Farg’ona davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili 1 bosqich talabasi Abdukarimova Havoxonning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ‘’O’zbekistonda inson huquqlari va erkimliklari kafolatining yaratilishi” mavzusida tayyorlagan
Download 2.99 Mb.
|
Abdukarimova Havoxon
Farg’ona davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili 1 bosqich talabasi Abdukarimova Havoxonning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ‘’O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi” mavzusida tayyorlagan slaydi.∗ O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar.
Shaxs huquqiy holatining muhim jihatlaridan biri - shu huquqiy holatni vujudga keltiradigan qoidalardir. Bu jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan birga qо`shishdan hamda huquq va burchlarning shunga asoslangan birligidan , huquq va burchlarning umumiyligidan, insonparvarlikdan iborat. Masalan, xotin-qizlar, yoshlar nafaqahо`rlar , xо`jalik ishlarida va madaniyatning ayrim tarmoqlarida band bо`lgan shaxslar muayan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar. Kishining yoshi va sog`ligi uning о`ziga berilgan huquqlardan amalda foydalanishi va o’z burchlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega. Download 2.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling