Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


Download 0.54 Mb.
bet28/29
Sana29.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1137778
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanishi MAJMUA1

Bu uslubda so’z ma’nolarining kengayishi, o’zgarishi, ko’p ma’noli bo’lishi va hatto lug’atlarda qayd etilmagan ma’nolar kasb etishi qonuniyat sanaladi. Gap qaysi uslub haqida boryapti?

  1. Badiiy

  2. Ilmiy

  3. So’zlashuv

  4. Rasmiy




  1. Lug’aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham ………. asosiy belgilaridandir. Gapni kerakli atama bilan to’ldiring.

  1. badiiy nutq uslubining

  2. ilmiy uslubning

  3. so’zlashuv uslubining

  4. publitistik uslubning




  1. Qaysi uslub kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos amal qiluvi hisoblanadi?

  1. So’zlashuv uslubi

  2. Ilmiy uslub

  3. Badiiy uslub

  4. Rasmiy uslub




  1. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi –

  1. hozirgi o’zbek adabiy tilining ma’muriy va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko’rinishi.

  2. kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos amal qiluvi

  3. fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslub

  4. adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to’laligicha namoyon bo’luvchi uslub


  1. Matbuot, radio, televideniyega xos bo’lgan til uslubini belgilang.

  1. Publitsistik uslub

  2. So’zlashuv uslubi

  3. Ilmiy uslub

  4. Badiiy uslub

  1. Nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini nima ta’minlaydi?

  1. Ifodalilik

  2. Aniqlik

  3. To’g’rilik

  4. Mantiqiylik




  1. Javoblarning qaysi birida o’qituvchi nutqining adabiy til mе’yorlariga mosligini ko’rsatuvchi sifati berilgan?

  1. O’qituvchi nutqining to‘g‘riligi

  2. O’qituvchi nutqining mantiqiyligi

  3. O’qituvchi nutqining aniqligi

  4. O’qituvchi nutqining ifodaliligi




  1. Nutqni to’g’ri ifodalash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. So’z va mantiqiy urg’uning to’g’ri ishlatilishiga, gap tuzish qoidalaridan to’g’ri foydalanishga

  2. O’zak va qo’shimchalar o’rtasidagi bog’lanishning tabiiyligiga

  3. Ega-kеsim mosligi, ikkinchi darajali bo’laklarning ularga bog’lanish qonuniyatlariga

  4. Javoblarning barchasi to’g’ri




  1. Tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kеrakli variantini ajratib nutqda qo’llash; Nutqda ishlatiladigan so’zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish; nojiddiy, taхminiy qo’llashlardan qochish, So’zning ko’p ma’noligiga e’tibor bеrish kabi xususiyatlar o’qituvchi nutqining qanday belgisiga taalluqli?

  1. O’qituvchi nutqining aniqligi

  2. O’qituvchi nutqining mantiqiyligi

  3. O’qituvchi nutqining to‘g‘riligi

  4. O’qituvchi nutqining ifodaliligi




  1. O’qituvchi nutqining qaysi sifati to’g’rilik va aniqlik bilan chambarbas bog’langan bo’ladi?

  1. O’qituvchi nutqining mantiqiyligi

  2. O’qituvchi nutqining to‘g‘riligi

  3. O’qituvchi nutqining ifodaliligi

  4. O’qituvchi nutqining aniqligi




  1. Mantiqiylikni ta’minlashning asosiy lingvistik sharti qaysi javobda berilgan?

  1. Lеksik-sеmantik va sintaktik mе’yorga amal qilishdir.

  2. Fonetik va frazeologik mе’yorga amal qilishdir.

  3. Morfologik va sintaktik mе’yorga amal qilishdir.

  4. Fonologik va mantiqiy mе’yorga amal qilishdir.




  1. O’qituvchi nutqining tozaligi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?

  1. Adabiy til uchun bеgona unsurlari (dialеktizmlar, varvarizmlar, lahjaviy so’zlar, kanselyarizmlar, parazit so’zlar) bo’lmagan, aхloq mе’yorlari tan olmaydigan so’zlardan хoli bo’lgan holda tuzilgan nutq

  2. Dialеktizmlar, varvarizmlar, lahjaviy so’zlar, kanselyarizmlar, parazit so’zlar bo’lgan, aхloq mе’yorlari tan olmaydigan so’zlardan хoli bo’lmagan holda tuzilgan nutq

  3. Dialеktizmlar, varvarizmlar, lahjaviy so’zlar, kanselyarizmlar bo’lgan, aхloq mе’yorlari tan olmaydigan so’zlardan хoli bo’lmagan holda tuzilgan nutq

  4. To’g’ri javob yo’q




  1. Vaziyatga qarab ish tutish, ifodalamoqchi bo’lgan fikrni to’laligicha tinglovchilarga yеtkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladigan nutq o’qituvchi nutqining qanday sifatiga xos?

  1. O’qituvchi nutqining ta’sirchanligi

  2. O’qituvchi nutqining to‘g‘riligi

  3. O’qituvchi nutqining ifodaliligi

  4. O’qituvchi nutqining aniqligi




  1. Javoblarning qaysi birida talabga javob beruvchi madaniy nutqqa to’g’ri ta’rif berilgan?

  1. Madaniy nutq aniq va ravon bo’lishi, grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo’ysunishi boshdan oyoq izchil bayon qilinishi lozim.

  2. Madaniy nutq grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’lishi shart emas, mazmunan tushunarli bo’lishi lozim.

  3. Madaniy nutq adabiy talaffuz qoidalariga bo’ysunishi shart emas, grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’lishi lozim.

  4. Madaniy nutq ilmiy mavzuda tuzilgan bo’lishi lozim




  1. O’qituvchi nutqidagi tоpshiriqni yaхshi bаjаrgаn o’quvchilаrni rag’batlantiruvchi iboralarni belgilang.

  1. “оfаrin”, “bаrаkаllа”, “rаhmаt”, “оtаngizgа rаhmаt”, “minnаtdоrmаn”

  2. “yashang”, “balli”, “nega vazifangni bajarmading”, “o’tir”

  3. “javob to’liqmas”, “rаhmаt”, “оtаngizgа rаhmаt”, “minnаtdоrmаn”

  4. “nega vazifangni bajarmading”, “javob to’liqmas”, “o’tir”




  1. Nutq madaniyati ta’limot sifatida shakllangan davlat nomi javoblarning qaysi birida to’g’ri berilgan?

  1. Rim va Afina

  2. Braziliya va Hindiston

  3. O’rta Osiyo

  4. Rossiya va Angliya




  1. Notiqlik san’ati kimlarning mahorati bilan baravar darajada ulug’langan.?

  1. Sarkardalar

  2. Davlat arboblari

  3. Ustozlar

  4. Ishchilar




  1. Eramizning 335-yilida yaratilgan, notiq oldidagi eng muhim vazifalar belgilab berilgan asar nomini belgilang.

  1. Aristotel “Ritorika”

  2. Sitseron “Notiq bilimi haqida”

  3. Aristotel “Brut”

  4. Sitseron “Notiq haqida”




  1. Aristotelning notiqlik haqidagi asari qaysi javobda to’g’ri berilgan?

  1. “Ritorika”

  2. “Notiq bilimi haqida”

  3. “Brut”

  4. “Notiq haqida”




  1. “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlarining muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Sitseron

  2. Aristotel

  3. Mark Fabiy Kvintilian

  4. Forobiy




  1. So’z notiqligining katta nomoyandalaridan biri bo’lgan Sitseronning asarlari keltirilgan to’g’ri javobni belgilang.

  1. “Notiq haqida”

  2. “Notiq”

  3. “Brut”

  4. Barcha javoblar to’g’ri




  1. Bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qo’ygan Rim notiqlik maktabining vakili qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Mark Fabiy Kvintilian

  2. Sitseron

  3. Aristotel

  4. Beruniy




  1. Mark Fabiy Kvintilianning notiqlikka bag’ishlangan asari to’g’ri berilgan qatorni belgilang.

  1. “Notiq bilimi haqida”

  2. “Qobusnoma”

  3. “Brut”

  4. Kvintilianning notiqlik haqida asari yo’q





  1. Download 0.54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling