Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари


Download 85.01 Kb.
bet1/18
Sana17.06.2023
Hajmi85.01 Kb.
#1536326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qishloq xo’jaligi..


Фарғона Давлат Унверситети
Иқтисодиёт тармоқлари
Сиртки Булим

20.119-гурух талабаси Солиев Рахматуллохнинг

“Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти” фанидан


МУСТАҚИЛ ИШИ


1.Mavzu:Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish
2.Mavzu:O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti
3.Mavzu: chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti

Mavzu:Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish




Reja:


1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.


  1. Qishloq xo’jalik korxonalarida qo’llaniladigan rejalashtirish shakllari.

  2. Qishloq xo’jalik korxonalarida yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi.

  3. Хулоса


1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va nisbatlarni ta’minlash, rivojlanish yo’llari va sur’atlari, tarmoqlar va bo’linmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari o’rtasida to’g’ri mutanosiblikni shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi.
Qishloq xo’jaligi korxonasi va uning ichki ishlab chiqarish bo’linmalari hamda tarmoqlari faoliyatini ifoda etuvchi rejalar ichki xo’jaligi rejalari deb ataladi. Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal rivojlantirish, tarmoqlar o’rtasida zarur mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat.
Rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida gap ketganda, amerikalik davlat arbobi B.Franklinning quyidagi fikrini keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: “Muvaffaqiyatsiz rejalashtirish – bu muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirishdir” (“Fail to planning is planning to fail”). Darhaqiqat, korxonalarda rejalashtirish jarayoniga mas’uliyat bilan yondoshish talab etiladi. Chunki, to’g’ri rejalashtirish muvaffaqiyatga erishishning asosidir.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi:

  • rejalarning realligi. Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni ma’nosiz qilib qo’yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada bajarilmay qolishi, u bilan bog’liq bo’lgan soha shartnomalari bajarilmay qolishiga, jarimalar to’lashga, ishonchni yo’qotishga olib keladi.

  • ilmiy jihatdan asoslanganligi. Rejalar bajarilishi uchun ular ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Rejalar jamiyatni va ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv iqtisodiy qonunlari va qonuniyatlariga mos kelishi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlariga, tabiiy, iqtisodiy va mahalliy shart-sharoitlarga, ilg’orlar tajribalariga tayanishi va korxonaning mavjud resurs salohiyatiga asoslanishi lozim. Qishloq xo’jaligi tarmog’idagi rejalashtirishda ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlardan foydalanilishi muhm hisoblanadi.

  • uzviylik va o’zaro bog’liqlik. Ushbu tamoyilga ko’ra strategik, tarmoqda tuzilayotgan istiqbolli, joriy va operativ rejalar o’zaro bir-biri bilan bog’liq, bir-birini to’ldiradigan holda tuzilishi va mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti rejasi bilan bog’liqligi ta’minlanishi kerak.

  • mutanosiblik va muvozanatlilik. Ushbu tamoyil mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini mutanosib va uyg’un rivojlantirish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Unga ko’ra korxona faoliyatining barcha sohalarini tashkil qilish yagona uyg’unlikda va mutanosiblikda amalga oshiriladi. Buning uchun tarmoqlararo mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslari tuziladi.

  • reja intizomiga to’la rioya qilish va uni operativ nazorat qilish. Rejalarni amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko’ra reja ko’rsatkichlaridan chetga chiqishlar va belgilangan vazifalarning bajarilmay qolish ehtimollari vujudga kelishi mumkin. Shu tufayli reja ko’rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat qilib borish, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, zarur ichki imkoniyatlarni qidirib topish va zarur bo’lganda reja ko`rsatkichlariga tuzatishlar kiritib borish talab etiladi.

Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish qoidalar, yo’llari va usullari yig’indisi rejalashtirish uslubiyotini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida rejalarni tuzishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • balans usuli. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, alohida xo’jalik, u yoki bu soha, qishloq xo’jaligi tarmog’ini rivojlantirish rejasi dastlabki balansni tuzishga asoslanadi. Mazkur balans resurslarga bo’lgan talab va uni qondirish manbalari aks ettiriladi. Bu usulda yer, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo’limlari va ko’rsatkichlari o’rtasida muvofiqlik hamda mutanosiblik ta’minlanadi.

  • me’yoriy usul. Bu usulga ko’ra, qishloq xo’jaligi korxonasining ishlab chiqarish resurslariga bo’lgan ehtiyojlari; barcha iqtisodiy, texnikiqtisodiy va balans hisob-kitoblari; rejalarning asoslovchi ko’rsatkichlari ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlarga asoslanadi. Me’yor deganda ma’lum bir texnikaviyiqtisodiy ko’rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi.

Qishloq xo’jaligida rejalar tuzishda quyidagi me’yorlardan foydalaniladi:

  1. asosiy vositalardan foydalanish (mashinalar unumi me’yorlari, transport vositalari tezligi, quvvatdan foydalanish me’yorlari va hokazo);

  2. aylanma vositalardan foydalanish (urug’, ozuqa, o’g’it, yonilg’imoylash materiallari sarfi me’yorlari);

  1. mehnat sarfi va mahsulotning mehnat sig’imi – alohida ish turlari bo’yicha mehnat sarfi me’yorlari va boshqalar;

  2. ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi – ta’mirlash uchun sarflanadigan vaqt sarfi, zahiralar, xomashyo, materiallar, yonilg’imoylash materiallari qoldiqlari me’yorlari va boshqalar;

  3. mahsulot sifati – don tarkibidagi oqsil miqdori, sut tarkibidagi yog’ miqdori va hokazo;

  4. kapital qo’yilma ajratmalari (1 gektar ekinzorga va hokazo);

  5. ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik darajasi va hokazo.

  • hisob-variantli usul. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, rejaning turli bo’limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini bog’lashning, ekin maydonlari tarkibining, chorva mollarini oziqlantirish ratsionining, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja variantlarni talashda ikki guruh ko’rsatkichlardan foydalaniladi: birinchisi – mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi – qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi (mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va hokazo). Ishlab chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi.

  • iqtisodiy-matematik usul. Reja-iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash, reja topshiriqlarining optimal variantlarini iqtisodiy-matematik usullar va kompyuter texnologiyalarini larni qo’llamasdan aniqlab bo’lmaydi. Ushbu usul rejaning eng maqsadga muvofiq (optimal) variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda texnik jarayonlarni optimallashtirishda keng foydalaniladi. Masalan, ekin maydonlarini, poda strukturasini hamda mexanizatsiya ishlarini traktor markalari o’rtasida taqsimlashning optimal yo’llarini aniqlashda juda qo’l keladi. Iqtisodiy-matematik usulni qo’llashda kompyuter texnologiyalari bilan bir qatorda zarur dasturiy ta’minot ham muhim ahamiyatga ega. Katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda STATA, Eviews, SPSS kabi maxsus dasturiy ta’minotlar qo’llaniladi.

  • dasturiy-maqsadli usul. Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish bo’yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish hamda ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga yo’naltirilganligini oshirishda ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lad

Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib rejalashtirish tizimi ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi. Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish – rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

  • xo`jaligining o’tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari;

  • davlat buyurtmalari bo’yicha nazorat ko’rsatkichlari;

  • ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari;

  • ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar; - istiqbolda rivojlanishning texnikaviy-iqtisodiy prognoz ko’rsatkichlari;

  • hududiy xo’jalik yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari. Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o’tgan yillarda korxona erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiyiqtisodiy ko’rsatkichlar asos qilib olinadi. Buning uchun o’tgan yillar uchun statistik, moliyaviy va operativ hisobotlar ko’rsatkichlari chuqur tahlil etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi yillar uchun reja ko’rsatkichlari belgilab olinadi.

Mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish sohasida to’plangan tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning prognoz ko’rsatkichlari rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.

Download 85.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling