Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


Download 0.54 Mb.
bet17/29
Sana29.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1137778
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanishi MAJMUA1

Nutqning sofligi insonlarning madaniy va ma’naviy saviyasini koʻrsatuvchi muhim omildir. Nutqning kommunikativ sifati faqat va faqat adabiy til doirasida boʻlgandagina shakllanadi, toʻlaqonli boʻladi. Nutqning tozaligi deyilganda ham nutqning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi tushuniladi. Nutq tuzuvchi yoki notiq oʽz nutqining sofligi haqida qaygʻurar ekan,albatta nutqning sofligini buzuvchi unsurlardan tiyilishi kerak. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini namoyon etadigan koʻrsatkichlardan biridir. Nutqning tozaligi uning keraksiz soʽzlardan xoli boʻlishi soʽzlovchi va tinglovchi uchun ham, oʻqituvchi va oʻquvchi uchun ham zarur. Toza nutq tabiiy va samimiy boʻladi, oʻquvchining qalbiga tez va oson yetib boradi. Malakali oʻqituvchi to‘gʻri, aniq va mantiqiy nutq egasi boʻlishdan tashqari oʽz nutqini nazorat qilib borsa, oʻz ustida tinimsiz ishlasa, tilga mas’uliyat bilan yondoshsa albatta nutqining tozaligiga ham erisha oladi. Nutqning sofligini buzuvchi omillarga quyidagilar kiradi: dialektizmlar, varvarizmlar, vulgarizmlar, parazit soʻzlar, kanselyarizmlar, jargon va argolar.
Nutqning boyligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlar: soʻz, ibora, sintaktik tuzilma, intonatsiya kabilardan qay darajada foydalanish bilan belgilanadi. Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga farqli liboslar tanlash kerak. Badiiy adabiyot yoki nutqda biror tushunchani, mazmunni alohida ta’kidlash, diqqatni tortish, hissiyotni bo‘rttirish, ohangdorlikka erishish uchun soʽz, soʽz birikmalari va gaplar takroridan foydalaniladi. Umumiy ma’nolari bir xil boʻlib, qoʻshimcha ma’no nozikliklari, hissiy bo‘yoqdorligi, uslub xususiyatlari bilan farqlanuvchi soʽzlar sinonimlar deyiladi. Sinonimlarning mavjudligi tilning bebaho boyligi hisoblanadi. Sinonimlar soʽz ma’nosidagi belgi daraja ko‘lami, hissiyligi, nutqning ma’lum biror turi uchun xoslanganligi bilan ajralib turadi. Sinonimlardagi bu xususiyat fikrni butun nozikligi bilan ifodalay olish imkoniyatini yaratadi. Fikrni aniq ifodalash imkoniyati esa tildagi boshqa soʽzlarga nisbatan sinonimlarda kuchli. Sinonimlarning uslubiy xususiyatlarini oʽzaro farqlagan holda nutqda ulardan oʻrinli foydalanish ham nutqning estetik ta’sirchanligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling