Фарғона давлат университети Зоология кафедраси доценти қ


Download 19.94 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1320182
Bog'liq
Ochiq dars bayoni


Quva tumani X.T.B. tasarrufidagi 26-o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tayotgan FDU tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 19.66 – guruh talabasi Maftuna Esonjonova tomonidan “Afrika materigining geografik o‘rni, o‘rganilishi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlilining


Bayonnomasi


26.12.2022yil Quva tumani
Qatnashdilar:
Maktab direktori: B. Asadullayev
Amaliyot rahbari : R. Xoliqov
Fan o’qituvchisi : ___________
Amaliyotchi talaba : M. Esonjonova


KUN TARTIBIDA:
Ochiq dars muhokamasi
Eshitildi : Birinchi so’z navbatini yig’ilish raisi olib, ochiq dars muhokamasini boshlab berdi va amaliyotchi talabaning ochiq darsini tahlil qildi. Ochiq darsning yuqori saviyada tashkillanganligi va ko’rsatilgan jonbozlikni aytib, o’z navbatida amaliyotchida sezilgan hayajon va boshqa kamchiliklarini qisqartirish tog’risida ko’rsatmalar berdi, hamda amaliyotchi talabaga bilim berayotgan barcha ustozlarini mehnatlarini e’tirof etib so’zni yakunladi.
Esonjonova Maftuna o’z so'zida ushbu darsni olib borishda juda yaxshi kayfiyatda o’ziga ishonch bilan universitetda ustozlaridan olgan bilimlari va shu maktabda ustoz o’qituvchilardan olgan amaliy ko’nikmalari asosida o’tganini aytdi. O'quvchilarga “Afrika materigining geografik o‘rni, o‘rganilishi” mavzusi haqida batafsil ma’lumot berish darsning maqsadi ekanligini ta’kidladi. Dars davomida rejalashtirilgan ma’lumotlarni to’liq berganligi zarur hollarda kerakli ma’lumotlar, sanalar, qo’shimcha adabiyotlar sinf doskasiga tushunarli holda yozib berilganligi aytdi. Darsga kirishdan oldin o’z oldiga qo’ygan maqsadiga to’liq erishganini aytdi.
Navbatda so'zga chiqqan amaliyot rahbari R. Xoliqov quyidagilarni takidlab o’tdi: amaliyotchi talaba tomonidan o'tkazilgan dars tasdiqlangan dastur va unga muvofiq tuzilgan rejaga toliq mos keladi. Amaliyotchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga to’liq erishdi. Bundan tashqari dars nihoyasida mavzuni о’quvchilar qisqacha tarzda darsning mazmuni haqida gapirib beradi.
Keyingi so’z navbatini maktabning geografiya fani o’qituvchisi olib mamnuniyat bilan amaliyotchi talabaning ochiq darsida erishgan yutuqlari to’g’risida gapirdi. Amaliyotchi talaba ko’zda tutilgan mavzuga juda yaxshi tayyorgarlik ko’rgan jumladan uning ushbu 1 soatlik ochiq dars uchun tayyorlagan dars ishlanmasi ham juda yuqori saviyada tayyorlangan.

Yig’ilish qatnashchilari qaror qiladi:


Quva tumani X.T.B. tasarrufidagi 26-o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tayotgan FDU tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 19.66 – guruh talabasi Esonjonova Maftuna tomonidan “Afrika materigining geografik o‘rni, o‘rganilishi” mavzusida o’tkazgan ochiq darsi yuqori saviyada o’tkazildi va ijobiy deb topilsin.

Yig’ilish raisi : B. Asadullayev


Yig’ilish kotibi: ______________
Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling