Farg'ona Davlat Universiteti filologiya fakulteti 21. 73-guruh talabasi Abdug‘offorova Zulayhoning o'zbek adabiyoti tarixi va yangi o'zbek adabiyoti fanidan Huvaydoning Seni ishqingdin ey dilbar


Download 4.46 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.46 Kb.
#1531540
Bog'liq
abdugofforova Zulayho o\'zbek adabiyoti tarixi


Farg'ona Davlat Universiteti filologiya fakulteti 21.73-guruh talabasi Abdug‘offorova Zulayhoning o'zbek adabiyoti tarixi va yangi o'zbek adabiyoti fanidan Huvaydoning "Seni ishqingdin ey dilbar..." g'azali bo'yicha tayyorlagan taqdimoti
XVIII asrda yashab ijod etgan mashhur shoirlardan biri Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydodir. Uning hayot va ijod yo‘li haqida juda kam ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Biz u haqidagi ayrim ma‘lumotlarni V. Abdullaevning 0'zbek adabiyoti tarixi qo‘llanmasida, 0‘zbek adabiyoti tarixi 5 jildligining I jildida, N. Jumaxo‘janing "Huvaydo merosining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati" kabi asarlarida uchratamiz. 1994 yilda, shoirning 290 yillik yubileyi arafasida, u haqdagi dastlabki dissertatsiya himoya qilindi. "Rohati dil" dostoni chop etildi
Huvaydoning keyingi avlodlaridan Mavlaviy Sirojiy, Samarbonu, Salohiddin Soqib kabi sohibdevon shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Soqib bobosi asarlarini jamlab, mukammal bir devon holiga keltirgan. U qayta-qayta ko‘chirilgan. Devonga shoirning 351 g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi,
1 musammani, 1 mustazodi, 3 masnaviysi va "Rohati dil"dostoni kiritilgan
Huvaydoning keyingi avlodlaridan Mavlaviy Sirojiy, Samarbonu, Salohiddin Soqib kabi sohibdevon shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Soqib bobosi asarlarini jamlab, mukammal bir devon holiga keltirgan. U qayta-qayta ko‘chirilgan. Devonga shoirning 351 g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi,
1 musammani, 1 mustazodi, 3 masnaviysi va "Rohati dil"dostoni kiritilgan.Huvaydo mumtoz adabiyotning o‘ndan ortiq janrida qalam tebratgan. Har bir janrda o‘zining san’atkorligi, mahoratini namoyish eta olgan. Ularning yangi imkoniyatlarini kashf qilishga intilgan
Huvaydo asarlarida qadah, yor, may timsollari bor. Huvaydo talqinidan kelib chiqib quyidagicha sharhlash mumkin: Qadah-ko‘ngil, yor-Olloh, may-ilohiy ishq. Demak, Olloh visoliga yetish ishq darajalari bilan bogiiq ekan.
Seni ishqingdin ey dilbar ajab devonalar bo'ldim ,
Haloyiqg‘a bo'lib kulgu , basi afsonalar bo'ldim .
Qilar ta‘na ko'rib har kim menim holimg‘a ey mohim,
Bu elni og‘zida har go‘shada afsonalar bo'ldim .
Hama qavmu qarindoshim meni ko'rsa qilur nomus,
Baridin yuz o‘gurdim ,bir yo‘la begonalar bo'ldim .
Seni ilkingdin ey dilbar, muhabbat jomini ichsam ,
O‘shal kundin beri bilmay o‘zum mastonalar bo'ldim .
Shabiston ichra ey yorim, Jamolning shamini ko'rdim ,
Boshingdin o‘rgulub har suhbidam parvonalar bo'ldim.
Visoling izlabon, dilbar, Huvaydoyi g‘arib miskin,
Gadolardek so'rab eldin yurub ovvoralar bo'ldim.
Huvaydoning "Rohati dil"ni yozishdan maqsadi zamondoshlarini ma’naviy g‘aflatdan uyg‘otish. U asarni dastlab nasrda yozgan. Keyinchalik talab va takliflarni inobatga olib, uni nazm yo‘li bilan qayta yaratgan. Shoirning butun umri kechgan Chimyon shahri aholisi turkiygo‘y bo‘lgani sababdan dostonni turkiy tilda yozgan.Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. Asar an’anaviy - Ollohga hamd va payg‘ambarlarga na’t bilan boshlangan. Keyin chahoryorlar - Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Alining ibratli faoliyatlari bayoni berilgan. Shariat qonun-qoidalari, talablari sharhlangan. Shundan so‘ng bir qancha pandnoma-hikoyatlar keltirilgan. "Rohati dil" aqoid kitobi. U diniy-didaktik asar hisoblanadi
Download 4.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling