Mavzuning ilmiy ahamiyati. Badiiy adabiyot bu – so`z san’ati. Adabiyot uzoq vaqtlar mobaynida insonlar uchun insonlarni yaxshilikka undovchi, yomonlikdan uzoqlashtiruvchi, go`zallikdan zavqlanish, do`stlikka sadoqat, yaqinlarga mehr-oqibat hislarini uyg`otish vazifasini bajarib kelgan. Ana shunday yuksak g`oyalar yo`lida jonbozlik ko`rsatib, o`zining butun ijodiy faoliyatini yosh avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash ishiga bag`ishlagan, badiiy baquvvat asarlari bilan o`zbek adabiyotshunosligi sohasini boyitgan adabiyotshunoslar talaygina. Ta’kidlash joizki, adabiyotshunosligimizda shu kungacha syujet,uning turlari, komponentlari,konflikt va uning turlari,badiiy asar kompozitsiyasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanishi va taraqqiyotining mukammal ilmiy tarixi yaratilgani yo`q. Ayniqsa, badiiy asarlarning shakllanish jarayonida syujet, konflikt, kompozitsiyaning tutgan о`rni va ahamiyatini kо`rsatuvchi monografik asosdagi tadqiqot olib borilmagan.
Mavzuning ilmiy yangiligi. Mazkur tadqiqot ishimizda o‘zbek adabiyotshunosligi nazariyasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish asnosida syujet, uning turlari, komponentlari, konflikt va uning turlari badiiy adabiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Kurs ishining obyekti va manbalari. Mazkur kurs ishi uchun obyekt sifatida Maqsud Qoriyevning tarixiy mavzudagi “Ibn Sino” romani, nazariy ma’lumotlar uchun esa D.Quronov, H.Umurov, I.Sulton, T.Boboyev va boshqa adabiyotshunoslarning darslik va qo`llanmalari manba bo`lib xizmat qildi.
Ishning dolzarbligi. So’nggi yillarda syujet va uning turlari, sayyor syujetlar masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar ko’lami kengaydi. Sayyor syujetlar nazariyasining mazmuni va uning Jahon adabiyotida tutgan o’rnini izohlash.
Ishning maqsadi.Syujet turlari va tarkibiy qismlarini o’rganish, sayyor syujetlar ko’lamini aniqlash, ularni kelib chiqish nuqtai nazaridan tahlil qilish
Ishning vazifasi. Sayyor syujetlarni aniqlab, ularning badiiy matnda tutgan o’rni va vazifasini yoritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |