Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MTM tarbiyachilari kursi uchun (2 soat) Maqsad
- Tayanch so`zlar
- Jihoz
- Foydalanadigan adabiyotlar
- Kutiladigan natija
- Foydalanadigan adabiyotlar.
- 2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
- 3. Bolalarning ma`naviy kamolatini ta`minlash.
SHARH MTM tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm PXQTMOI “Psixologiya, pedagogika, menejment, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasi tomonidan taqdim qilingan. Muallif: Axmedova Maryam. Uchinchi mingyillikning bolasi dasturidagi ilk yoshli va kichik guruh davri tashkili, O`yin faoliyati orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish hamda Ta`lim-tarbiyada MTM bilan ota-ona hamkorligi kabi bir qator qiziqarli mavzular, ma’zruzalar so’nggida esa olingan bilimlar yuzasidan testlar ham ilova qilingan.
Axmedova Maryam “Psixologiya, pedagogika, menejment, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasi 1.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. MTM tarbiyachilari kursi uchun (2 soat) Maqsad: Tinglovchilarda 6,7 yoshli bolalarning jismoniy, nutqi va tafakkurining rivojlanganlik, ma`naviy yetuklik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar, to`g`risida tushuncha hosil qilish. Tayanch so`zlar: Davlat talablari, me`yor, minimal talablar, jismoniy rivojlanganlik, nutq va tafakkur, ma`naviy yetuklik. Kutiladigan natija: Tarbiyachilarning 1-sinfga borayotgan bolada qanday bilim, ko`nikma, malaka bo`lishi lozimligi to`g`risida tasavvur hosil qilishga erishish. Ulardagi faollikni oshirish. Reja: 1. 6-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 2. Nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 3. Ma`naviy yetuklik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar.
guruhi 6-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanganlik, “Mevalar” guruhi nutqi va tafakkurining rivojlanganlik, “Gullar” guruhi ma`naviy yetuklik darajasiga qo`yilgan minimal talablar muammosi bo`yicha ish ko`rsatadilar. Har qaysi guruh shiorini yozadi, loyiha tuzadi. Muammoni hal qilishda tasviriy illustratsiyalardan foydalanadi. Guruh sardorlari ishni tugatganlaridan so`ng himoya qilishadi. Oxirida o`qituvchi rag`batlantiradi, toldiradi, xulosalaydi. Foydalanadigan adabiyotlar: 1. maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. 2. “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi.
1. Mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish. 2. Buyruqqa (start) asoslanib yugurish. 3. xoda ustida oldinga siljish. 4. Narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish. 5. 5 sekund davomida arqonda osilib turish. 6. Arg`imchoq uchish. 7. Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish. 8. Qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish. 9. Bir oyoqda qaldirg`och bo`lib turish. 10. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushurish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish. 11. Joyida turib 15-20 marta sakrash. 12. 70 sm uzunlikka sakrash. 13. 30 sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish. 14. To`xtamasdan 2-3 minut davomida yugurish.
15. 100 m masofani to`xtamasdanyugurib o`tish. 16. 10 m masofani emaklab o`tish. 17. Safda to`g`ri turish va safni buzmasdan yurish. 18. Saflanish va qayta saflana olish. 19. Musiqa ohangiga mos holda harakat qilish. 20. Koptokni irg`itish va ilib olish. 21. Ilon izi shaklida yurish. 22. To`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish. 23. Chiniqtirish mashqlarini bajarish. 24. Bosma harflarni o`zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir-biridan farqlay olish. 25. Tovush, so`zlarni aniq va to`g`ri talaffuz etish. 26. 3000 tadan ortiq so`zni tushinishi va bilishi. 27. Rasmga qarab gap tuzish. 28. Ertak va hikoyani tinglash, mazmuni tushunish. 29. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta aytib berishi. 30. Ifodali nutqqa ega bo`lishi. 31. Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so`zlab berishi. 32. Turli mavzudagi, kichik hajmdagi 6ta she`rni yoddan aytish. 33. Ota-ona, tarbiyachi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo`yicha qisqacha hikoya tuzish. 34. Kattalar va o`rtoqlari bilan suhbatta faol ishtirok etishi. 35. Kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish. 36. O`z fikrini mustaqil, erkin bayon etish va xulosa chiqara olish. 37. Mantiqiy tafakkur qilish malakalarigaega bo`lishi. 38. Tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, anologiya va boshqalarni yoshiga mos rivojlantirish. 39. Fikriy mushohada yuritish. 40. Tevarak atrofni to`g`ri idrok etish. 41. Ta`limiy o`yinlar vositasida tafakkurni peshlashi. 42. Gul, daraxt turlarini rangiga, bargiga, mevasiga qarab farqlay olishi. 43. O`z fikrini, talab-extiyojlarini so`z bilan ifodalay olishi. 44. Qirqib, bo`laklarga ajratilgan voqeaband rasmlarni terish, yaxlitlash. 45. Turli tasvirlardan yaxlit obraz yarata olishi. 46. Geometrik shakllardan ma`lum mazmunga ega bo`lgan tasvirlar tuzishi. 47. So`zlardan gap tuza olish. 48. O`z fikrini bayon etganda taqqoslash, umumlashtirish, taxlil qila olishi. 49. Birinchi o`nlikning son tarkibi (alohida birliklardan) va 2,3,4,5,6,7,9,10 sonlarning o`zidan kichik ikki kichik sondan tarkib topganligini bilish. 50. Birinchi o`nlikdagi har bir sonning qanday hosil bo`lishini bilish, buning uchun son qatoridagi avvalgi songa 1 ni qo`shish va keyingi sondan 1 ni olish. 51. 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini hamda “+”, “-“, ”=” ishoralarni bilish 52. 1,3,5,10 so`milk pullarni bilishi. 53. O`tayotgan hafta kunlarining ketma-ketligi, kun qismlarini bilishi. 54. 10 tagacha bo`lgan buyumlarni sanash, sanab ajrata olishi. 55. Narsalar sonini raqam bilan muvofiqlashtira olishi. 56. 10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olish, qaysi son boshqasidan katta (kichik)ligini aniqlay olish. 57. Narsalarni kattaligi, uzunligi, kengligi, balandligi, yo`g`onligiga qarab taqqoslay olish. 58. To`g`ri va egri chiziqlarni, uchburchaklar, to`rtburchaklarni bir-biridan farqlash hamda tasvirlash. 59. Hozirgi zamon texnikasi, kompyuter haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 60. Shaxsni o`rab turgan barcha narsalar tabiat ekanligini bilish. 61. Mevali daraxtlar- olma, uzum, shaftoli, nok, olcha, gilos, o`rik, olxo`ri nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 62. Manzarali daraxtlar- tok, terak, archa, chinor haqida tasavvurga ega bo`lish. 63. Daraxt shoxlarini sindirish tabiatga zarar yetkazish ekanligini anglash. 64. Gullar- atirgul, boychechak, qoqigul, chinnigul, lola, lolaqizg`aldoq haqida tasavvurga ega bo`lish. 65. Sabzavot va poliz ekinlari-pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, qovun, tarvuz, qovoqni va ularning nomlarini bilish. 66. Xona o`simliklarini boshqa o`simliklardan farqlash. 67. Uy hayvonlari-qo`y, sigir, ot, it, mushuk, echki; yovvoyi hayvonlar-bo`ri, tulki, ayiq; parrandalar-tovuq, xo`roz, o`rdak, g`oz; hashoratlar-chumoli, ninachi, ari, qo`ng`iz, kapalak nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 68. Qushlar- qaldirg`och, chumchuq, musicha, kabutar, bulbul, qarg`a, to`ti nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish. 69. Uy ro`zg`or buyumlari- stol, stul, xontaxta, javon, divan, karovat, ko`rpa-to`shak, sandiq haqida tasavvurga ega bo`lish. 70. Uyda qo`llaniladigan elektr jihozlari- elektr chiroq(lampochka), televizor, radio, magnitofon, dazmol haqida tasavvurga ega bo`lish. 71. Elektr jihozlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish havfli ekanligini anglash. 72. Transport vositalari- velosiped, avtomobil, avtobus, trolleybus, tramvay, metro, poyezd, samolyot haqida tasavvurga ega bo`lish. 73. Tog`, daryo, ko`l, bog`, gulzor, paxtazor, ekin maydonlari, yaylov haqida tasavvurga ega bo`lish. 74. Havo, suv, quyosh, shamol, bulut, yomg`ir, qor haqida mos ravishda tasavvurga ega bo`lish. 75. Yil fasllari nomini, ketma-ketligini va ulardagi tabiat o`zgarishlari haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 76. Paxtadan ip, gazlama, kiyim-kechaklar tayyorlanishini bilish. 77. Kun va tunning farqini anglash. 78. Kun qismlari- ertalab, peshin va kechqurun. 79. Ona vatan-O`zbekiston haqida qisqacha so`zlab berish. 80. 8-dekabr-O`zbekiston konstitutsiyasi kunini umumhalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish. 81. O`zbekiston bayrog`i, gerbi haqida fikr bildira olish. 82. O`zbekiston madhiyasini yoddan ayta olish. 83. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari va milliy g`ururni yoshiga mos ravishda shakllanganligi. 84. Xalqiga, vataniga mehr va sadoqat hislarini shakllanganligi. 85. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zaxriddin Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 86. Milliy bayramlar haqida qisqacha so`zlab berish. 87. To`g`ri salomlashish va hayrlashishni bilish. 88. O`zidan kattalarga sizlab murojaat qilish. 89. “Labbay”, “xo`p bo`ladi”, “xush kelibsiz”, “rahmat”, “salomat bo`ling”, “mumkinmi”, “kechirasiz”, “shirin tushlar ko`ring”, “osh bo`lsin”, “yaxshi borib keling”, “marhamat” kabi so`z va iboralarni o`z o`rnida qo`llay olishi. 90. Qo`lini ko`ksiga qo`yib iltifot ko`rsatishi. 91. Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi. 92. Shirin so`zli bo`lishi va mehribonlik qila bilishi. 93. O`tirish va yurish qoidalarini bilish, unga rioya qilishi. 94. Uyda, bog`chada, mehmonda, ko`chada o`zini qanday tutish kerakligini bilishi va unga rioya qilishi. 95. Yaxshilik va yomonlikni farqlashi. 96. Kattalarni hurmat-kichiklarni izzat qilishi kerakligini anglashi va unga rioya qilishi. 97. O`rtoqlari bilan hamjihatlikda o`ynay olishi. 98. Hol-ahvol so`rashni bilishi. 99. Kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilishi. 100. Ojiz va kuchsizlarni himoya qilish zarurligini anglashi. 101. O`z-o`ziga xizmat qila olish. 102. Uyda yoki bog`cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olishi. 103. Oshxona anjomlari-choynak, piyola, qoshiq, likopcha, pichoq kabilarning vazifalarini bilishi, yig`ishtirishda joy-joyiga qo`yishi. 104. Mehnatsevar bo`lish yaxshi odat ekanligini anglash. 105. Mehnat qurollari-tesha, bolg`a, qaychi, ombir, tok qaychi, ketmon, belkurak, o`roq kabilarning vazifasini bilishi. 106. Tejamkorlik zarurligini bilishi. 107. O`zini ozoda tutishi, sochiq, dastro`mol, sovun, tish pastasi va cho`tkasidan to`g`ri foydalana olishi. 108. Mustaqil tartibli kiyinishi va yechina olishi. 109. Ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi. 110. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olishi. 111. Ranglardan-oq, qora, qizil, sariq, yashil, havorang, binafsharang, jigarranglarning nomini bilishi va ularni bir-biridan farqlay olishi. 112. Qalam, bo`yoq, flamasterdan to`g`ri foydalana olish. 113. Qog`oz va karton bilan ishlay olishi. 114. Asliga qarab va tasavvur bo`yicha meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 115. Flastilin va loydan meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 116. Milliy cholg`u asboblari-rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini bilishi va ularning ovozini bir-biridan farqlay olishi. 117. Turli ohangdagi kuy va musiqani farqlashi. 118. Raqsga tushganda harakatlarni musiqaga moslashtira olishi. 119. Musiqa ostida qo`shiq ayta olishi. 120. Tabiiy, kuyga mos, yengil ovozda kuylashi.
Test savollari. 1. Davlat talablari necha yoshdagi bolalar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarning me`yorini belgilaydi. a) 4-5 yosh b) 6-7 yosh c) 5-6 yosh d) 6 yosh 2. Davlat talablari bo`yicha 6-7 yoshdagi bolalar qaysi manzarali daraxtlar haqida bilishi va tasavvurga ega bo`lashi kerak a) tol, terak, archa b) tol, chinor, terak c) tol, terak, chinor, archa d) tol, terak 3. Davlat talablari bo`yicha 6-7 yoshdagi bolaning so`z boyligiga qo`yiladigan minimal ko`rsatkichlardan biri
a) 100 tadan ortiq so`zni tushunishi b) 1000 tadan ortiq so`zni tushunishi c) 1500 tadan ortiq so`zni tushunishi d) 3000 tadan ortiq so`zni tushunishi va bilishi 4. 6-7 yoshli bolalar qaysi uy hayvonari nomlarini bilishlari va tasavvurga ega bo`lishlari kerak a) qo`y, sigir, buzoq, ot, eshak, tuya, echki b) qo`y, sigir, ot, eshak, tuya, echki, it c) qo`y, sigir, ot, eshak, tuya, echki, mushuk, cho`chqa d) qo`y, sigir, buzoq, ot, eshak, it, mushuk echki 5. 6-7 yoshli bolalar tabiat hodisalari haqida tasavvurga ega bo`lishlari kerak a) shamol, bulut, yomg`ir, qor, do`l, chaqmoq b) shamol, bulut, tuman, yomg`ir, qor, do`l, chaqmoq c) shamol, bulut, yomg`ir, qor, do`l d) shamol, bulut, yomg`ir, qor 6. Maktabgacha ta`lim mazmuni hamda sifatiga qo`yiladigan davlat talablari “Ta`lim to`g`risida”gi qonunning nechanchi moddasida ko`rsatilgan a) 11- moddasida b) 30- moddasida c) “Ta`lim to`g`risida”gi qonunda qayd qilinmagan d) 7-moddasida 7. Tubandagilardan qaysi biri to`g`ri a) Davlat talablarida milliy cholg`u asboblari- rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini bilishi va ularning ovozlarini bir-biridan farqlay olishi lozimligi ko`rsatilgan. b) Davlat talablarida 4 xil rangni ajrata olishi ko`rsatilan c) Davlat talablarida Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zaxiriddin Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lishligi ko`rsatilgan d) Davlat talablarida 10 metr masofani emaklab o`ta olishligi ko`rsatilgan 8. Davlat talablarida bolalarning egallashi lozim bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarning nechta yo`nalishi ko`rsatilgan a) 3ta b) 6 ta c) 7 ta d) 5 ta 9. Tubandagilardan qaysi biri Davlat talablaridagi nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga tegishli a) Ona-Vatan-O`zbekiston haqida so`zlab berish b) Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi c) joyida turib 15-20 marta sakrash d)10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olishi. 2-МAVZU: Uchinchi mingyillikning bolasi dasturidagi ilk yoshli va kichik guruh davri tashkili.
MTM tarbiyachilari kursi uchun (2soat) Maqsad: Tinglovchilarda 2,3,4 yoshli bolalarni jismonan, nutqi va tafakkurini rivojlantirish, ma`naviy yetukligini ta`minlash yo`nalishlari bo`yicha dasturda ko`rsatilgan vazifalar haqida tushuncha hosil qilish.
rivojlantirishdagi ertaklar, hikoyalar, she`rlar, sanash, taqqoslash, uzun-qisqa, hayvonlar, qushlar, mevalar, sabzavotlar. Kutiladigan natija: 2,3,4. yoshli bolalar bilan ta`lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda dastur asosida to`g`ri rejalashtirishlariga erishish. Reja: 1. Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish. 2. Nutqi va tafakkurini rivojlantirish bo`yicha ilk yoshli va kichik guruhlarda ko`rsatiladigan vazifalar. 3. Ilk yoshli va kichik guruhlarda ma`naviy yetukligi bo`yicha dastur vazifalari. Jihoz: “1”, “2”, “3” raqamlari tasvirlangan kartochkalar, plakatlar,rangli qalamlar, qog`ozlar. Dars usuli: Tinglovchilar “1”, “2”, “3” raqamlarini tanlashlariga qarab 3 ta guruhga ajratiladi. “1” lar guruhi “Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish”, “2” lar guruhi “Nutqi va tafakkurini rivojlantirish boyicha ilk yoshli va kichik guruhlarda ko`rsatiladigan vazifalar”. “3” lar guruhi “Ilk yoshli va kichik guruhlarda ma`naviy yetukligi bo`yicha dastur vazifalari” muammolarini ochib berish ustida ish olib boradilar. Har qaysi guruh a`zolari 2 guruhni taqqoslagan holda dasturda ko`rsatilgan vazifalarni hohlagan ko`rinishda loyihasini tuzadilar. Guruh sardorlari o`z guruhini himoya qiladilar. O`qituvchi rag`batlantiradi, to`ldiradi, xulosalaydi.
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. 2. “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi. 3. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Bolalarni jismonan rivojlantirish. Bolalarni har kungi ertalabki badan tarbiya, haftada 2 marta jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida, sayr paytidagi qoidali-harakatli o`yinlar jarayonida gavdaning tik holatini saqlashga tarbiyachining ko`rsatmasiga taqlid qilgan holda harakatni tushunib, birgalikda harakat qilishga o`rgatadi. To`g`ri yo`nalishda muvozanatni saqlab teng qadamlab yurish, kichik narvonchaga chiqish va tushish (balandligi 1 metr) chambarak ichiga emaklab o`tish(2 metr masofa), 30-40sm to`siq tagidan o`tish harakatlari o`rgatiladi. Tarbiyachi ketidan to`p-to`p bo`lib yurish, doira bo`ylab juft-juft bo`lib yurish, yurishdan yugurishga, yugurishdan yurishga o`tish oldinga, yonga qadam tashlash. Tarbiyach ketidan yugurish dumalayotgan to`pni quvib yetish, ikki chiziq oralig`idan ularni bosmasdan yugurish. Bir uchi poldan 15- 20 sm ko`tarilgan taxtadan yurib ko`tarilish (eni 25 sm, uzunligi 1,5-2 sm) va undan tushish. Balandligi 15 sm bo`lgan yashik ichiga tushishi va undan chiqish. Poldan 15-25 sm ko`tarilgan chizimga yoki tayoqcha ustidan kattalar yordamida hatlab o`tish. To`pni ikki qo`llab oldinga pastdan, ko`krak oldidan, boshdan oshirib o`tish tarbiyachi otgan 50- 100 sm oraliqdagi to`pni ilib olish. To`plar, qumli haltachalarni 1 metr masofaga ikki qo`llab o`ng yoki chap qo`llab irg`itish harakatlarini bajarishga o`rgatiladi.
Nutq va tafakkurini rivojlantirish bolalarni atrofidagi narsalar bilan tanishtirish hamda ularning nomlarini aytishga o`rgatish hovlidagi daraxt, gul va boshqa turli buyumlarning nomlarini, o`zi hamda oila a`zolarining ismini to`g`ri aytishga, qarindosh-urug`chilikni ifodalovchi so`zlar (buva, buvi, tog`a, amaki, xola, amma kabilar) xonadondagi buyumlar(televizor, radio, magnitofon, stol, stul-kursi,
xontaxta, choynak, payola) kiyimlar(ko`ylak, chopon, do`ppi, tufli)ning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. So`zlarni son va kelishikda moslashtirishni, otlarni birlik va ko`plikda ishlatishni o`rgatish. Tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishni o`rgatishda davom etish. Tarbiyachi nutqini qunt bilan eshitish va uni tushunish. Ertak va qisqa hikoyalarni tarbiyachining savollari, ilyustratsiyalari bo`yicha gapirib berishga o`rgatish. O`yinchoq yoki rasm mazmuni bo`yicha tuzilgan 3-4 gapdan iborat hikoyani tarbiyachidan so`ng takrorlash ko`nikmasini tarbiyalash. Bolalarni 5 gacha sanashga o`rgatish “Ko`p”, “teng”, “oz”, “hech narsa” kabi so`zlarni o`z o`rnida qo`llashni o`rgatish predmetlar to`plamini miqdoriga ko`ra teng yoki teng emasligini aniqlashni, taqqoslashda ustiga, yoniga qo`yish usullaridan foydalanishga o`rgatish. Uzunligi, balandligi, eni, kengligi, kattaligi boyicha bir-biridan keskin farq qiluvchi 2 ta predmetni taqqoslashga o`rgatish (uzunroq, qisqaroq, uzunligi bir xil va h.k) Doira, kvadratni taniy olish, nomini aytish, farqlashga o`rgatish. O`ng va chap qo`lni farqlay olish, aytish, o`ng qo`l bilan chapdan o`ngga qo`yish malakasini hosil qilish oldinga, orqaga, o`ngga, chapga, yuqoriga, pastga tushunchalarini aniqlashga o`rgatish. Sutka qismlari ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasini to`g`ri aytish va farqlashga or`gatish. Mevalardan: olma, uzum, o`rik, olcha, gilos, sabzavotlardan: tarvuz, karam, sabzi, piyoz, bodring, pomidorlarning nomini aytish va bir-biridan farqlashga o`rgatish. Atirgul va lola gullari bilan tanishtirish. Ularning nomi va rangini tog`ri aytishga va farqlatish. Kuchuk, mushuk, sigir, qo`y, echki, ot bilan tanishtirish. Nomlarini to`g`ri aytish va farqlashga o`rgatish. Bo`ri, quyon, tulki, ayiq bilan tanishtirish, nomini to`g`ri aytishga va farqlashga o`rgatish. Chumchuq, kaptar, musicha, hasharotlardan chumoli va kapalak bilan tanishtirish ularning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Jonivorlarning qismlarini ajratish nomini aytish, nima yeyishini, qanday yuradi, qanday ovoz chqaradi, onalari katta, bolalari kichik bo`lishini o`rgatish. Tabiat hodisalari qor, yomg`ir, bulut, shamol haqida tasavvurga ega bo`lishi avtobus, velosiped, arava bilan tanishtirish. Nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish enaga, qorovul, oshpaz, shofyor, uchuvchi mehnati bilan tanishtirish. Bolaning atrofdagilar bilan muomalada bo`lishi, kattalarning nutqiga taqlid qilish qobiliyatini o`stirish lug`at boyligini kengaytirish, oddiy gaplarni to`g`ri tuzishga, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish. Yangi-yangi so`zlar bilan tanishtirish, ularning ma`nosini tushunishga o`rgatish. Bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga murojat qilishga undash, savollar bera bilishga, o`zining istaklarini ifodalashga ko`rgan, bilganlarini so`zlab berishga o`rgatish. Mushuk, kuchuk, jo`ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush, avtomobil, arava, velosipedlarni kuzatish nomlarini aytish, o`yinchoqlarning nomlarini aytish, ularni qidirib topish. Hayvonlarning nomini aytish, tovushga taqlid qilish, ularning qismlarini ayta olish, parvarish qilish bo`yicha tasavvur hosil qilish. Daraxt, gul, o`t- o`lanlarni, sabzavot va mevalarni farqigs o`rgatish. 3. Bolalarning ma`naviy kamolatini ta`minlash. “Ikki echki”, “Fil bilan xo`roz”, “Sholg`om” ertaklari Y.Sadullaevaning “Yolda”, X.To`xtaboevning ”Xassa”, R.Farhodiyning ”Tonggi so`z”, M.Muradovning ”Ko`prik”, T.Adomboevning “Nasibaning olmasi”, Q.Muhammadiyning “Kichkina qushcha”, X.Badalovning “Qip- qizil”, Q.Xikmatning “Bog`chamdagi bog`cham”, Q.Komilovning “Lolaning olmasi”, O.Mahkamovning “Kapalak” asarlarini o`qib berish hikoya qilib berish, yod oldirishga tafsiya etiladi. Bolalarda xushmuomalalik va orastalik shakllantiriladi. Biron narsa yeyishdan, dasturxonga o`tirishdan oldin qo`l yuvish, kattalardan oldin dasturxonga qo`l uzatmaslik, nonni ikki qo`llab sindirish, ovqatni to`kmasdan, og`izni chapillatmasdan, qoshiqni taqillatmasdan yeyishga o`rgatish salomlashish, kiyimlarini kiyib- yechish, joy-joyiga qo`yish, o`yinchoqlarni joyiga tartib bilan qo`yishga odatlantiriladi. `Qalamni to`g`ri ushlash, qog`oz yuzasida chiziqlar, doirachalar chizishga o`rgatiladi. Qizil, sariq, ko`k, yashil, jigarrang, oq, qora ranglarini bir-biridan farqlash, nomini aytishga o`rgatiladi. Flomaster, mo`yqalamni qog`oz yuzasida yuritish, quyosh, lentalar, pufak uchun iplar, bo`g`irsoq, vagonchalar, bayroqchalar, aravachalar, archa, qog`ozdan qirqilgan ko`ylak, sarafan, ro`molnipolosa doirachalar, nuqtalar bilan bezashga o`rgatish. Loy va plastilindan shirinliklar, piramidalar, teshik kulcha, non, bo`g`irsoq, olma, bodring, sabzi, kattalar yordamida “Qo`g`irchoqlar”, “Jo`jalar”, “Toychoq”, “Ayiqcha” kabi mavzularda loy va plastilin ishlarini bajarishga o`rgatish mustaqil ravishda loy va plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari shaklini yasashni o`rgatish. Plastilindan tejamli foydalanishga bir rangli plastilinni boshqa rangdagisiga qarishtirib yubormaslikka o`rgatish. Bolalarni kvadrat, doiracha, barglar, gullar, mashina, sandiqcha, bayroqcha, “Sabzavotlar”, “Guldasta”, “Archa”, “Qorbobo”, “Uycha” kabi mavzularda qirqib-yopishtirishga o`rgatish. “Uycha”, “Zinapoyacha”, “Uzun yo`l”, “Kuchukchaga uycha” kabi mavzularda qurish yasashga o`rgatish. Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi. M.Ikromov “Qo`g`irchog`im-o`yinchoq”, “Ayiqcha”, “Yo`q-yo`q-yo`q”, D.Omonullaeva- “Qushcha”, “Hamma bola yasangan”, “Qo`g`irchoqcha bilan o`yin”,“Koptok”,“Shaqildoq bilan o`yin”,“Yomg`ir tomchilaydi”, R.Rustamov- “Bekinmachoq”Q.Qodirov- “Quyonlar”, I.Akbarov- “Quyonlar raqsi”, H.Muhamedov-“Buvijonim-buvijon”, o`zbek xalq kuyi- “Chamanda gul”. Bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish. O`simlik va jonivorlar hayotiga qiziqish, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kabi ekologik tarbiyaning boshlang`ich ko`rinishlari jonivorlarni qiynash, ozor berish, jarohatlash mumkin emasligi haqida tushuncha berish. Unchalik murakkab bo`lmagan mazmunli rasmlar (qo`g`irchoqni cho`miltirish, mushuk va bolalari)ni tushunish tegishli rasm, o`yinchoqlarning harakatlarini ko`rsatib o`qiladigan hikoya, she`r ovutmachoqlarni tushunishga o`rgatish. Ayiqchamni oyog`i tushdi uzilib qarab turar ayiqcham ko`zi suzilib ayiqchamni men juda yaxshi ko`raman uzilgan oyoqchasin tikib qo`yaman. Badiiy asar mazmuniga munosabatni ifodalovchi so`roq, darak ohanglarni tushunishga odatlantirish. Bolalarni to`g`ri o`tirish, qog`ozni g`ijimlamasdan unga rasm chizish qalamni to`g`ri ushlash, chizish, to`lqinli rangli chiziqlarni chizishiga o`rgatish loy va plastilindan to`g`ri foydalangan holda taxtacha ustida ustuncha, kaltakcha, sharcha, teshik kulcha kabi narsalarni yasashga o`rgatish. Sensor tarbiya bo`yicha qizil, sariq, ko`k, yashil, oq, qora ranglarni, doira, kvadrat, to`g`ri to`rt burchak, uchburchak shaklidagi narsalarni guruhlashga (kattaligi, shakli, rangi) o`rgatish. Musiqaviy o`yinchoqlarni farqlash qo`ng`iroq, childirma, shiqildoq, metallafon jarangini farqlashgao`rgatish. Bolalarni musiqa sadosi ostida yurishga, raqs tushishga, oyoqlarni tapillatishga, bir oyoqni qo`yib, bir oyoqni olishga, chapak chalishga, bayroqchani yuqori ko`tarishga, uni silkitishga, shaqildoqni shaqillatishga o`rgatish. Uch yoshli bolalarning egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar; -birlik va ko`plikdagi otlarni tushunish; -kichraytirish va erkalash qo`shimchasiga ega bo`lgan so`zlarni tushinish; -bog`lanishli nutq mazmunini anglash; -narsalarni belgilariga qarab umumlashtirish; -kattalarning savoliga javob qaytarish; -harakat faolligi oshgan, quvongan damlarda oddiy, sodda so`zlarni ishlatish; -soddalashtirilgan (masalan, “bi-bib”)va to`liq aytilgan (masalan”mashina”) so`zlari orqali narsalar va harakatlar nomini aytib berish; -o`z harakatlarini ikki so`zdan iborat gaplar orqali ifoda etish; -muloqot jarayonida sifat va olmosh so`z turkumlariga mansub so`zlarni ishlatib, o`z fikrini sodda gaplar orqali bildirish; -narsalarning “katta” va “kichik”ligiga qarab farqini aytib berish; - 3-4 xil shaklga ega bo`lgan narsalarni farqlay olishi(masalan, kub, g`ishtcha); - 3-4 xil rangni aytib berish; -narsalar bilan ilgari qilgan harakatlarini qayta takrorlash (masalan, qo`g`irchoqni ovqatlantirish, halqalarni yog`och ustunga terishni); -tez-tez bajariladigan harakatlarni o`yinda aks ettirish; -bir necha izchil harakatlarni qayta tiklab, takrorlash; -hech narsani ushlamasdan gavda holatini o`zgartirish(cho`qqayib o`tirishni, engashish aylanib burilishni); -to`siq tayoqcha ustidan xatlab o`tishni; -yerdan 15-20 sm balanddagi, eni 15-20 sm bo`lgan taxtalar ustidan yurib o`tish; -to`siqlardan bemalol yurib, xatlab o`tish; -quruq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan yeya olish; -suyuq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan ichish; -kiyimlar(tufli, paypoq, bosh kiyim)ni o`zi mustaqil kiya olishga intilish; -qurilish materiallarining asosiy figuralarini farqlash, bir-birining ustiga joylash, o`ynab bo`lgandan keyin ularni tartib bilan qutichaga joylashni bilish. Dasturdagi kichik yosh davri 3 yoshdan 4 yoshgacha bo`lgan davrida quyidagi vazifalar amalgam oshiriladi. 3 yoshdan 4 yoshgacha davrida ancha o`zgarishlar yuz beradi. Xarakat doirasi kengayadi. Bolaning butun faoliyatida nutqning roli ortadi. Yil davomida jismonan rivojlantirishni nazarda tutgan holda quyidagi mavzular bo`yicha asosiy xarakatlarga o`rgatiladi. 1. eni 25-30 sm yo`lakchadan 5-6 m masofaga yugurish. 2. 10-20 metr masofani tez yugurib o`tish. 3. 4-6 parallel chiziqlar(oralig`i 25-30 sm) ustidan sakrab o`tish. 4. Aylanadan aylanaga sakrash. 5. Oldinga surilib ikki oyoqlab 2-3 metrga sakrash. 6. Turgan joyda 40 sm uzunlikka sakrash. 7. Balandligi 5 sm bo`lgan predmetlar ustidan sakrash. 8. 15-20 sm balandlikdan pastga sakrab tushish. 9. Bir-biriga to`plarni, sharchalarni dumalatish. 10. To`pni 1,5metr masofadagi predmetga dumalatib tekkizish. 11. To`pni 2-3marta yerga urib, uni tutib olish. 12. To`p, qumli haltachaga1,5-2m masofaga gorizontaliga nishonga olish. 13. Predmetlarni 1 ,2 m vertikaliga nishonga olish. 14. 6m masofaga emaklash. 15. Qo`llarni polga tekkizmasdan balandligi 40 sm bo`lgan predmetlar ostiga kirish. 16. Gimnastika devori bo`ylab tirmashib chiqish. 17. Bir oyoq uchini ikkinchi oyoq tovoniga to`g`irlab qo`ygan holda ensiz poyondoz bo`ylab(eni 15- 20sm, bo`yi 2-2,5m)yurib o`tish. 18. Polga yotqizib qo`yilgan Narvon pog`onalardan qadamlab o`tish. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling