Фарғона Политехника Институти


Download 274 Kb.
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi274 Kb.
#1066819
  1   2
Bog'liq
sinxiron dvig

  • SINXRON GENERATORLAR
  • 17.1. SINXRON GENERATORNING TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI.
  • Sinxron mashinalar eng avvalo generatorlar sifatida qo‘llaniladi.
  • Ular mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish uchun elektr stansiyalarida o‘rnatiladi. Sinxron generator uchta cho‘lg‘am
  • (A–X, V–U, S–Z) joylashtirilgan qo‘zg‘almas stator 1 dan va qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCh o‘rnatilgan qutbli aylanuvchan rotor 2 dan tuzilgan
  • (6.10-rasm). Qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga berilgan o‘zgarmas tok rotorni magnitlaydi, birlamchi dvigatel esa uni n tezlik bilan aylantiradi. Bunda, stator cho‘lg‘amlari magnit maydoni bilan kesib o‘tiladi va ularda faza bo‘yicha 1200 burchakka siljigan o‘zgaruvchan e.yu.k ni induksiyalanadi
  • 6.10-rasm. Sinxron
  • generatorning ishlash prinsipi:
  • 1-stator; 2-rotor
  • 6.11-rasm. Sinxron generatorning aylanuvchi kismi: 1-rotor vali;
  • 2-qo‘zg‘atkich kollektori; 3- qo‘zg‘atkich yakori; 4 va 5-bir-biridan
  • izolyatsiyalangan xalkalar;
  • 6-sinxrongeneratorning rotori;
  • 7-qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami;
  • 8- sinxron generatorning statori
  • O‘zgarmas qo‘zg‘atish toki IQ ning manbasi bo‘lib qo‘zg‘atkich – kichik o‘zgarmas tok generatori xizmat qiladi, uning quvvati uch fazali sinxron generator quvvatining 2–3% tashkil etadi. Qo‘zg‘atkich yakori sinxron generator vali bilan bevosita ulangan bo‘lib, u umumiy birlamchi dvigatel orqali xarakatga keltiriladi.
  • Sinxron generatorning aylanuvchi qismi 6.11-rasmda ko‘rsatilgan. Birlamchi dvigatel ishlaganda rotor vali 1, qo‘zg‘atkich kollektori 2 va yakori 3 aylanadi. Qo‘zg‘atish toki IQ qo‘zg‘atkich musbat qutbidan cho‘tka Ch1 va xalqa 4, sinxron generatorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami 7, xalqa 5 va cho‘tka Ch2 orqali qo‘zg‘atkich manfiy qutbiga o‘tadi.
  • 17.1. SINXRON GENERATORNING TUZILIShI VA IShLASh PRINSIPI
  • Ba’zi bir sinxron generatorlarda magnit maydonini yaratish uchun o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishidan foydalaniladi. Bunday generatorlarning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami stator cho‘lg‘amlariga maxsus to‘g‘rilagich orqali ulanadi. Rotor aylanganda stator cho‘lg‘amlarida, qoldiq induksiya xisobiga uncha katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan tok xosil bo‘ladi. Ushbu tok to‘g‘rilanadi va, u qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga berilib, rotorning magnit oqimini, shu orqali qo‘zg‘atkich e.yu.k ni xam kuchaytiradi. Rotorni bug‘ yoki suv turbinasi yoki ichki yonuv dvigateli aylantirishi mumkin. Bularga mos ravishda sinxron generator turbogenerator, gidrogenerator yoki dizel-generator deb ataladi.
  • Ishlab chiqarilayotgan tokning chastotasi f birlamchi dvigatelning aylanish tezligi n va rotor juft qutblarining soni r ga to‘g‘ri proporsionaldir: f=rn/60. Me’yoriy chastota f=50 Gs ni olish uchun rn=3000 ga ega bo‘lish kerak.
  • Shuning uchun, suv turbinalari bilan birgalikda ishlaydigan, sekin aylanadigan gidrogeneratorlarda, katta sondagi ayon qutblar bor buladi. Ayon bo‘lmagan qutblarli generatorlar esa bug‘ turbinalari bilan birgalikda ishlaydi va ular tezkor aylanadigan bo‘ladi.
  • Statorning xar bir cho‘lg‘amida e.yu.k. xosil bo‘ladi
  • Ye=4,44fwFK ,
  • bunda w – cho‘lg‘am o‘ramlarining soni; F – rotorning magnit oqimi; K –o‘ramlar koeffisienti.
  • Generator e.yu.k va kuchlanishini o‘zgartirish, qo‘zg‘atkich qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami zanjiridagi rostlovchi reostat orqali amalga oshiriladi. Agar, qo‘zg‘atkichning qo‘zg‘atish toki ortirilsa, unda uning kuchlanishi va sinxron generatorning qo‘zg‘atish toki IQ xam ortadi, buning natijasida rotorning magnit oqimi F va induksiyalanayotgan e.yu.k Ye xam ko‘payadi. Katta quvvatli generatorlarning f.i.k η=96–98% gacha bo‘ladi
  • Sinxron generatorlarning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni, o‘zgarmas tok generatorlaridagi kabi, qoldiq magnetizm xisobiga sodir bo‘ladi. Ammo kichik kuchlanishlarda to‘g‘rilagichning ortirilgan qarshiligi tufayli, qoldiq magnetizmdan xosil bo‘lgan e.yu.k o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish uchun yetarli bo‘lmaydi.
  • Shuning uchun, o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonini yaxshilovchi bir qator tadbirlar qo‘llaniladi, misol uchun, bunda rezonansli konturlardan keng foydalaniladi.
  • Sinxron generatorlar temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarini zaxiraviy manbalash uchun ishlatiladi.
  • Ular, manbalovchi transformator nimstansiyalarning nosozligida ulanadigan DGA turidagi dizel-generator agregatlari komplektiga kiradi.
  • .

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling