- .
- Sinxron generatorning asosiy tavsiflariga rostlash, tashqi va salt yurish tavsiflari kiradi.
- Ushbu tavsiflarni olish uchun 6.12-rasmda keltirilgan sxemadan foydalaniladi.
- 6.12-rasm. Sinxron generatorning sxemasi
- Salt yurish tavsifi (6.13-rasm,a), u stator cho‘lg‘ami e.yu.k Ye ni qo‘zg‘atish toki IQ ga bog‘liqligi ya’ni Ye=f(IQ) dir. Bunda aylanish tezligi o‘zgarmas (n = const, f=const) va yuklama uzilgan (I=0) bo‘ladi.
- Sinxron generatorning qo‘zg‘atish toki reostat RR orqali rostlanadi (6.12-rasmga karang), bu reostat qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCh ga ketma-ket ulanadi. Generator chiqishidagi tok, kuchlanish va chastotani o‘lchash uchun ampermetr (A1– A3), voltmetr V va chastota o‘lchagich Hz ulangan. Sinxron generatorning salt yurish tavsifi rotor o‘zagining magnitlanish egri chizig‘iga o‘xshash bo‘ladi.
- 6.13-rasm.
- Sinxron
- generatorning tavsiflari
- Tashqi tavsiflar qo‘zg‘atish toki IQ, aylanish tezligi n va quvvat koeffisienti cosφ o‘zgarmas bo‘lganda generator kuchlanishi U ni yuklama toki I ga, ya’ni IQ = const; n = const va cosφ = const bo‘lgandagi I = f(I0) bog‘liqligidir
- Tashqi tavsiflardan ko‘rinadiki (6.13-rasm,b), agar generatorda induk-tivligi ustun bo‘lgan yuklama ortirilsa, unda uning kuchlanishi keskin kamayadi (1 egri chiziq). Buni, stator cho‘lg‘amlaridagi kuchlanish tushishining ortishi va stator reaksiyasi bilan tushintirish mumkin.
. - Stator reaksiyasi deb, bir xil tezlik (sinxron) aylanayotgan statorning aylanayotgan magnit oqimini rotorning magnit oqimi bilan o‘zaro ta’siriga aytiladi. Yuklamani ortishi bilan, rotor magnit oqimiga karama-karshi yo‘nalgan stator cho‘lg‘amlarining magnit oqimi ko‘payadi. Rotorning magnitsizlanishi natijasida, generatorning e.yu.k. va kuchlanishi kamayadi.
- Agar, generatorga faqat aktiv yuklama ulangan bo‘lsa, unda stator magnit oqimi rotorga nisbatan 900 burchakka siljigan bo‘ladi. Stator reaksiyasining magnitsizlantiruvchi ta’siri bir muncha kamayadi va generator kuchlanishi 2 egri chiziq bo‘yicha o‘zgaradi. Sig‘imi ustun bo‘lgan yuklamada esa stator magnit oqimi rotor magnit oqimi bilan bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Shuning uchun, generator kuchlanishi 3 egri chiziq bo‘yicha o‘zgaradi.
-
- Rostlash tavsiflari (6.13-rasm,v) generator qo‘zg‘atish toki IQ ni yuklama toki I ga bog‘liqligidir, ya’ni IQ=f(I). Bunda, kuchlanish U, aylanish tezligi n va quvvat koeffisienti cosφ o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni U=const; n= const va cosφ=const. Rostlash tavsiflari, yuklama toki I ortganda generator kuchlanishi U o‘zgarmasdan qolishi uchun, qanday tarzda qo‘zg‘atish toki IQ ni o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |