н. Мустақиллик йилларида Ўзбекистонда архив иши // “Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда” мавзусидаги учинчи республика илмий-назарий анжумани материаллари. Фарғона, 2014 йил 30 май – Фарғона, 2014. Арслонзода Р.А. Современная система архивов в Республике Узбекистан // Научный вестник ФерГУ. 2017. № 1. С. 38-42. Усмонов А. Ўзбекистонда архив ишнинг истиқболлари // Инфолиб: Ахборот-кутубхона ахборотномаси. 2017. № 1. Б. 54-55. Internet saytlari. 6-mavzu: Ўзбекистон Республикасининг Миллий архив фонди Режа: 1. O‘zbekiston Rеspublikasi Milliy arхiv fоndi (MAF). 2. MAF hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish 3. MAF hujjatlarini saqlash tartibi Tayanch iboralar: Milliy arxiv fondi, MAFning davlatga tegishli qismi, MAFning davlatga tegishli bo’lmagan qismi, MAF hujjatlarining davlat katalogi, hujjatlarni depozitar saqlash. O‘zbekiston Rеspublikasi Milliy arхiv fоndi (MAF) O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi – bu O‘zbekiston xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va ma’naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining majmuidir. Milliy arxiv fondi MAFning davlatga tegishli qism va davlatga tegishli bo‘lmagan qismdan iborat. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini quyidagilar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari: • davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning; • sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq ta’limi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning; • ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning; • vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari. 2. Kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari. 4. Qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yoki ularga berilgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari. 5. Arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga qonunchilik hujjatlari, boshqaruv, loyiha, konstruktorlik hujjatlari, maxsus hujjatlar, shuningdek ularning boshqa moddiy jismlardagi yozuvlari, dasturlar, algoritmlar va mashina yo‘naltirilgan (mexanografik) hujjatlar, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy qo‘lyozmalar va boshqa qo‘lyozmalar, rasmlar, kundaliklar, xotiranomalar, yozishmalar hamda fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli bo‘lganligi uchun saqlanishi kerak bo‘lgan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, davlat mulki bo‘lgan hujjatlarning boshqa toifalari kiradi. Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hujjatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga idoraviy mansub davlat arxivlari tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi davlat tomonidan saqlanishi kerak bo‘lgan hujjatlarning namunaviy ro‘yxatlarini, shu jumladan saqlash muddatlarini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismini nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida vujudga kelgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tashkil etadi. • MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi O‘zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning; • nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari) dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta’lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining; • jismoniy shaxslar ixtiyoridagi nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlari (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) dan tashkil topadi. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmatdorligi ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Download 195.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling