Farg’ona davlat universitet pedagogika va psixologiya yo’nalishi pedagogik-psixologiya fakulteti 21. 20-guruh talabasi turdaliyev husanjonning ta’limda axborot texnalogiya fanidan tayorlaga


Download 365.88 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi365.88 Kb.
#999476
1   2   3   4
Bog'liq
Psixodiagnostika 2

 Sharoitni engillashtirish

  •  Sharoitni engillashtirish
  • Muammo echimini taklif qilish
  • Savollarga javob berish
  • Ma'lumotlar berish
  • Tushuntirib berish
  • Yordam berishni taklif qilish
  • Yordam so‘rash
  • Tushuntirib berishni so‘rash
  • Ma'lumotlar berishni so‘rash
  • Savollarga javob berishni so‘rash
  • Muammo echimini so‘rash
  • Muammoni yanada chigallashtirish.
  • Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.

 Ananevning qarashlari.

B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.

1. Metodika darajasi.

2. Metodik qo’llanma darajasi.

3. Metod darajasi.

4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.

5. Metodologik yondashish darajasi.


xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish)
metodik yondashuv.
metodik qo’llanma
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u;
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga bo’ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi.
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi.
Nihoyat, to’rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko’pgina echilmagan muammolar uchraydi:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo’lib qoldi?
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
Bu erda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko’rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o’rni bo’yicha «oraliq» empirik va nazariy metodlar o’rtasida, empirik kuzatishlar ma`lumotlarni sharhlash va qayta ishlash metodlaridir.
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob`ekt va sub`ekt orasidagi ba`zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi.
1) germenevtik – fanning bo’linmagan yakka holatiga to’g`ri keladi;
2) biografik metod – psixika to’g`risidagi fanning yakka ob`ektiv idrokini ko’rsatish;
3) kuzatish – idrok ob`ekti va sub`ekti farqlanadi;
4) o’z-o’zini kuzatish - sub`ektni oldingi farqlanish asosida ob`ektga aylanishi;
5) klinik – birinchi o’ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o’tish vazifasi chiqadi;
6) eksperiment sub`ekti ob`ekt idrokining faol qarshiligi sifatida, sub`ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo’lsa ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog`liqligi bizni qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o’ylab yoki o’ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo’shishga majbur bo’ldilar. Bu metodni qo’llashda “idrokning sub`ekt va ob`ekti qarama- qarshi” qilib qo’yilmaganmi? Model – bu bir sub`ektning boshqa bir sub`ektga oqilona qarshiligi, sub`ektning ob`ektga va o’ziga nisbatan muomalasi mumkin emas-ku, degan savol tug`iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metod va psixologik metodlar orasida umuman, amalda “teng” belgisi qo’yiladi, ularning o’ziga xos jihatlarini aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiriladi;
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o’zaro munosabatda bo’ladi;
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning simvolik – belgisi bilan munosabatda bo’ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, ob`ekt sharoitini asboblar yordamida o’rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shakldagi predmet haqidagi bilim hisoblanadi.
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental metodlarni qo’llashda, ularni o’zaro munosabati natijalarining “uchrashish joyi”dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o’tamiz:
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o’tish. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o’tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduktsiya», xususiydan xususiyga o’tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli.

Download 365.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling