Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish
Download 58.44 Kb.
|
KI Hamza
Umrzoq - Sen nima deb o'tiribsan, men dunyo oxiratimni shu qizingning ustiga qo'yib o'tiriban-ku, o'ntadan bermasinchi, g'unajinimning qulog'ini ko'rarmikin.
Endi To'laxonning avvalgi "ja bo'lmaydigan bo'lsa Rustambek bilan Kumushxondek qochaman, ketaman", yoki "Bir gap borki, tilagim ikki bilagimda. Jon jonivorlar hammasi o'z boshiga kun ko'radi-yu, men ota-onamning boshiga kun ko'ramanmi? Ota-onaning ixtiyorida bo'lsa taqdirmi shu ham!" singari ahdi u yoqda tursin ota-onasining asrlar osha sinovdan o'tgan hisob-kitoblaridan zamon olg'irlarining qilmishlari ustun chiqadi. Shuning uchun ham to'rtinchi pardadan e'tiboran To'laxondan Xolisga aylangan pyesa qahramonining hayotga qarashlarida jiddiy - xolis o'zgarishlar yuz beradi. Sarobga aylangan orzularini ortda qoldirib, hayotning beshafqat shartlariga ro'para bo'ladi. Ularni qabul etishdan o'zga chorasi qolmagan To'laxon taqdirga tan berib, umid va istaklaridan yiroq umr yo'liga kiradi. Uni istiqbolda yana nimalar kutadi, muammoligicha qolaveradi. Asarda To'laxondan tashqari paranji sirlariga oshno Masturaning Zebixon, Zubayda, Oynisa, Zuhra, Obidaxon, Oyposhsha, Maxmuda, Tillaxon singari chiroyi boshga balo bo'lgan o'ljalari ham bor. Mastura ularni ham pullaydi, ham siniq ko'ngillarini aysh-ishratning xilvat burchaklarida yupatadi. Bir so'z bilan aytganda ular o'sha zamonda husndor ayol qismati va Masturaning qurbonlaridir. Pyesada Hamzaning badiiy mahoratidan guvohlik beruvchi yana bir obraz bor. Bu To'laxonning sevgilisi Rustambekdir. Gap shundaki, Rustambek asarning biron sahnasida hech kim bilan, shu jumladan To'laxon bilan ham uchrashmaydi, tamoshabinga umuman ko'rinmaydi. Biroq uning g'oyibona xatti-harakati pyesaning boshidan-oxirigacha ishtirok etadi. Kim ekanligiyu, yangi toifadagi odamligi, chin insonligi to'laligicha ochiladi. Sha'ni qoralanib o'g'irlangan, zo'rlanib nomusi toptalgan, keyin foxishaxonaga sotib yuborilgan To'laxon Rustambek uchun sadoqatli sevgili bo'lib qolaveradi. To'laxonni ozod etish va vasliga yetish yo'lida Rustambek qo'lidan kelgan hamma chorani ko'radi. Biroq uning chorasi ham, To'laxonning istak va xatti-harakatlari ham samarasiz tugaydi. Masalani ana shunday qo'yilishining o'zi Hamza badiiy tafakkurining naqadar teranligidan guvohlik beradi. .Xulosa XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o„ta qaltis va og„ir ichki tarixiy muhit paydo bo‘ldi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi musatamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Mustamalka va zo‘ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o‘z mafkurasini singdirish orqali ma’naviy ustunlikka ham ega bo‘lishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g‘ururini sindirish, o‘zligini yo‘qotishdek, o‘ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirdilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o‘z siyosiy, ma’naviy huquqlari, erki va hohish-irodasini yo‘qotdi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid’at) kuchaydi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma’naviyati tubanlashdi. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassiblarda yangilikka, dunyoviy ma’rifat va taraqqiyotga qarshilik ham avj oldi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oldi. Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o‘ta ayanchli va havfli ijtimoiysiyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo bo‘ldi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar bo‘lgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma’naviy qalqon bo‘lib, kurash maydoniga otildilar. Jadidlar millatni bo‘yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li avval tarbiya va ma’rifat, so‘ng islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetdilar: 1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo‘lgan bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniydunyoviylik qaror topdi. 2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat (poetika) kabi badiiy janrlar ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Proza va publitsistika paydo bo‘ldi. 3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma’rifatchilik mafkurasi, milliyozodlik xususiyatiga ega bo‘ldi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o‘z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi. 4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o‘zgardi. U endi an’anaviy oshiq yohud ma’rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o‘z ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashiga ega bo‘lgan shaxsdir. Xalqimiz ma’naviy yuksalishida muhim o‘rin tutgan Abdulhamid Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodini g‘oyaviy tafakkurning o‘ziga xos g‘oyaviy-ma’naviy in’ikosi deyish mumkin. Zero, ma’rifatchilik harakati va jadid adabiyoti Turkistonning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida tarixiy vazifani bajardi. Bu davrda madaniy jarayonning mavzu doiralari kengaydi, bevosita millat va mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘liq voqealarni aks ettira boshladi. XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-tarixiy muhit yangicha fikrlaydigan, millat va mamlakat taqdiriga befarq qaramaydigan ijodkorlarni shakllantirdi. Hamza ana shu muhitda ulg‘ayib, so‘ngra o‘zining yangi ijodiy yo‘li va obrazlar dunyosiga hamda mustaqil ma’naviy qarashlariga ega bo‘lgan ijodkor sifatida namoyon bo‘ldi. U o‘zbek xalqining XX asr birinchi yarmida ijod qilgan adiblari orasida original falsafiy ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lgan shaxs sifatida tarixda qoldi, sharq va g‘arb falsafiy tafakkurining romantik chashmalaridan bahramand bo‘lgani holda falsafiy ijodda serqirra va sermazmun ma’naviy meros qoldirdi. Hamza qarashlarining nazariy-g‘oyaviy asoslari jadid-ma’rifatchilik harakatining asosiy maqsadlari bilan uyg‘un bo‘lib, uning ijodkor sifatida shakllanishidagi obyektiv va subyektiv omillar hamda g‘oyaviy tamoyillari kabi jihatlar bilan ajralib turadi. Hamza poetik san’atining xalqchilligi uning xalq ruhiga, tafakkuriga yaqinligidadir. Uning poeziyasi siyqa tashbehlardan yiroqligi, barchaning ijtimoiy-falsafiy tasavvurlariga birdek ta’sir etishi bilan xarakterlidir. Ayniqsa maktab, ilm masalalariga bag‘ishlangan she’rlari inson erki, baxti va saodatiga asoslanadi. Bu ma’rifiy g‘oyani barkamol avlodni tarbiyalashga doir olib borilayotgan ishlarning mazmuniga singdirish va bu borda amaliy tadbirlar rejasini ishlab chiqish ta’lim bilan tarbiyani uzviyligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Download 58.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling