METALLARDA VA YARIMO‘TKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
METALLARDA VA YARIMO‘TKAZGICHLARDA ELEKTR
TOKI
Metallarning elektr toki ularda zaryadli zarralarning elektr maydondagi tartibli
harakati bilan tushuntiriladi.
Mandelshtam va Papaleksi, so‘ngra Tolmen va Styuart
1913-1916 yillarda o‘tkazgan tajribalari bu zarralar elektronlardan iboratligini to‘liq
isbotladi. Keyinchalik rivojlangan Xoll effekti
yordamida ham metallardagi
o‘tkazuvchanlikning sababchisi metall hajmi bo‘ylab harakatlana oladigan
elektronlar ekanligi tasdiqlandi. Yarimo‘tkazgichlar deganda fizikada dastlab to‘rt
valentli
Ge va Si moddalari tushuniladi, ularning fizik xossalari ayniqsa batafsil
o‘rganilgan. Mendeleev jadvalida shu guruxda turgan olmos ham yarimo‘tkazgich
hisoblanadi, lekin uni hosil qilish qiyinroq. Uch valentli
elementlarni besh valentli
elementlar bilan birikmalari А3B5 (GaAs, InSb, GaP, InP ...) yarimo‘tkazgichli
kristallar hosil qiladi. Shu kabi A3B5 tipdagi birikmalar (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS) va
boshqa tipdagi yarimo‘tkazgichlar ma’lum. Yarimo‘tkazgichlar borgan sari ko‘proq
qo‘llanilayotgan sharoitda, kremniy Si tabiatda keng
tarqalgan modda sifatida
borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda. Texnikada qo‘llaniladigan Si nihoyatda toza
bo‘lishi kerak, undagi aralashma atomlarining soni kremniy atomlar sonining 10-8
qismidan oshmasligi kerak. Bunday tozalikni amalga
oshiradigan texnologik
jarayonlarni o‘zlashtirgan firmalar ko‘p emas, texnik kremniy esa qimmatbaho
mahsulot hisoblanadi. 0‘zbekistonda Elektronika Instituti
Koreya Respublikasi
firmalari bilan birgalikda Respublika kremniy zaxiralaridan texnik kremniy olish
bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.
ILHOMJON BEKPULATOV,
DADAXON NASRIDDINOV,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Аkademiyasi Umumilmiy fanlar
kafedrasi oʼqituvchilari.