Farg`ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Mehnat ta`lim yo`nalishi
Download 20.97 Kb.
|
uy ro`zg`or asoslari mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Randalashda amal qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Farg`ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Mehnat ta`lim yo`nalishi 17.13-guruh talabasi Isaqjonova Azizaxonning “Uy ro`zg`or asoslari” fanidan Mustaqil ishi Bajardi: A.Isaqjonova Qabul qildi: G.Safarova Mavzu: Randa Turlari. Reja: 1. Randa haqida umumiy malumot. 2. Randalar turlari 3. Randalashda amal qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari. Randa – duradgorlik ishlarini bajarishda yog`och sirtini tekislash va siliqlash randalash uchun mo`ljallangan. Dastlabki elektr va mexanik turlari bor. Dastaki metal yoki yog`och asos, keskich (tig`) va ponadan iborat. Asosning pastki qismi kaft deb ataladi. Yassi yuzalarni ishlaydigan kafti yassi, egri sirtli va shakldor yuzalarni ishlaydigan kafti o`sha yuzalar shaklida bo`ladi. Asosidagi po`lat keskich o`rnatish uchun teshik ochilgan, bu teshik pastga tomon asta – sekin torayib borib, uya hosil qiladi. Randallash paytida payraha shu uyadan tashqariga chiqib ketadi. Asosning o`lchami profil keskichning o`rnatilish burchagiga ko`ra quyidagi xillarga bo`linadi.
Sherx yebel (keskichning tig`I yarim aylana shaklida) – dag`al randalash uchun bir va ikki keskichki. Japs va yarim japs – tozalab randalsh, katta sirtlarni randalash va qismlarni bir – biriga to`g`ri keltirish uchun. Sinubel – detal sirtlarida mayda yo`llar ochish uchun. Konish – detal chekkalarida tirnoq ochish uchun. Gruntubel – ko`ndalanggiga trapetsiya shaklidagi o`yiq ochishda qo`llaniladi. Nov randa – detallarda turli naqshli profillar ochishda ishlatiladi. Asosiy harakati randalash ilgarilamaqaytma, surish harakati davriyilgarilama. Ko`ndalang randalash va bo`ylama randalash dastgohlari bor. Ko`ndalang randalash dastgoxlarida asosiy harakatni support va polzun bilan birga keskich bajaradi. Bo`ylama randalash dastgoxlarida esa ishlov beriladigan taxta harakatlanib turadi. Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralab olinganidan so‘ng uning sirtini tozalash, silliqlab tekislash va aniq o‘lchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. Bu maqsadda turli xil randalardan foydalaniladi. Duradgorlik randalari vazifasiga ko‘ra sirtlarni tozalash, sil liq lash, tekislash maqsadida ishlatiladigan, ya’ni yog‘ochga birlamchi ishlov beruvchi randalar (sherxebel, taxta randa, mush randa, japs randa)ga va maxsus randalar (zakrov randa, chok randa, konish randa, dila randa, chorabzal randa)ga bo‘li na di. Sherxebel yog‘och materiallarning sirtini tozalash va qalin payraha olish yo‘li bilan xomaki randalash maqsadida ishlatiladi. Sherxebelning asosiy qismlari kunda, tig‘ va ponadan iborat bo‘ lib, kundasining uzunligi 250–260 mm, eni 40–45 mm, qalinligi 60 mm bo‘ladi. Tig‘ining eni 30 mm bo‘lib, kesuvchi qirrasi yoy shakliga ega. Bu qalin payraha olib oson randalash imkonini beradi. Sirtlarni silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi. Taxta randa sherxebeldan kundasining enliligi va tig‘ining to‘g‘ri bo‘lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 55–60 mm, tig‘ining eni 45–50 mm bo‘ladi. Bu randa yordamida sirtlarni silliq randalash uchun tig‘ni yupqa payrahxa oladigan qilib kundadan mumkin qadar oz chiqariladi. Payraha qalin olinsa, sirtlar silliq chiqmaydi. Randa turlari: a) sherxebel; b) taxta randa; d) mushranda: 1 – pona; 2 – kunda; 3 – tig‘; 4 – temir pushtak; e) pushtakli tig‘; f) japs randa: 1 – tig‘; 2 – pushtak; 3 – pona; 4 – dasta; 5 – bolg‘alash tugmasi. Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payrahani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtagi tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraha ni darhol qa yirib sindiradi va randalashni yengillashtiradi. Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlarni japs randa bilan randalab tekislanadi. Japs randa kundasi uzun (700–800 mm), eni (70– 80 mm), tig‘ining eni 55–60 mm bo‘ladi (50-rasm, f). Randalarning vazifasiga qarab ularning tig‘lari ham har xil bo‘ladi. Masalan, tozalab randalashga mo‘l jallangan randaning tig‘i to‘g‘ri chi ziq bo‘yicha charxlanadi, dag‘al randalanadigan mushtrandaning tig‘i esa ensiz va biroz dumaloqlanadi. Randaning tuzilishi 29–30 rasm larda ko‘rsatilgan. To‘g‘ri o‘rna tilgan tig‘ning dami qiyshaymay joylanadi va kundaning ostidan (japs randaning tig‘i 1–3 mm, taxta randalarning tig‘lari 0,1–0,3 mm) chiqib turadi. Randalash vaqtida ishlov beriladigan ashyoni dastgohga mustahkam o‘rnatish zarur. Ashyolar ishlov berishning qandayligiga ko‘ra har xil yo‘sinda mustahkamlanishi mumkin. Masalan a) dastgoh iskanjasi yordamida; b) taroqtirak yoki qoziq-tirak yordamida. Randalash vaqtida asbobni to‘g‘ ri ushlashga va gavdaning holatini tegishlicha tutishga jiddiy rioya qilish kerak. Randalashda qo‘llarni bo‘yi boricha cho‘zib, randa kuch bilan oldin ga yo‘naltiriladi. Randani yo‘naltira boshlashda uning oldidan chap qo‘l bilan, orqasidan o‘ng qo‘l bilan mahkamroq ushlanadi. Randalangan sirtlarning tekisligi chizg‘ich yoki go‘ niya qo‘yib tekshiriladi. Randani ishlatishda uning o‘yig‘i dagi xarraklar vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi va buning uchun ular tortib olinadi yoki payraha bilan pona tomondan turtib chiqariladi. Yog‘ochga ishlov beriladigan va mebellar ishlab chiqariladigan kor xonalarda randalash ishlarini duradgorlar, yog‘ochsozlar va arra-randali dastgohlarda ishlaydigan dastgohchilar bajaradi. Mana shunday ishchilar randalash asboblari va dastgohlarning tuzilishini yaxshi bilishlari, ularni rostlay olishlari, tuzata bilishlari, yog‘ochning turlari va xossalarini yaxshi tushunishlari, chizmalarni, eskizlarni, texnik rasmlarni o‘qiy olishlari kerak. Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1 sm2 bo‘lgan zakrov ochiladi. Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltiruvchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular tig‘ning taxtaga yon va ustki tomondan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘ymaydi. kesimi 1 sm2 bo‘lgan zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraha chiqmay qolguncha davom ettiriladi. aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagi zakrovlar bir-biriga mos kelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga, oynalarning bir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi. Konish randa – vintlar yordamida biriktirilgan ikki korpusdan iborat bo‘lib, ulardan biriga pichoq o‘rnatilgan. Korpus orasidagi masofani ochi ladigan ariqchaga bo‘lgan masofaga qarab moslashtiriladi. ariqcha kengligi pichoqlar to‘plamiga qarab o‘rnatiladi. Reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshiklarda ariqchalar) ochishda ishlatiladi. ga yo‘naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va nazorat gaykalarni surish yo‘li bilan sozlanadi. ochiladigan konishning enli va ensiz bo‘li shiga qarab (har xil qalinlikdagi faner, eshiklarda jipslashish izlariga moslab) randaga enli yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi. Chok randa. yog‘och taxtalarni bir-biriga tirqish qoldirmay ulash, ya’ni choklab birik tirish maqsadida chok randa qo‘llaniladi. Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilar tayyorlashda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash uchun choklab biriktiriladi. Chok randa zakrov randaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining eni 30 mm gacha bo‘ladi. tig‘ni charxlash 9-rasmda ko‘rsatilgan. bu randaning yo‘nal tiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chok ran da konish randadan so‘ng chok ochish va sirt larni tozalash maqsadida ishlatiladi. ayrim hol larda taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi cheklagich mixlab qo‘yib ran da lanadi. bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini beradi. taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. Chok randaning tig‘i kundadan enli bo‘ladi. Tig‘ kundadan ensiz bo‘lsa, u bilan chuqur randalab bo‘lmayd. Randalashda amal qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari: Randalashdan oldin randalarning sozligini tekshirish lozim. Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustahkam o‘rnatish kerak. Randani ishlatishda o‘ng qo‘lda uning ponasi bilan temirini qo‘shib ushlash kerak bo‘ladi. Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig‘ning o‘tkirligini qo‘l bilan siypalab tekshirmaslik lozim. Ishlash vaqtida qirindilarni asbobning ost tomonidan tozalash kerak. Jarohatlanishning oldini olish uchun tanaffus paytida randalarni yonboshlatib, tig‘ini narigi tomonga qaratib qo‘yish lozim. Ish tugagandan song ish joyini tozalab qoyishi kerak. Shaxsiy gigeyenaga roya qilish lozim. Ishlatga asbob uskunalarni joyiga qoyish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Kаrimоv I.А. Bаrkаmоl аvlоd – O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. – T.: “O‘zbеkistоn”, 1997. mehnat ta’limi (duradgorlik): imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 6-sinfi uchun darslik / Azimov S.A. – T.: “Chо‘lpon”, 2015. – 122 b. Технология: 6-класс: Учебник для учащихся общеобразовательных учреждений / В.Н. Правдюк, Н.В. Синицина, П.С. Самородский и др. – М.: Вентана-Граф, 2013. – 240 с. Muslimov N.A., Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash. Darslik. – T.: TDPU, 2014. – 355 b. Sharipov Sh.S., Muslimov N.A. Texnik ijodkorlik va dizayn. О‘quv qо‘llanma. – T.: TDPU, 2011. – 166 b. Parmanov A.Y., Sharipov Sh.S., Dadayev. G‘.T. Mehnat muhofazasi. О‘quv qо‘llanma. –T.: “Ilm-ziyo”, 2013. – 248 b. Tolipov О‘.Q., Sharipov Sh.S., Islamov I.N. О‘quvchilar dizaynerlik ijodkorligi. – T.: “Fan”, 2006. – 96 b. Karimov I., Tursunov J. 5–7-sinflarda mehnat ta’limi darslarida elektrotexnika ishlarini о‘rganish. –T.: RTM, 2008. – 32 b. Download 20.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling