Hisobotlarni tuzish va taqdim etish


Download 140.03 Kb.
bet1/36
Sana13.12.2022
Hajmi140.03 Kb.
#1000019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
8. Moliyaviy hisobot


HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH.

20.1. Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar.


20.2. Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi (inventarizatsiya).
20.3. Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar.
20.4. Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi.
20.5. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
20.6. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot va uni tuzish usullari.
20.7. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot.
20.8. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar.
20.9. Soliq va statistik hisobotlar tarkibi.
20.10. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari va unga auditorlarning xulosasini zaruriyligi.


Tayanch so‘z va iboralar: hisobot, axborotidan foydalanuvchilar, moliyaviy hisobotlar, davriy hisobot, yillik moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobot elementlari, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar, baholash, tayyorgarlik ko‘rish, inventarizatsiya, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, soliq va statistik hisobotlar


20.1. Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar.

Buxgalteriya hisobining eng muhim vazifasi ho‘jalik faoliyatini boshqarish uchun ahborotni shakllantirishdan iborat. Buxgalteriya hisobi muayyan hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari asosida kundalik axborotlarni yig‘adi va tezkor hisobotlarni tuzishni amalga oshiradi. Lekin oy, chorak va yil davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Kundalik axborotlarning uzoq muddat uchun (oy, chorak, yil) ish yakunlarini o‘rganishga, ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash zarur. Chunki ularni umumlashtirish va tartibga solish lozim bo‘ladi. Har bir xo‘jalik kunlik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlari asosida olib boradi. Ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirish lozim. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hisobot ma’lumotlari – sotilgan mahsulot, yakunlangan mehnat faoliyati va ko‘rsatilgan xizmatlari, ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘i manbalari, soliq amallari va divident ajratmalari to‘g‘risidagi axborotlarni tashkil etadi. Korxonalarning hisoboti hisob jarayonining yakunlovchi bosqichidir. Hisobotda korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, korxona faoliyatining hisobot davridagi (oy, chorak, yil) faoliyati natijalari aks ettiriladi. Hisobot ko‘rsatkichlari ho‘jalik hisobi barcha turlarining ma’lumotlariga ko‘ra ishlab chiqiladi. Shunday qilib, hisobot - ho‘jalik hisobi ma’lumotlariga ko‘ra tuziladigan korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining yakunlarini harakterlaydigan yig‘ma ko‘rsatkichlar tizimi deb qarashimiz mumkin. Hisobot yordamida faoliyatga baho beriladi. Shuningdek, hisobot kelgusi davr uchun istiqbolni belgilashda ham foydalaniladi. Ayni paytda, u korxona budjet ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish uchun asosiy negiz bo‘lib hizmat qiladi.


Hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonida moliyaviy hisobotlarga alohida e’tibor qaratamiz va uning maqsadiga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22- moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotga quyidagicha ta’rif berilgan: “Moliyaviy hisobot - buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir1.
Bizning fikrimizcha umumlashtirgan holda moliyaviy hsobotga quyidagicha tarif berish mumkin.

Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling