Farg’ona davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili 1 bosqich talabasi Abdukarimova Havoxonning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ‘’O’zbekistonda inson huquqlari va erkimliklari kafolatining yaratilishi” mavzusida tayyorlagan


Download 2.99 Mb.
bet1/4
Sana30.10.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1734935
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdukarimova Havoxon

Farg’ona davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili 1 bosqich talabasi Abdukarimova Havoxonning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ‘’O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi” mavzusida tayyorlagan slaydi.

∗ O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar.

  • ∗ O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar.
  • Inson huquqlari negizida inson shaxsi qadriyati turadi. Odatda, inson huquqlarining uch bо`g`ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning ta`qiqlanishi, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning dahlsizligi huquqi, fikr va sо`z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta`minot olish huquqi, malakali tibbiy hizmatdan foydalanish va uchinchi bо`g`in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikka bо`lgan huquq, rivojlanishga bо`lgan huquq va h.k.) Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat faxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin
  • O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “Inson huquq va erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi.
      • Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilgan

Shaxs huquqiy holatining muhim jihatlaridan biri - shu huquqiy holatni vujudga keltiradigan qoidalardir. Bu jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan birga qо`shishdan hamda huquq va burchlarning shunga asoslangan birligidan , huquq va burchlarning umumiyligidan, insonparvarlikdan iborat. Masalan, xotin-qizlar, yoshlar nafaqahо`rlar , xо`jalik ishlarida va madaniyatning ayrim tarmoqlarida band bо`lgan shaxslar muayan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar. Kishining yoshi va sog`ligi uning о`ziga berilgan huquqlardan amalda foydalanishi va o’z burchlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega.

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling