Фарғона вилояти иқтисодий -ижтимоий ривожланишининг баъзи бир хусусиятлари
Download 1.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqFARG\'ONA VODIYSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fargona viloyatining mamuriy- hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari Reja
- Fargʻona viloyati
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISOD VA TURIZIM FAKULTETI IQTISOD YO’NALISHI 121 - GURUH TALABASI IMOMOV BOBIRNING MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN M USTAQIL ISHI Termiz 2023 – yil Farg'ona viloyatining ma'muriy- hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari Reja: Farg’ona vodiysining ma’muriy-hududiy xususiyatlari Farg’ona viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi Farg’ona vodiysining oziq ovqat iqtisodiyoti Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 2020-yilda 3,817,000 kishi. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri. Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgohlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A. P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi. 1967 va 1969—70 yillarda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgoh topdilar. Fargʻona viloyatining arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari oʻrtasidagi Akbarobod qishlogʻida jez davriga oid manzilgoh, Margʻilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni boʻlganligi aniqlandi. Fargʻona viloyatining Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Fargʻona shahrida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib oʻrganilgan. Ayniqsa, Quva shahridagi miloddan avvalgi 5-asr va oʻrta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. 10-11-asrlarga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan soʻng eng yirik shahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Margʻilon shahri 10-asrda katta qishloq boʻlib, 11-12-asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa 10-asrda katta shahar boʻlsa ham, 11-12 asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab, jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 413,9 kishi. Shahar aholisi 2.2 million kishi, qishloq aholisi 1.7 million kishi (2022) Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 288,9 ming ga, shu jumladan, 129,6 ming ga yerga don, 115,9 ming ga yerga paxta, shuningdek, texnika ekinlari, 11,7 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 24,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 20,3 ming ga yaylovlar (2004). Haydaladigan yerlarda, asosan, obikor dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Paxta, bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavot va poliz maxsulotlari yetishtiriladi. Bogʻlarda koʻproq oʻrik oʻstiriladi. Anor, anjir, olma, xurmo koʻp. Tokzorlarda yuqori navli uzumdan moʻl hosil olinadi. Sugʻoriladigan yerlar viloyat hududidan oʻtuvchi Katta Fargʻona va Andijon kanallari, Janubiy Fargʻona kanali, Shohimardonsoy, Margʻilonsoy, Soʻx, Isfayramsoy, shuningdek, Karkidon, Koʻrgʻontepa suv omborlari yordamida sugoriladi. Viloyatda 8 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi, 143 shirkat xoʻjaligi, 74 xoʻjaliklararo korxonalar, 6 parrandachilik fabrikasi mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 511,9 ming qoramol (shu jumladan, 213,2 ming sigir), 431 ming qoʻy va echki, 1260,9 ming parranda bor (2004). Fargʻona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilgʻienergetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat boʻlib, eng yiriklari: Fargʻona, Qoʻqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr styasi. Barcha styalar Oʻrta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan. „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qoʻqon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. Qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement zavodi respublikada ishlab chiqariladigan sementning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻini beradi. Quvasoyda shifer, gisht va boshqa qurilish materiallari, shisha va chinni idishlar zavodlari ishlab turibdi. Qoʻqondagi „Elektromash“, „Tekstilmash“ va boshqa metallsozlik zavodlarida sanoatning boshqa tarmoqlari uchun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati yil sayin rivojlanmoqda. Bu tarmoq korxonalarida turli nav yogʻlar, un, non, makaron, konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Viloyatda 84 qoʻshma korxona, 22 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Fargʻona shahrida „Nodira“, „PSMK3“, „Polina“; Margʻilonda „Margʻilon tongi“ va Qoʻqonda „Zilola“ kichik korxonalar, „Oʻzsalaman“, „KabulFargʻona“, „Besteks“, „Ishonch“ qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. O`zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon o`tgan 16 yil ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Shu davr mobaynida xalq xo`jaligining deyarli barcha sohalarida o`zgarishlar yuz berib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to`g`ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatning jahon hamjamiyatida tutgan o`rnini belgilovchi omillardan biri bu iqtisodiyotdir. Sanoat esa xalq xo`jaligini yetakchi tarmog`idir. Respublikamiz sanoati mamlakatimizda mavjud bo`lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan oqilona foydalanish asosida rivojlandi. Farg`ona viloyati (mintaqasi) mamlakatimizda sanoati yuksak rivojlangan viloyatlardan biri hisoblanadi. Viloyat xududi bo`yicha O`zbekistonning 1,5 % maydonini (6,7 ming kv km), aholisining 11 % dan ortig`i (2878,9 ming kishi, 2006 yil) to`g`ri kelgan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotidagi ulushi 12,7 % dan ortig`ini tashkil qiladi. Shuningdek, Respublikada ishlab chiqariladigan ipak gazlamaning 36 % i, paypoqlarning 71 % i, poyafzallarning 27 % i , meva va sabzavot konservalarning 7 % i, un ishlab chiqarishning 11 % i, paxta tolasining ishlab chiqarishning 12 % i, o`simlik yog`i ishlab chiqarishning 13,3% i viloyat hissasiga to`g`ri keladi. 2006 yilda viloyat yalpi xududiy mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning ulushi 20,7% ni tashkil etgan. 2005 yil bu ko`rsatkich 19,3 % ni tashkil qilgan edi. Mintaqada 2006 yilda sanoat korxonalari tomonidan 1296,6 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo`lib, bu mahsulotlarning 46,5% i yonilg`i mahsulotlari, 8,3 %i kimyo va neft mahsulotlari 21% i yengil sanoat va 24,2 %i boshqa sanoat mahsulotlariga to`g`ri keladi. Viloyat sanoat ishlab chiqarishda oziq - ovqat sanoatining ham o`z o`rni bor. 2006 yilda oziq ovqat sanoati mahsulotlarining jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 7,9 % ni (103039,6 mln so`mlik) tashkil etgan. Viloyatda hozirgi zamon talablariga javob beradigan yirik oziq- ovqat tarmoqlari keng rivojlantirilgan. Bu sanoat korxonalarining ko`pchiligi o`zimizdagi hom ashyo hisobiga ishlaydi. Oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ichida o`simlik moyi, meva va sabzavot konservalari, sharob va vino, un va yem, sut va go`sht ishlab chiqarish sanoat korxonalari yaxshi rivojlangan. Mintaqada 2006 yilda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish 2005 yilga nisbatan 12,5 % ga, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish 116,3 % ga, o`simlik yog`i ishlab chiqarish 107,3 % ga, un ishlab chiqarish 116,5 % ga oshgan. Oziq - ovqat sanoat mahsulotni ishlab chiqarish viloyat bo`ylab notekis taqsimlangan bo`lib, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda Farg`ona, Qo`qon, Marg`ilon shaharlari, shuningdek, Farg`ona, O`zbekiston, Oltiariq, Quva tumanlari yetakchi bo`lib, jami oziq - ovqat sanoati mahsulotining 80 % dan ortiq qismini beradi. Dang`ara, So`h, Uchko`prik kabi tumanlar esa oziq- ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishda ancha orqada. Ta`kidlash mumkinki, bu tumanlar asosan qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo`lsada, bu tumanlarda yetishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari boshqa tuman yoki shaharlarida qayta ishlanishi, ularni viloyat miqyosidagi oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasini kamayishiga olib kelgan. Viloyatda oziq - ovqat mahsulotlarning ishlab chiqarishning o`ziga xos markazlari vujudga kelgan bo`lib, yog` moy ishlab chiqarish mahsulotlari Farg`ona va Qo`qon shaharlarida, spirt ishlab chiqarish Qo`qon shahrida, konserva sanoati Farg`ona shahrida, qandolat sanoati esa Quva shahrida shakllangan. Ko`rinib turibdiki, viloyatda oziq - ovqat sanoati mahsuloti ishlab chiqarish xududiy tafovutlarga ega bo`lib, so`nggi yillarda xududiy tafovutlarni kamaytirish, oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va sifatini yaxshilash, chet ellik hamkorlar bilan samarali hamkorlik qilish asosiy maqsadlardan biridir. Farg‘ona viloyati Respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirg‘iziston, g‘arbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Farg‘ona viloyati aholi soni eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Viloyat sanoati tarkibi oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, neftni qayta ishlash boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish kabi faoliyat turlaridan tashkil topgan hamda viloyat sanoati yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari chiqarishga ixtisoslashgan. Viloyat xizmatlar sohasi tarkibida transport, savdo, moliyaviy, aloqa va axborotlashtirish, ta’lim sohasidagi xizmatlarining ahamiyati yuqori hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha savdo, moliyaviy va transport xizmatlari kabi xizmat turlariga ixtisoslashgan. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling