Hisobotlarni tuzish va taqdim etish


-rasm. Buxgalteriya hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotidan foydalanuvchilar3


Download 140.03 Kb.
bet6/36
Sana13.12.2022
Hajmi140.03 Kb.
#1000019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
8. Moliyaviy hisobot

20.4-rasm. Buxgalteriya hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotidan foydalanuvchilar3
Tashqi hisobot ikki tomonlama tusdadir. Bir tomondan u axborotning tashqi iste’molchilari, ya’ni mazkur korxonaning aksiyadorlari va mijozlariga – korxona faoliyatining natijalari to‘g‘risida to‘g‘ri axborot olishdan mafaatdor bo‘lgan kishilar va tashkilotlarga mo‘ljallangan. Ikkinchi tomondan esa, bu hisobot korxona raxbari tomonidan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Tashqi hisobot muayyan talablarga javob berishi lozim. Bu talablarning eng asosiysi – korxonaning mulki va majburiyatlari, uning moliyaviy ahvoli hamda hisobot davridagi faoliyati natijalari to‘g‘risida majburiy tarzda va o‘z vaqtida axborot taqdim etish, bu axborotning to‘g‘ri bo‘lishi, bularni boshqa korxonalarning rejasi va ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi, mulkchilikning turli shakllaridagi barcha korxonalar uchun hisobot tuzish shakllari va uslubiyatini yagonaligi, oddiyligi, aniqlik, axborotni ola bilish, oshkoralik, tejamkorlik, oqilonalik, ta’sirchanlik va qisqalilikdir.
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak vayillik hisobotini topshiradi:

  • ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, ta’sischilar);

  • davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa);

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga.

Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy hisobot subektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi maqsadlardla foydalanadi:

  • kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish uchun;

  • subektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;

  • subektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish.

Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hozirgi paytda samarali iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ekt – davlat korporatsiyasidan tortib oddiy yakka tadbirkorgacha – o‘z moliyaviy holati, xo‘jalik faoliyatining natijalari, pul oqimlari harakati holati hamda kelajakda uning ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘sishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi, shuningdek, raqobatchi, hamkor korxonalar va boshqa aloqador korxonalar guruhlari faoliyati haqidagi axborotga ega bo‘lishi kerak. Lekin, bu ham samarali boshqaruv qarorlarini asoslash uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bulardan tashqari fond bozoridagi, mehnat va kapital bozoridagi holat, tovar bozorining ta’minlanganligi va holati haqidagi, shuningdek, biznesning turli tarmoqlaridagi texnika va texnologiyaning holati haqidagi ma’lumotlarga ham ehtiyoj sezadi4.
Xo‘jalik aloqalarining faollashuvi va integratsiyalashuvi, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘limlarining turli davlatlar va mintaqalarda ish olib borishi, bozor kon’yunkturasining tezkorlik bilan o‘zgarib borishi tavakkalchilikni baholashga, bozordagi jarayonlarni bashoratlashga va har xil jarayon va holatlarni baholashga katta e’tibor qaratishni talab qiladi. Bu o‘z navbatida qarorlarni asoslash yo‘llarini o‘zgartirib, bu jarayonda nafaqat hisob balki boshqa turdagi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va siyosiy axborotlardan faol foydalanishga olib kelmoqda. Foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan axborotga, jumladan moliyaviy hisobotlarga talab doimo oshib bormoqda. Fond bozorlarining rivojlanishi, investitsiyalarning o‘sishi, iqtisodiyotning globallashuvi, kommunikatsiya vositalarining misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarib, taraqqiy qilib borishi iqtisodiy jarayonlar qatnashuvchilaridan zarur (ayrim hollarda unchaliq aniq bo‘lmasa-da) axborot berishni talab qiladi. Shu bilan birga, asosiy muammo axborotlarning, shu jumladan hisob axborotining foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos kelishi hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy hisobotlaridan iborat umumfoydalanishdagi axborotlar foydalanuvchilar tomonidan qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.5
Korxonaning moliyaviy hisobot sifatini oshirishning quyidagi uchta guruhga turkumlash mumkin:

  • sifatsiz moliyaviy hisobot axboroti vujudga kelishini oldini olish

  • moliyaviy hisobotlardagi haqiqatdan chetga chiqishlarni va dastlabki variantlarni tuzatish

  • hisobot sifatini baholash

Moliyaviy axborotlarni tayyorlashda baholashning asosli hisob-kitoblari uning ajralmas qismi hisoblanadi va foydaliligini kamaytirmaydi, agarki ushbu baholash to‘g‘ri va aniq tavsiflangan va tushuntirilgan bo‘lsa. Moliyaviy axborotlarning foydaliligini oshiradigan sifat xususiyatlariga qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtidalik va ma’lumotlarni tushunarliligi kiradi.
Moliyaviy axborotlarning sifat xususiyati moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan foydali axborotlarni belgilaydi. Moliyaviy axborotning foydaliligi oshadi, agar bu axborotni solishtirish, o‘z vaqtida va tushunarli tekshirish imkoni bo‘lsa. Moliyaviy axborotning asosiy sifat xususiyatlari o‘rinlilik va ishonchli taqdim etishdan iborat.
Axborot, agar uning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‘rsatilishi ma’lum hisobot beruvchi tashkilot to‘g‘risidagi moliyaviy axborot asosida foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, u muhim deb hisoblanadi



Download 140.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling