Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари
Ekstensiv va intensiv yo’llar
Download 85.01 Kb.
|
Qishloq xo’jaligi..
O’simlikchilik mahsulotlari etishtirishni, ikki yo’li – ekstensiv va intensiv yo’li mavjud. Ekstensiv yo’lda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini ko’paytirish hisobiga, intensiv yo’lda esa ekinlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlanadi. Mahsulot miqdorini intensiv yo’l orqali ko’paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigasiya-meliorasiya tizimini qurish, ta’mirlash, yerlarni tekislash, sho’rini yuvish, o’g’itlardan samarali foydalanish, almashlab ekishni joriy etish kerak. Yetishtirilayotgan mahsulotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan ishlarni, tadbirlarni oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning pudrat, ijara kabi maqsadga muvofiq shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni yig’ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirsh, ishlab chiqarish vositalaridan to’liq va samarali foydalanish, yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak. Dehqonchilik mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo’jaliklarda faoliyat ko’rsatayotgan barcha a’zolarning ishlab chiqarishga bo’lgan munosabatlarini bozor talablari asosida tubdan o’zgartirish lozim. Ya’ni, ular mahsulot etishtirish, yig’ishtirib olish, saqlash va sotish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni vaqtida, oqilona amalga oshirishga alohida e’tibor berishlari kerak. Yuqorida ta’kidlangan barcha tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida o’simlikchilik mahsulotlari miqdori ko’payib, ularning samaradorligi yuksalishi ta’minlanadi. G‘alla yetishtirish – hamma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosidir. G‘alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta’minlaydi. G‘alla oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va yangilashda ham zarur, muhim eksport mahsuloti hamdir. G‘allani barqaror yetishtirish ilg‘or texnologiyalarni joriy etmasdan, intyensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy o‘simliklarning biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga o‘tmay turib erishib bo‘lmaydi. Non mahsulotlari tayyorlashda bug‘doy (g‘alla) tarkibidagi shira, uning sifati miqdori o‘ta muhim ahamiyatga ega. G‘alla naturasi g‘allaning 1 l massasida aniqlanadigan tegirmon jihozlari partiyasining muhim sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bug‘doy doni 720 grammdan yuqori naturada yuqori texnologik hossaga ega bo‘ladi. Bu miqdordan past bo‘lsa, don maydalanganda (tegirmonda) uncha yuqori sifatli bo‘lmagan va kutilganidan kam un beradi. Donning shiraligi 50-60% bo‘lishi kerak. G‘alla ishlab chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlari samaradorligi quyidagicha: g‘alla ekinlarining hosildorligi, mehnat unumdorligi, mahsulot birligi tannarxi va hokazo. Prezidentimiz tomonidan g‘alla mustaqilligiga erishish vazifasi qo‘yildi va bu vazifa sharaf bilan uddalandi. G‘alla ekinlarining hosildorligi, tannarx va ryealizatsiya qilinadigan g‘alla narxi ushbu tarmoqdagi daromadni belgilaydi. Hosildorlik va tannarx, tannarx va ryentabyellik darajasi orasida tyeskari bog‘liqlik mavjud. Hosildorlik qancha yuqori bo‘lsa, tannarx shuncha past bo‘ladi. Don tannarxi qancha past bo‘lsa, ryentabyellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Don ekinlari hosildorligi tuproq-iqlim sharoitigagina emas, balki organik va mineral o‘g‘itlar kiritish, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, texnika bilan ta’minlanganlik, ishlarni optimal muddatlarda bajarish, ishchilarning o‘z mehnati natijasida moddiy manfaatdorliklari kabilarga ham bog‘liq. G‘alla ishlab chiqarishning ko‘payishiga asosiy omil donli ekinlar hosildorligining ortishidir. Hosildorlikka ta’sir qiladigan haqiqiy omil yangi, yuqori hosilli, rayonlashtirilgan navlarni joriy etish, yuqori sifatli urug‘lik materiallaridan foydalanishdir. Qishloq xo‘jalik korxona muntazam ravishda navlarni yangilashlari, ya’ni syelektsiya stantsiyalari yoki urug‘chilik xo‘jaliklaridan elita urug‘lar yoki birinchi ryeproduksiyalarni olishlari kerak. Ishlab chiqarish samaradorligining muhim omili – navga bog‘liq bo‘lgan don sifati. Don sifatida qo‘yiladigan yuqori talablar, ushbu ozuqa mahsulotining uzoq vaqt saqlashda zarur bo‘ladigan alohida qiymatiga bog‘liq. Saqlash uchun omborlarga to‘planadigan donlar namligi va iflos chiqindilar aralashib qolishi talab qilinadigan konditsiyalarga mos kelmog‘i zarur. G‘alla yetishtirishda paxta, kartoshka, sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishga nisbatan kamroq mehnat talab qiladi. 1 ga yerga ekilgan g‘alla ekinlariga qilingan mehnat sarfi o‘rtacha 17 kishi /soat, 1 t donga esa 10 kishi/soatni tashkil etadi. Mahsulot birligiga bevosita mehnat sarfini kamaytirish, g‘alla hosildorligi va sifatini oshirish g‘alla ekinlarini intensiv texnologiyasi asosida yetishtiriladi, ekinni eng yaxshi joylashtirish, ilmiy asoslangan dozadagi organik va mineral o‘g‘itlarni berish, hamma texnologik jarayonlarni kompleks myexanizatsiyalash, mehnatni oqilona tashkil etish ushbu masalalarni ko‘zda tutadi. Intensiv texnikadan foydalanish 1 ga ekin maydoniga qilingan moddiy-pul mablag‘lari va mehnat sarflarini oshiradi, biroq mahsulot birligida ular hosildorlik ortishi bilan pasayadi. Don sifatining ortishi g‘alla ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi, chunki uni yuqori narxlarda sotish ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga ta’sir qiladi. Intensiv texnologiyada 1 ga ekin maydoniga yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar sarfi omili, shu bois mineral o‘g‘itlar olib kelish, intensiv texnikani intensiv qo‘llashni susaytiradi. G‘alla yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirishning muhim olishi yig‘ishtirish va qayta ishlashdagi yo‘qotishlarni kamaytirish hisoblanadi. Yig‘ishtirib-tozalash paytida g‘alla yo‘qotilishini muddatning cho‘zilib ketganidan (sepilib, donning yotib qolishi), shuningdek, donni yomon yanchilishidan (nam ob-havo) yuz beradi. Yana bir sabab, g‘alla yig‘uvchi kombaynlarning yetishmasligidir. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ham katta ahamiyatga ega. G‘alla bozorining shakllanishida asosiy vazifa – mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini himoyalash, don va don mahsulotlariga talab va taklifni bashorat qilish balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish muhim rol o‘ynaydi. Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko‘rsatkichlar belgilaydi: hosildorlik, s/ga; 1 t mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, so‘m; 1 ga ekindan yalpi foyda yoki daromad, so‘m; 1 so‘m ishlab chiqarish xarajatlaridan yalpi daromad yoki foyda, so‘m; 1 kishi/soatga yalpi daromad yoki foyda, so‘m; 1 ga joriy baholarda pul narxida yalpi daromadning chiqishi, so‘m; mehnat unumdorligi (1 kishi/soat, o‘rtacha bir yillik ishchi hisobida mahsulot ishlab chiqarilishi); mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi, %. Qishloq xo‘jalik korxona ishining yakuniy natijasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati katta ta’sir o‘tkazadi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining texnik jihatdan ta’minlanganlik darajasi hozircha o‘ta pastligicha qolmoqda. Bu borada O‘zbekiston dehqonlari AQSHning g‘arbiy mamlakatlaridan 5 va undan ortiq marta orqada qolmoqdalar. O‘simlikchilik va chorvachilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) – bu tarmoqlarni eng kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga yo‘naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida amalga oshiruvchi jarayon. O‘simlikchilikda ITT deb tuproqqa ishlov berish usullarini mukammallashtirish, almashlab ekishni joriy etish, ekin maydonlarining oqilona strukturasi, organik va mineral o‘g‘itlar dozasini oshirish, ulardan samarali foydalanish, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash usullarini optimallashtirish, urug‘chilikni yaxshilash va yuqori hosilli nav va gibridlarni yaratish, xo‘jalik yuritish tizimini shakllantirish, mahsulotlarni yig‘ish, tashish, qayta ishlash, saqlash va ryealizatsiya qilishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida yangilarini ishlab chiqish, mavjudlarini optimallashtirish asosida, ekin yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ularning mahsuldorligini ortishida qo‘llanadigan agrotexnik jarayonlarni aytish mumkin. Chorvachilikdagi ITT ni zootexnika taraqqiyoti deyish mumkin. U chorva mollari va parrandalarning yangi yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, mavjud zotlarning nasldorlik sifatlarini yaxshilash, parvarishlash, boqish, o‘stirish kabilar tizimini yaxshilash, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini oshirish kabilarda ko‘rinadi. Chorvachilikning hamma tarmoqlari samaradorligiga mehnatni texnik qayta jihozlash va hamma mahsulotlar ishlab chiqarishiga eng taraqqiy etgan texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat asosiga o‘tkazilganda erishiladi. Aniq ilmiy-texnika taraqqiyoti mashinalarni, mehnat qurollari va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini uzluksiz ta’minlashda, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalari va uni tashkil etishda ifodalanadi. Qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, mehnatning myexanik vositalari muhim rol o‘ynaydi. Ular ilmiy-texnika yutuqlarining asosiy elementlari hisoblanadi, o‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishiga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida ishlab chiqarishning yangi moddiy pul resurslari zarur bo‘ladigan ekstyensiv o‘sishidan yuqoriroq mehnat unumi, ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirsh, mahsulot sifatini oshirish, kelgusida tannarxni pasaytirish hisobiga intensiv o‘sishga o‘tish amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnik jarayonining iqtisodiy samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: 1 ga yer maydonidan yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, fond daromadlari, mahsulot ishlab chiqarish ryentabyelligi. Download 85.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling