Фарғона политехника институти қошидаги Марғилон академик лицейида


Download 40.5 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1268009
Bog'liq
66-jinoyatchilik bayonnoma


Urgut tumani XTBga qarashli 66-umumiy o`rta ta’lim maktabida Urgut tuman IIB JXX HPB VY va YBIG inspektor psixolog G`.Begaliyevbilan xamkorligida voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida o`tkazilgan yig`ilish


B A YO N N O M A S I

13-mart 2023 yil Ispanza MFY




Qatnashdilar:
Maktab direktori X.Yorov
MMIBDO` Sh.Xo`janov
Urgut tuman IIB JXX HPB VY va YBIG inspektor-psixolog leytenant G`.Begaliyev
Maktab o`qituvchilari va 8-11- sinf o`quvchilari.
Taklif etildilar: Urgut tuman IIB JXX HPB VY va YBIG inspektor psixolog G`.Begaliyev, MMIBDO`R Sh.Xo`janov, maktab psixologi J.Ashurov

K U N T A R T I B I D A:



  1. Davomat tahlili.

  2. O`tkir tig`li jismlardan foydalanmaslik hamda ularning salbiy oqibatlari haqida.

  3. Voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish.

  4. Tungi paytlarda bemaqsad yurmaslik.

Yig`ilishni maktab direktori Sh.Esanov ochib berib, kun tartibidagi masala va tashrif buyurgan mehmon bilan yig`ilish qatnashchilarini tanishtirib o`tdi va kun tartibidagi masalalar bo`yicha, Urgut tuman IIB JXX HPB VY va YBIG inspektor psixolog leytenant G`.Begaliyev ga so`z berdi.


G`.Begaliyev o`z so`zida quyidagilar haqida so`z yuritdi.
Davomat tadbirlari. Dars mashg`ulotlariga sababsiz qatnamayotgan o`quvchilarni aniqlash maqsadida ta’lim muassasalarida davomat tadbirlari o`tkazilmoqda. Jumladan, bugun 66-umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining dars mashg`ulotlariga qatnashish davomatlari doimo nazorat qilib borilmoqda. Voyaga yetmaganlar o`rtasida o`tkir tig`li jismlar hamda sovuq jismlar (qurollar) olib yurmaslik va uning salbiy oqibatlari.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ma’lum bir qismi voyaga yetmaganlarning o`zlari bilan birga o`tkir tig`li jismlar (pichoq, pinka) olib yurishlari natijasida kelib chiqmoqda. Bunday holatlar aniqlanganda, ya’ni voyaga yetmaganlarning yonlaridan o`tkir tig`li qurollar yoki jismlar topilgan vaqtda ularning ota-onalariga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 47-moddasiga asosan qat’iy choralar ko`riladi, voyaga yetmaganlarning o`zi esa IIB hisobiga olinib, kelgusida jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etmasligini oldini olish maqsadida ular bilan doimiy profilaktika ishlari olib boriladi va bu o`quvchilar doimiy qat’iy nazoratga olinadi.
MMIBDO` Sh.Xo`janov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2833-sonli qarorining mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalari haqida o`quvchilarga yana bir bor axborot berdi. Tuman miqyosida o`quvchi-yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarni oldini olish maqsadida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan: o`quvchi-yoshlar dars mashg`ulotlaridan so`ng va tungi vaqtlarda ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning nazoratida bo`lishlari kerakligi bo`yicha targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.


Yigilish raisi: G`.Begaliyev
Yigilish kotibi: Sh.Xo`janov
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling