Farg’ona davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili 1 bosqich talabasi Abdukarimova Havoxonning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ‘’O’zbekistonda inson huquqlari va erkimliklari kafolatining yaratilishi” mavzusida tayyorlagan


Download 2.99 Mb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1734935
1   2   3   4
Bog'liq
Abdukarimova Havoxon

O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan: 1.Faqat qonunga asoslanish; 2.Boshqalarning huquq va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini, demokratik jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida amalga oshirish. 1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini oily ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga va muhofaza qilishga majburdirlar. O’zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi mustahkamlab qo’yilgan:

  • Eng avvalo, umumiy qoidalar ifodalangan bo’lib, inson va fuqarolarning o’z huquq, erkinlik va burchlarida o’zaro tengligi;
  • Fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari jamiyat va davlat hamda boshqa shaxslarning huquqiy va erkinliklariga, ularning qonuniy manfaatlariga putur etkazmasliklari;
  • Huquq, erkinlik va burchlarning daxlsizligi qoidalari belgilanadi.

Inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarining keyingi joylashuvi tegishli huquq, erkinlik va burchlarning mazmuniga asosan mustahkamlab qo’yiladi:
  • Siyosiy huquqlar;
  • Fuqarolarning burchlari.

О`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda о`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Teng huquqlilik qonun tomonidan kafolatlangan. О`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga hamda davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar umumiy, teng, yashirin ovoz berish va bevosita saylov huquqi asosida erkin amalga oshiriladi. 18 yoshga etgan О`zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Konstitutsiyada xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligining alohida ravishda mustahkamlanishi huquq va erkinliklarning Konstitutsiyaviy kafolatlaridandir.


Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling