Фарғона Давлат Унверситети Иқтисодиёт тармоқлари
Download 85.01 Kb.
|
Qishloq xo’jaligi..
16.6-jadval
Ayrim tarixiy davrlarda paxtachilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari
Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan, O’zbekistonni Chor Rossiyasi bosib olgunga qadar paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligi tarmoqlari juda past darajada rivojlangan edi. Masalan, O’zbekistonda 1860 yili 25,0 ming tonna paxta xom-ash’yosi ishlab chiqarilgan, bu mamlakat ichki ehtiyojini ham qondirmagan. Har gektaridan paxta hosildorligi 7 s. , tola chiqishi 20-22%, tola uzunligi esa 20-21 mm. bo’lgan. Paxta xom-ash’yosi ishlab chiqarish, uni qayta ishlashda o’ta sodda qo’l qurollaridan foydalanilgan, uni ichki bozorlarda sotish bozorlari chegaralangan, tashqi bozorlarga chiqarish uchun transport vositalari ham rivojlanmagan va h.k. Chor Rossiyasining markaziy va boshqa mintaqalarida to’qimachilik sanoatining rivojlanishi uning xom-ash’yo bazasini yaratishni talab etdi. Bu vazifani tezroq bajarish maqsadida Chor Rossiyasi Turkiston mintaqasida temir yo’l, paxtani birlamchi qayta ishlovchi zavodlar, kanallar qazish va boshqa zaruriy ishlab chiqarish vositalarini ko’paytirish va takomillashtirishga kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytirdi va h.k. Natijada paxta xom-ash’yosi ishlab chiqarish hajmi nisbatan tezlashtirildi. Masalan, 1913 yilda O’zbekistonda 521,7 ming tonna yoki 1860 yilga nisbatan 21 marta ko’p paxta xom-ash’yosi ishlab chiqildi. Yalpi paxtaning ko’payishi g’o’za ekin maydonlarining kengayishi va uning hosildorligining oshishi hisobiga erishildi. 1920 yilda 1913 yilga nisbatan paxta yalpi mahsuloti qariyb 17 marta kamaydi, ekin madonlari 20 marta qisqardi va gektariga hosildorlik – 2,7 marta pasaydi. Paxtachilikdagi bunday tushkunlik shu yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy isloxatlarning xamda fuqarolar(grajdanlar) urushining natijasidir. Fuqarolar(grajdanlar) urushidan keyin O’zbekistonda so’g’oriladigan yerlarni kengaytirish, paxta urug’chiligini tubdan yaxshilash va boshqa chora tadbirlarni amalga oshirish paxta xom-ash’yosini tezroq ko’paytirishga sharoit yaratdi. Yalpi paxta hosili 1940 yilda 1920 yilga nisbatan 45,7 marta, 1913 yilga nisbatan esa – 2,5 marta ko’paydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida malakali mehnatga qobiliyatli paxtakorlarning armiyaga olinishi, texnikaviy resurslarning kamayib ketishi va boshka ob’yektiv va sub’yektiv kamchiliklar natijasida paxta xom – ash’yosi ishlab chiqarish kamaydi. 1945 yilda 1940 yilga nisbatan 45% kam yalpi paxta hosili olingan. 1960–1990 yillarda paxtachilikda intensiv va ekstensiv yullardan keng foydalanish hisobiga yalpi paxta xosili keskin ko’paydi. Uning hajmi 1990 yilda 1940 yilga nisbatan 3,6 marta, 1960 yilga nisbatan esa –1,7 marta ko’paydi. O’zbekiston paxtachiligida 1980 yilda gektaridan eng yuqori hosil (29,7 s.) va yalpi hosil(5750 ming tonna) olingan va jahonda 2- o’rinni egallagan. O’zbekistonning mustaqil mamlakat bo’lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi. 2000 yilda respublika 3002 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 21,3% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,6% ga pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo’l qo’yilishi ob’yektiv va sub’yektiv sabablar bilan bog’liq. Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonini qisqartirish hisobiga so’g’oriladigan g’alla, ayniqsa, bo’g’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi. So’g’oriladigan yerlar meliorativ holatining yomonlashishi, mineral o’g’itlar me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka salbiy ta’sir etdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan O’zbekiston uning yalpi hajmi bo’yicha jahonda 5, paxta tolasini jahon bozorida sotish bo’yicha 2 o’rinni egalladi. 2004 yilni o’zida g’o’za maydoni 1455,6 ming ga.gacha ko’payib, yalpi hosil 3530,0 ming tonnani tashkil etib, hosildorlik 24,3 sentnergacha yetkazildi. O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit yaratadi. O’zbekistonda serunum yer va ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda har bir gektar paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi. Bu vazifani amalga oshirishda ilg’or korxonalarda anchagina yutuqlar qo’lga kiritilgan. 2000-2003 yillarda Andijon viloyati bo’yicha gektaridan o’rtacha hosildorlik 32-34 s.ni tashkil etdi. Viloyatning Oltinqo’l, Shaxrixon va Izboskan tumanlarida hosildorlik 40 s dan oshdi; 2003 yilda Andijon tumanidagi T.Mirzayev shirkat xo’jaligida 51 s paxta xom ashyosi hisobiga hosil olingan. Hosildorlikni oshirish kompleks agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun quyidagi imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur. Paxtachilikning xususiyatlarini hisobga olib dastavval almashlab ekishni ilmiy asosda amalga oshirish lozim. Uzoq yillar g’o’za va beda almashlab ekish tavsiya etilgan edi. Natijada tuproq unumdorligi saqlanadi, ekin maydonlari begona o’tlardan va kasalliklardan tozalanadi, ularning sho’rlanish darajasi pasayadi va x.k. Mustaqil rivojlanish yillarida g’o’za-don, g’o’za-yem-xashak va boshqa ekinlar bilan almashlab ekish ham amalga oshirilmoqda. Hosildorlik seleksiya va urug’chilik ishlarining holatiga ham bog’liq. Respublika xo’jaliklarida davlat nav sinovidan o’tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar ekiladi. Seleksioner olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan Toshkent-6, S-6530, Buxoro-6, Oqdaryo-6,7, Navbahor, Yulduz, Mehr va boshqa navlar ilmiy asoslangan va texnologik jixatidan joriy etilgan 35-50 s. va undan yuqori hosil berish potensial imkoniyatiga ega. Urug’chilik xo’jaliklarida elita, tovar xo’jaliklarida I va II klass urug’larni ekish uchun sharoit yaratilgan. Haydalma qatlami qalin bo’lgan tuproqli yerlarda shudgor chuqurligi 30-35 sm bo’lishi tavsiya etilgan. Bunday tuproqlarda 4-5 yil oralig’ida 45-50 sm chuqurlikda, yiliga 30 sm chuqurlikda shudgorlansa, hosildorlikka optimal sharoit yaratiladi.Chigitni pushtaga, plyonka ostiga va qo’shqatorlab ekish hosildorlikni oshiradi, uning erta pishib yetilishiga imkon beradi. Mineral va mahalliy o’g’itlardan ilmiy asoslangan me’yor va muddatlarda foydalanilsa g’o’zaning rivojlanishi jadallashadi, ko’saklarning yetilishi tezlashadi. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bir tonna paxta yetishtirish uchun o’rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor, 50-60 kg kaliy sarflanadi. Ularni organik o’g’itlar bilan birga qo’llanilganda, mineral o’g’itlarning iqtisodiy samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. Eskidan paxta ekiladigan maydonlarda har 3-4 yilda bir marta 20-30 tonna go’ng solish yaxshi samara beradi. G’o’zani oziqlantirishda mineral o’g’itlarga chirigan va elangan go’ng aralashtiriladi. Bunda 1 kg ammiakli selitraga 2-2,5 kg., 1 kg superfosfatga 6-7 kg, 1 kg ammofosga 1,5-2 kg go’ng qo’shish yuqori samara beradi. Organik o’g’itlar paxtachilikning barcha mikroelementlarga bo’lgan talabini qondirishni ham kuchaytiradi. Sifatli hosil olish g’o’za kasalliklari(ildiz chirish, gommoz, vilt va boshqa)ga va zararkunandalari(g’o’za biti, o’rgimchakkana, karodrina va boshqa)ga qarshi kurash, g’o’zani defolasiya va desikasiya qilish, hosilni qo’lda hamda mashinada terishni belgilangan qisqa muddatlarda bajarish bilan bevosita bog’liq. Vaholanki, yuqorida ko’rsatilgan texnologik jarayonlar ayrim korxonalarda turli darajada bajariladi, binobarin, gektaridan olinadigan hosildorlik ham mos ravishda farq qiladi. Bu ko’rsatkichga tabiiy ob’yektiv omillar ham ta’sir etadi, albatta. Bunda asosiy vazifa tarmoqni intensiv rivojlantirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, ko’proq, sifatliroq va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligi tannarxini pasaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, mustaqil rivojlanish yillarida barcha turdagi korxonalarda 1 s. paxta xom ashyosi tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon paxtachilikda ishlatiladigan traktorlar va boshqa asosiy vositalarga, energetik resurslarga, mineral o’g’itlarga va boshqa aylanma vositalarga ko’tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat haqi fondi, undan ajratmalar va soliqlar hisobiga sodir bo’lmoqda. Paxtachilik sermehnat, binobarin, mehnat haqi ko’p sarflanadigan tarmoq. Tarmoqda 60 dan ko’proq jarayon bajariladi. Jami kishi/soatida sarflangan mehnatning 90% dan ko’prog’i qo’l vositalari bilan bajarilgan vaqtga to’g’ri keladi. Bu vaqtga mashinalar yordamida bajarilgan vaqtga nisbatan 1,5-2 marta ko’p mehnat haqi tulanadi. Ammo, kam unumli qo’l mehnatining ko’payishi hisobiga uning unumdorligi pasayadi, natijada mahsulot birligi tannarxi ko’tariladi. Shuni aloxida qayd etish zarurki, respublikada mustaqil rivojlanish yillarida 1 s. paxtaga bevosita sarflangan kishi/soati 1,7 marta ko’paygan. Bunday jarayon paxtachilikda eng sermehnat jarayon, hosilni terim mashinalari yordamida yig’ib olishning keskin pasayib ketishi hisobiga sodir bo’ldi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 1990 yilda 52% yalpi paxta hosili mashinalar bilan terilgan bo’lib, 2002 yilda bu ko’rsatkich 10% dan oshmaydi. 1 s. paxta xom ashyosi tannarxini mehnat haqi hisobiga pasaytirish, uning unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishni talab etadi. Bu dolzarb muammoni tezroq amalga oshirish barcha ishlarni, ayniqsa sermehnat ishlar, (g’o’zani yagonalash, sug’orish, chilpish, hosilni yig’ib olish)ni mexanizasiyalash, gektaridan hosildorlikni oshirish, paxtakorlarni mehnat natijalariga qarab moddiy va ma’naviy rag’batlantirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga va h.k.ga bog’liq. Paxta xom ashyosining iqtisodiy samaradorligi uni sotish baholarining tashkil topish darajasiga bevosita bog’liq. Bu mahsulotning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyatini hisobga olib, uni ko’tara xarid baholarida sotiladi. Uni belgilashda biologik navlarning tola tiplari va sanoat assortimenti asos qilib olinadi. Uning darajasiga jahon bozorida tashkil topadigan o’rta baholar ham ta’sir etadi. O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida paxta xom ashyosining o’rtacha bahosi oshib bormoqda. Ammo, uning 1 s. paxta to’liq tannarxiga nisbatan sekin oshgan yillarida ko’pchilik xo’jaliklar paxta sotishdan zarar ko’radilar. Zararning ob’yektiv sabablarga ko’ra tashkil topgan qismi paxta sotishdan sof foyda olgan korxonalar, sug’urta kompaniyalari, davlat byudjeti va boshqalar hisobiga qoplanadi, ayrim qarzlarning qaytarilish muddati uzaytiriladi va h. k. Paxtakor xo’jaliklari va ularning a’zolarining joriy manfaatdorligini oshirish maqsadida ularga chakana baholarga nisbatan arzonroq paxta yog’i, kunjara, sheluxa sotiladi.Paxta yetishtirishda paxtakorlarning moddiy manfaatdorligi va javobgarligini oshirish maqsadida ko’pchilik xo’jaliklarda ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash oila pudrati asosida amalga oshiriladi. Paxtakor xo’jaliklarning yil davomida moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularga fyuchers kontraktasiya shartnomasiga asosan davlatga sotiladigan mahsulot qiymatining 50% i hajmida avans beriladi, paxta xirmonidan to paxta zavodigacha mahsulotni tashish, transport xarajatlari zavod hisobiga amalga oshiriladi. Demak, paxtakor xo’jaliklar va ular xodimlarining moddiy manfaatdorligi va javobgarligini oshirish imkoniyatlaridan foydalanish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Ammo, ularning asosiy moliyaviy natijalari bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablariga to’laroq javob bermaydi. Mavjud kamchiliklarni keskin kamaytirish maqsadida tarmoqda bozor iqtisodiyoti islohatini yanada chuqurlashtirish zarur. Dastavval, sotish baholarini erkin shartnoma asosida tashkil topishiga, paxtakorlarni mehnat natijalariga qarab kafolatlangan haq to’lanishiga erishish lozim. Download 85.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling