|
“TASDIQLAYMAN ”
|
|
113-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:___________B.Izaiev
|
|
“____” __________2022-yil
|
Pastdarg‘om tuman xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 113-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan “Savodxonlik bayrami”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Alifbe” tadbir
BAYONI №____
17-dekabr 2022-yil Pastdarg‘on tumani
Raislik qildi: B.Izaiev - 113-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Maktab MMIBDO‘: H.Mardiyeva
Qatnashdilar: Maktabning 1-“A” sinf o‘quvchilari va ota-onalar,
maktab o‘qituvchilari
KUN TARTIBI:
1. “Savodxonlik bayrami”ga bag‘ishlab 1-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan o’tkazilgan “Alifbe” tadbir nomoyishi.
ESHITILDI:
Tadbirni maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Mardiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng 1-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan “Savodxonlik bayrami”ga bag‘ishlab “Alifbe” tadbiri nomoyish etildi.
Tadbir so‘ngida maktab o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Jumayeva so‘zga chiqib 1-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan “Savodxonlik bayrami”ga bag‘ishlab nomoyish etilgan “Alifbe” tadbir yaxshi tashkil qilinganligini aytib o‘tdi va yig‘ilganlarga bundan keyingi o‘tkaziladigan tadbirlarda sahna madaniyati va o‘quvchilar san’atiga alohida e’tibor berish kerakligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilish yuqoridagilarni inobatga olib
QAROR QILADI:
1. “Savodxonlik bayrami”ga bag‘ishlab 1-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan “Alifbe” tadbir nomoyishi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi deb topilsin.
2. Tadbirni tayyorlagan boshlang‘ich sinf rahbari va 1-“A” sinf o‘quvchilariga minnatdorchilik bildirilsin.
3. Tadbir o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi bayonnomaning bir nusxasi maktab ma’muriyatiga topshirish tadbir tashkilotchisi Ch.Malikova zimmasiga yuklatilsin.
Maktab MMIBDO‘: H.Mardiyeva
Tadbir tashkilotchisi: Ch.Malikova
Do'stlaringiz bilan baham: |