Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti “O’zbek tili ” yo’nalishi “Adabiyotshunoslik nazariyasi”


Download 417.09 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2023
Hajmi417.09 Kb.
#1359243
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Azimova Nozimaxon Adabiyotshunoslik kurs ishi.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
“O’ZBEK TILI ” YO’NALISHI
Adabiyotshunoslik nazariyasi” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: Sayyor syujetlar masalasi (Mirkarim Osim asarlari asosida).


Bajardi: Azimova N.
Kurs ishi rahbari: Mannopov I.

MUNDARIJA.
Kirish
I bob. Syujetning nazariy asoslari:

    1. Syujet va uning turlari.

    2. Sayyor syujet xususiyatlari.

II bob. Mirkarim Osim asarlarida sayyor syujetar:
2.1. “To’maris” qissasida sayyor syujet bayoni, syujet qurilishi .
2.2. “Shiroq” hikoyasidagi syujet komponentlari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Mustaqillikdan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy, madaniy, ilmiy, ta’limiy muhit, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning qabul qilinishi va tarixiy ahamiyati, Yurtboshimiz tomonidan ilm-fanga alohida e’tibor berilayotganligi tufayli ta’lim sohasida keng imkoniyatlar, qulay sharoitlar yuzaga keldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagilarni a’lohida e’tirof etgan edilar: “Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm ma’rifat sirlarini oʻrganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab oʻquvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, oʻz iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu - intilishlarimiz bugunning oʻzida oʻz hosilini berayotganining guvohi boʻlmoqdamiz.”
Har bir sohada bo`lgani kabi ilm-fan, xususan, adabiyotshunoslikda ham sezilarli darajada o`sish bo`ldi. Badiiy adabiyotda ham o`ziga xosliklar ko`zga tashlana boshladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlaganidek: «Mening fikrimcha, yozuvchilik — bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste`doddir. Bu — qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hechqayerda o’qib, o’rgatib bo’lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo’lsa, bir umr hayotning ichida bo’lish, o’z xalqi bilan hamdard-u hamnafas bo’lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir».1 Adabiyotimiz tarixini, jahon adabiyotini, hozirgi adabiy jarayonni ilmiy jihatdan o`rganish, izlanishlar olib borish imkoni tug`ildi. Qadim o`tmishdan bugungi kunga qadar yaratilgan adabiyotlar o`rganildi, nashr etildi, adabiyotshunoslar tomonidan tahlil qilindi. Adabiyotshunos olimlar tomonidan o`zbek adabiyoti tarixi, jahon adabiyoti va hozirgi o`zbek adabiyoti yo`nalishlarida turli xil qo`llanma, monografiya va doktorlik dissertatsiyalari yaratildi va yaratilmoqda. Mazkur kurs ishi ham ana shu ilmiy ishlarning bir qismi sifatida o`z ahamiyatiga ega hisoblanadi.

Download 417.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling