Farg’ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo’nalishi
Download 69 Kb.
|
o‘tkazgan tadbir2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – SHART
FARG’ONA VILOYATI QO’SHTEPA TUMANI 1-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MATEMATIKA O’QITUVCHISI ABOBAKIROVA (TOXIROVA) SHAXNOZANING 8-SINF O’QUVCHILARI O’RTASIDA O’TKAZILGAN “YOSH MATEMATIKLAR” BELLASHUVI DASTURI “YOSH MATEMATIKLAR” BELLASHUVI DASTURI Assalom, azizlar, Qalbi quyoshlar! Mexringiz nuridan Baxramant yoshlar . Yurakdan siz uchun Aytamiz kalom ! Tazim aylab deymiz: O’qtuvchilar: - salom, assalom! Assalomu aleykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchilar! Bugungi 8-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tadigan “Yosh matematiklar” bellashuvimizga xush kelibsizlar. Sizlarni bugungi bellashuvda ishtirok etadigan o’quvchilar bilan tanishtirib o’taman. O’ng tomonda 8-A” sinf o’quvchilari “Bilimdonlar’ jamoasi, chap tomonda esa 8-B” sinf o’quvchilari “Zukkolar” jamoasi. Bellashuvmizni baholab beruvchi hay’at a’zolari bilan ham yaqindan tanishtirib o’tamiz. boshlovchi Hayat a’zolari tarkibini birma bir tanishtirib o’tadi. Endi siz azizlarni bugungi bo’lib o’tadigan bellashuv shartlari bilan tanishtirib o’taman. Bellashuvimiz 5 ta shartdan iborat bo’ladi. Har bitta shart uchun alohidadan baholanadi. Bellashuv shartlari quyidagilar: BELLASHUV SHARTLARI 1 – SHART TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR sharti 2 – SHART “SUDOKU” o’yini 3 – SHART “MATEMATIK BOSHQOTIRMA” 4 – SHART “ZANJIRLI UCHBURCHAK” boshqotirmasi 5 – SHART “KIM TOPQIR” sharti Shartlar bilan bellashuv mobaynida tanishtirib o’tamiz. 1 – SHART TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR sharti Bu shart bilan sizlarni tanishtirib o’tsam. Bu shartda ikkala jamoa uchun tezkor savollar o’rtaga tashlanadi. Qaysi jamoa beriladigan savolga birinchi bo’lib to’g’ri javob yo’llasa, ular o’z jamoasi uchun bal olib beradilar. Bu shartimizni o’zining qonun qoidalari bor. Ular bilan ham tanishtirib o’taman. Agar qaysi jamoa o’quvchilari zalda intizom saqlamay o’tirsa, o’sha jamoa to’plagan ballaridan bal olib tashlanadi. Shuning uchun o’quvchilar zalda tinchlik saqlashingizni so’rayman. Marxamat tezkor savollar. TEZKOR SAVOL-JAVOBLAR Prezidentimiz I.A.Karimov 2014-yilni qanday nomlagan? Maktabimiz direktorining ismi va familiyasi nima? Biz istiqomat qiladigan Farg’ona viloyati hokimining ismi va familiyasi nima? Odamda ko’pi bilan nechta tish bo’ladi va u tishlar ilk bor necha yoshda tushadi? Matematika fanidagi asosiy amallarni sanab bering. O’zbekiston Respubkilasi Davlat bayrog’ida necha xil rang bor? O’zbekiston Respubkilasi Konstitutsiyasida nechta modda bor? O’zbekiston Respubkilasi Davlat Madhiyasini kim yozgan va unga kim kuy bastalagan? Yil oylarini ichida nechta oyning nomida R harfi bor? O’z muchalingiz nima ekanligini bilasizmi? Shu bilan 1-shartimiz o’z nihoyasiga yetdi. Hay’at a’zolari 1-shart bo’yicha jamoalarni baholgunga qadar men jamoalarni 2-shart bilan tanishtirib o’taman. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling