Farg`ona Davlat universitet


Download 0.81 Mb.
bet10/17
Sana12.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1192111
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
15 TALIK

Gazlarda elektr toki. Metallar,yarim o`tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o`tkazuvchanlikning
haroratga bog`liqligi.o`ta o`tkazuvchanlik
to`g`risida tushuncha.Noananaviy energiya
manbalari
Reja:
1 Metallar,yarim o`tkazgichlar va elektrolitlarda elektr
o`tkazuvchanlikning haroratga bog`liqligihaqida tushincha
2

Metallarning elektr toki ularda zaryadli zarralarning elektr maydondagi tartibli harakati bilan tushuntiriladi. Mandelshtam va Papaleksi, so‘ngra Tolmen va Styuart 1913-1916 yillarda o‘tkazgan tajribalari bu zarralar elektronlardan iboratligini to‘liq isbotladi. Keyinchalik rivojlangan Xoll effekti yordamida ham metallardagi o‘tkazuvchanlikning sababchisi


metall hajmi bo‘ylab harakatlana oladigan elektronlar ekanligi
tasdiqlandi. Yarimo‘tkazgichlar deganda fizikada dastlab to‘rt valentli Ge va Si moddalari tushuniladi, ularning fizik xossalari ayniqsa batafsil o‘rganilgan. Mendeleev jadvalida shu guruxda turgan olmos ham yarimo‘tkazgich hisoblanadi, lekin uni hosil qilish qiyinroq. Uch valentli elementlarni besh valentli elementlar bilan birikmalari А3B5 (GaAs, InSb, GaP, InP ...) yarimo‘tkazgichli kristallar hosil qiladi. Shu kabi A3B5 tipdagi birikmalar (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS) va boshqa tipdagi yarimo‘tkazgichlar ma’lum. Yarimo‘tkazgichlar borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotgan sharoitda, kremniy Si tabiatda keng tarqalgan modda sifatida borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda. Texnikada qo‘llaniladigan Si nihoyatda toza bo‘lishi kerak, undagi aralashma atomlarining soni kremniy atomlar
sonining 10-8 qismidan oshmasligi kerak. Bunday tozalikni amalga
oshiradigan texnologik jarayonlarni o‘zlashtirgan firmalar ko‘p emas, texnik kremniy esa qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. 0‘zbekistonda Elektronika Instituti Koreya Respublikasi firmalari bilan birgalikda Respublika kremniy zaxiralaridan texnik kremniy olish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.
O`ta o`tkazuvchanlik hodisasi tashqi ta`sirlarga kuchli bog`liq.Masalan, materialning temperaturasining oshishi, elektr va magnet maydonlarning ta`siri tufayli moddaning o`ta o`tkazuvchanlik holati buziladi. Ushbu
kurs ishimda moddalarning o`ta o`tkazuvchanlik holatidagi xossalari va ularga elektr va magnit maydonlarining ta`siri o`rganilib chiqiladi.
Hozirgi paytgacha o`ta o`tkazuvchanlik hodisasi ustida keng miqyosda
izlanishlar olib borilmoqda va bu hodisani tushuntirish borasida katta

yutuqlarga erishilgan. O`rganishlar asosida hozirgi vaqtda yigirmadan ortiq sof metallar, yuzdan ortiq qotishma va ximiyaviy birikmalardan


iborat o`ta o`tkazgichlar aniqlangan. Shu narsa qizikki, odatdagi
temperaturalarda eng yaxshi o`tkazgichb bo`lib hisoblanadigan metallar
absolyut nol temperaturada o`ta o`tkazgichlarga aylanmaydi.
Metallning o`ta o`tkazuvchanlik holatiga o`tish temperaturasi kritik
temperature Tk deb yuritiladi. Masalan, o`ta otkazgichlardan talliy,
qalayi va qo`rg`oshin uchun kritik temperatura, mos ravishda 2.35K, 3.73K va 7.19K ga teng.
O`ta o`tkazgich holatning asosiy xususiyati 1933-yilda V.Meyssner va R.Oshenfeld tomonidankashf qilingan va tashqi magnit maydonni o`ta o`tkazgich ichidan itarib chiqarish hodisasi Meyssner effektidan iborat. O`ta o`tkazgich ferromagnitga teskari ideal diamagnetik xossasiga ega. O`ta o`tkazgich ichida magnit maydon nolga teng. Meyssner effektini
ichki maydonni o`zgarmasligidan iborat ideal o`tkazuvchanlikning
zaruriy sharti deb hisoblash noto`g`ri ekanligini Maksvell tenglamalariga asoslangan analizdan ko`rinadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling