Iqtisodiy ta’limot tarixi Tayorlovchi:melixodjayev akbarjon - "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o`rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
- Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.
- Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo`shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to`g`risida imkoni boricha ko`proq bilishga intilmoqdalar. Xo`sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o`rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug`ilishi tabiiy.
- Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to`la hal etishda o`tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo, o`tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to`g`risida to`g`ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog`i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
- 1963 yili, Toshkent Xalq xo`jaligi instituti, hozirgi iqtisodiyot universitetida taniqli iqtisodchi olim SAIDAHMAD G’ULOMOVICH G’ULOMOV (1910-1994) tashabbusi bilan tashkil etilgan, hozircha O`zbekistondagi, hatto Markaziy Osiyodagi yagona "Iqtisodiy tarix" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholi qudrat dastur, o`quv PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 6 qo`llanmalari va boshqa materiallar tayyorlanmoqda va nashr etilgan. Kafedra rasman bo`lmasa ham amalda uslubiy markazga aylangan. Ammo yaratilgan materiallar sifatini jahon andozalari darajasiga ko`tarish vazifasi turibdi.
- 1992 yili kam tirajda chop etilgan ma'ruzalar matni, 1997 yili chiqqan o`quv qo`llanma allaqachon tarqalib, yangi darslik yaratish zarur bo`lib qoldi.
- Insoniyat o`zining ko`p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham naza
- "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
.
- Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga oladi.
- Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi.
- "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi.
- "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |