Farg`ona Davlat universitet


Download 0.81 Mb.
bet5/17
Sana12.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1192111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
15 TALIK

Atmosferadagi issiqlik muvozanati o`zgarishining sayyora iqlimiga ta`siri, parnik effekta
Reja:
1 Atmosferaning issiqlik muvozanati haqida ma`lumot
2 Parnik effekta nima
Atmosferaning issiqlik muvozanati– atmosferaga kelgan va undan chiqqan issiqlik tengligi. Atmos-feraning nurlanish
balansi R, atmos-ferada suv bugʻlari kondensatlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hr (h – kondensatsiya yashirin issiqligʻi,
g– yogʻinlar yigʻindisi), yer sirtidan turbulent almashinuv
natijasida atmos-feraga berilgan issiqlik R, havoning gorizontal yoʻnalishda koʻchishi (advek-siya) tufayli kelgan issiqlik oqimi (A) Atmosferaning issiqlik balansi b.ni tashkil qiladi. Issiqlikning advektiv koʻchishi odatda ek-vatordan qutblarga qarab
yoʻnalgan boʻladi, shuning uchun bu jarayon tufayli yuqori ken-

gliklardagi havo issiqlik oladi, quyi kengliklarda esa issiqlik yoʻqotadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi va okean sir-kulyatsiyasi tufayli havo temperaturasi uzluksiz ravishda quyi kengliklarda pasaymaydi, yuqori kengliklarda koʻtarilmaydi, ya’ni issiqlikning advektiv koʻchishi nati-jasida muvozanatlashib turadi. Shunga koʻra butun atmosferaning oʻrtacha yillik temperaturasi turgʻun boʻladi.


Yerda hayot mavjud bo’lishi uchun eng zarur quvvat manbai Quyosh
radiatsiyasi — Quyoshning yer atmosferasiga kirib keluvchi
elektromagnit nurlari hisoblanadi. Quyosh energiyasi fasllar almashuvi
bilan bog’liq barcha atmosfera jarayonlari, shuningdek, ob-havo
sharoitlari o’zgarishi sababchisidir.
Quyosh energiyasining yarmiga yaqini biz Quyosh nurlari deb
tushunadigan spektrning ko’zga ko’rinuvchi qismidir. Bu radiatsiya
atmosferadan erkin o’tib keladi, uni quruqlik va okeanlar yuzasi yutadi
va isiydi. Ammo Quyosh radiatsiyasi ming-minglab yillar davomida har kuni yer yuzasiga tushib turadi. Nega unda yer qizib ketmaydi va kichik bir Quyoshga aylanib qolmaydi?
Hamma gap shundaki, yer ham, suv yuzasi ham o’zidan boshqa bir
shaklda energiya tarqatadi: ko’zga ko’rinmas infraqizil nur yoki-issiqlik
chiqaradi. O’rtacha olganda, yerga Quyosh nuri sifatida qancha energiya kelsa, kosmik fazoga infraqizil nur sifatida shuncha quvvat chiqib
ketadi. Shunday qilib, sayyoramizda issiqlik muvozanati hosil bo’ladi.
Hamma gap aynan qanday temperaturada muvozanat saqlanib
turishidadir. Agar atmosfera bo’lmaganida yer yuzasidagi o’rtacha
temperatura -23 darajani tashkil etgan bo’lardi. Atmosferaning yer
yuzasidagi infraqizil nurlarni yutadigan himoya vositasiga ega ekani
amaldagi o’rtacha temperaturaning +15 darajada bo’lishini ta’minlaydi.
Temperaturaning ko’tarilishi atmosferada “parnik effekti” yoki issiqlik to’planishi bilan bog’liq. Atmosferada karbonat angidrid gazi va suv bug’lari ko’payishi bilan u ham kuchayib boradi. Bu gazlar infraqizil
radiatsiyani yaxshi yutadi. Bunday jarayon kichik bir ko’rinishda oddiy poliz teplitsasida ham ro’y beradi. Unda gazlarni yutuvchi narsa
vazifasini Quyosh nurini to’siqsiz o’tkazadigan shaffof plyonka bajaradi,


ammo u pastdan yuqoriga yo’nalgan tuproq haroratini yaxshi
o’tkazmaydi. Keyingi yillarda atmosferada karbonat angidrid gazi kontsentrasiyasi tobora ko’p yig’ilib qolmoqda. Buning sababi qazib olinayotgan yoqilg’ilar hamda yog’ochning yildan-yilga ko’plab
yoqilayotgani bilan bog’liq. Buning oqibatida yer yuzasidagi havoning o’rtacha harorati har yuz yilda 0,5 daraja ko’tarilib bormoqda. Agar
kelgusida ham yoqilg’i yonishi va havoda parnik gazlari
kontsentrasiyasining oshish sur’ati saqlanib qolsa, ayrim hisob-
kitoblarga ko’ra, yangi asrda iqlim yanada isib ketishi mumkin.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling