Farg‘ona – 2023 y Mundarija: Kirish


II-bob. Hamza dramaturgiyasida “Paranji sirlari” ning o‘rni


Download 58.44 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi58.44 Kb.
#1600194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KI Hamza

II-bob. Hamza dramaturgiyasida “Paranji sirlari” ning o‘rni.
2.1. Dramaning badiiy xususiyatlari: obraz va talqin
Adabiyotning eng qiyin turi hisoblangan dramaturgiya eramizdan avvalgi antik (antik-lotincha, qadim, qadimiy ma'nolarni anglatadi) davrda qadimgi Gretsiyada ya'ni Yunononistonda paydo bo'ldi. Mil. avvalgi VI asrlarda xalq hajviy tomoshalari, V asrlarga kelib ilk yunon dramalari, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Masalan, Esxil o'zining "Eroniylar", "Fivaga qarshi yettovlon", "Itijogo'ylar", "Zanjirband Prometey", "Oresiyeya" kabi asarlari bilan "tragediyaning otasi" degan nomga sazovor bo'ldi. Uning xizmatlaridan yana biri tragediya janriga ikkinchi aktyorni kiritib, uni chinakam dramatik janrga aylantirdi. Shu bilan birga diolog konfliktining yuzaga kelishiga imkon yaratgan ulug' siymo ham edi. Sofokl esa, sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalanishni, fojialarga uchinchi aktyorni kiritib, voqealar jarayonidagi hati - harakatlarni yanada tezlashtirdi. Shu bilan birga aktyorlarning niqob kiyib o'ynashini targ'ib qilgan, o'sha davr sahnasida mifologik syujetli pantomimik raqslar keng qo'llanishligiga munosib hissa qo'shgan buyuk ijodkor edi.
Eradan avvalgi beshinchi asrda yashagan Yunonistonning buyuk mutaffakirlari Esxil, Sofokl, Yevripidlar tragediyaga asos soldilar. Bu davrda yozilgan dramalar (ular asosan she'riy shaklda bo'lgan) tragediya nomi bilan atala boshladi.
Antik davr komediya janrini Aristofan yuqori cho'qqiga olib chiqdi. Qadimgi olamning buyuk mutafakkiri Arastu o'z davrining buyuk daho asarlari haqida "Poetika" asarida fikr yuritadi.
Undan keyingi davrlarga kelib, Rim dramaturgiyasi rivoj topa boshladi. Rim dramaturgiyasi va teatri yunonga nisbattan dunyoviyligi bilan farqlanadi. Rim dramaturglari Plavt, Terensiy, Sneka kabi ijodkorlar jamiyatda bo'layotgan ziddiyatlarni turli mavzu va janrlarda ifodalashga harakat qilishdi. Bunday ijodiy izlanishlar esa uyg'onish davri ijodkorlarining dramaturgiya va teatr san'atini qayta tiklab olishlari uchun asosiy manbalardan bo'lib xizmat qildi.
O‘zbek yozma dramaturgiyasining kelib chiqishi va taraqqiyotini o'rganish uchun uning tarixi, kelib chiqishiga ta'sir etgan shart-sharoitlar, amaliyoti va nazariyasining paydo bo'lishi kabi komponentlarga e'tibor qaratish lozim. Shunday bo'lgach eng avvalo "dramaturgiya" so'ziga berilgan ta'riflarni o'rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dramaturgiya so'zi nimani anglatadi? O'zbek tilining izohli lug'atida, "dramaturgiyani dramatik san'at; sahna asarining tuzilish tamoyillari va usullari haqidagi nazariya", deyilsa, O'zbekiston milliy ensiklopediyasida, "dramaturgiya -dramatik asarlar majmuasi; kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi", degan ta'rif beriladi.
Tadqiqotchi va soha olimlarining izohlaridan foydalanib, dramaturgiya badiiy asar sifatida faqat teatrda jonlanishini nazarda tutib, teatr san'atining yuzaga kelishi masalalariga to'xtalish lozim. Agar dramaturgiyani obrazlar xarakterlari va xarakatlari deb qaraladigan bo'lsa, unda sahnada yaratiladigan obrazlarning poydevori - dramaturg fantaziyasidir deyish mumkin. Dramaturgiyaning barcha komponentlari dramatik obraz asosi bo'lgan maqsad sari bo'lgan harakatini tan olishga undaydi, yanada sodda qilib aytilsa, dramaturgiya qonunlari asosida sahnalashtirish uchun yaratiladigan asar drama deyilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Drama teatrda rejissor rejasi va talqini yordamida spektakl shaklida amalga oshiriladi.
Badiiy adabiyotning mavjud bo'lgan uch turi - epos, lirika, dramadan iborat bo'lganligini e'tirof etgan holda, dramaturgiyaning ham uch turi: tragediya, komediya va drama (tor ma'noda) janrlari haqida batafsil fikr yuritiladi.
Bu janrlarni tahlil qilishdan avval dramaturgiya - drama degan fikrni anglash juda o'rinli hisoblanadi. Dramani - harakat, deguvchilar fikrida asos bor. Chunki, harakatsiz drama vujudga kelmaydi. Shu bois harakatni - dramaning qon tomiri degan ta'rif beruvchi olimlarning fikri ham asoslidir. Dramaning asosida g'oyani ochuvchi fabula birlamchi, fabuladan syujetga o'tish jarayonini kompozitsiya ta'minlashini e'tirof etish zarur. Chunki, dramada inson tuyg'ularining jonli ifodasi, real hayotni obrazli kashf etish jarayoni mavjud.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib dramaturgiyani: dramatik asarlar majmuyi, sahna asarlarining tuzilish tamoyillari va usullarini o'rganadigan, uning asoslarini, nazariyasini va tarixini targ'ib qiluvchi fan deb aytish ham mumkin.
Dramaturgiya asoslari deganda, sahnalashtirish uchun asarning tug'ilishi, rivojlanishi, uning o'ziga xos xususiyatlari, turlari, unga qo'yiladigan talablar tushiniladi. Shunday ekan, dramaturgiyaning jahon miqyosida paydo bo'lish bosqichlarini o'rganish uchun uning tarixiga, teatrshunos, san'atshunos olimlar va soha mutaxassislari fikrlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mumtoz dramaturgiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonlariga qisqa bo'lsada tavsif bermay turib, o'zbek milliy dramaturgiyasining tug'ilishi va shakllanish bosqichlari haqida gapirish, rivojlanish jarayonlarini anglab yetish mushkuldir.
Jadidchilik harakati tarixan qisqa muddatda ijtimoiy ongni matrifatchilikdan siyosiy ozodlik, mustaqil davlatchilik g‘oyasi tomon rivojlantira oldi. Bu harakat bir necha yo‘nalishdagi amaliy faoliyatda o‘z ifodasini topdi. Xususan:
-maktab-maorif,
-matbuot va matbachilik,
-xayriya ishlari,
-adabiyot va san’at, shu jumladan,
-teatr va dramaturgiya kabilarda.
Teatr jadid ziyolilari ta’biricha “ibratxona”, “ulug‘lar maktabi” edi. Muqallid-aktyorlar esa “tabibi hoziq” misolida edilar. Mazkur tushuncha jadid teatrining ham g‘oyaviy, ham estetik tamoyillarini belgiladi. Ayni chog‘da teatr ma’naviy tarbiya maskani bo‘lishi bilan bir qatorda, maktab-maorif sohalarini moddiy quvvatlab turuvchi asosiy manbalardan ham edi. Ana shu bois taraqqiyparvarlar milliy teatr ishlarini zo‘r berib rivojlantirishga intildilar.
Hamzaning "Zaharli hayot" darmasida ko'plab monologik nutqlarni uchratamiz. Drama bosh qahramoni Mahmudxon monologidan misollar keltirib o'tamiz:
"Oh, jaholat, maorifsiz davlatlar! Ey, johilotalar, johilaonalar. Men orzu- havasni nimaqilay? Orzu-havas o'zimning istagimdan boshqa nimarsa emas. Men orzu- havasni nima qilay, suyganim bo'lmagandan keyin menga ming orzu - qaro chaqa, balki menga zahar, o'lim!(Birozgina to'xtab.) Men boy qizini nima qilay! Ha o'zimni endigina jaholatdan qutqazgan vaqtda yana bir jahilaga, ro'dapoga umrdosh bo'lamanmi? Menga hayotkerak, u maqsad esa (bosh qimirlatib) Maryamxonimdan boshqa emas, boshqa emas".
Mahmudxonning bu monologi orqali sevgilisi Maryamxon bilan birga bo'lishiga ota-onasi qarshi ekanligi otasi, onasi ilm-ma'rifatdan yiroq kishilar ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mahmudxonning yagona istagi Maryamxon bilan baxtli bo'lish edi.
Monologlar g'oyaviy mazmuniga ko'ra: monolog-xotira, monolog-muhokama, monolog-orzu kabi turlarga bo'linadi.

Download 58.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling