Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm


KATTA GURUH BOLALARINI MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana14.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#105883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari


KATTA GURUH BOLALARINI MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH. 

 

Bolalarda  nafosat  va  orastalikni  tarbiyalash.  Tez  va  toza  yuvish,  tishni  har  kuni  ertalab  va 



kechqurin  o`z  cho`tkasi  bilan  yuvishga,  ovqatlangandan  keyin  og`zini  chayqashga  o`rgatish.  Sovun  va 

suvni iflos qilmasdan tejab foydalanishga o`rgatish.  

 

Dasturxon  atrofida  odob  saqlash.  Kattalarni  to`rga  o`tirishga  taklif  etish,  kichiklarni  ularga 



nisbatan  iltifotli  bo`lishga  o`rgatish.  Ovqatga  kattalardan  oldin  qo`l    cho`zmaslik,  sabrli  bo`lish  kabi 

odatlarni shakllantirish. 

 

Bolalarning  badiiy  didini  o`stirish.  Bu  davrda  bolalarda  nisbatan  kattaroq  xajmdagi  ertak, 



topishmoq, tez aytish, sanamalar, hikoya va qo`shiqlarni mustaqil ayta olish ko`nikmasini rivojlantirish. 

Ularda ertaklar, she`rlar, topishmoqlar topishga bo`lgan havasni shakllantirish. 



 

Badiiy asarlarni sahnalashtirish va ijro etish. 

 

Badiiy  asar  vositasida  bolalar  qalbida  xalqqa,  ona-vatanga  nisbatan  muxabbat  tuyg`usini  tarkib 



toptirish.  Badiiy  asar  orqali  bolalarda  qushlarga,  hayvonot  olamiga,  tabiatga  g`amxo`rlik,  mehr-shafqat 

tuyg`usini  o`stirish.  Ularning  badiiy  so`z  qudratini  his  etish,  badiiy  asarda  aks  ettirilgan  qahramonga 

baho berish va ular haqida hulosa chiqarish ko`nikmalarini rivojlantirish. 

 

Bolalarni  badiiy  adabiyotga  qiziqtirish  nutqini  o’stirish  va  ularning  badiiy  didini  o’stirish 



maqsadida quyidagi asarlarni o’qib berish tavsiya etiladi: o’zbek xalq ertaklari: “Qarg’avoy”, “Qurbaqa 

qiz”,  “Ur  to’qmoq”,  “Hurmacha  palvon”,  F.  Musajonov  -  “To’lab  ber”,  “Varrak”,  Z.  Alam  - 

“Yankshanba  kungi  shokolod”,  Z.  Ibrahimov  -  “Azamat  va  Kuncha”,  “Gulbahorning  do’stlari”,  Y. 

Sadullayeva – “Hozir buvijon”, M. Murodova – “Ikki xil yordam”, A. Navoiy – “Bir kabutar”, “Ibn Sino 

va  kitoblar”,  “Bobur  va  kabutar”  (rivoyat),  A.Avloniy  –  “Aqlli  bog’bon”,  E.  Rahimov  –  “Chana”, 

T.Qosimov – “Yaxmalak”, Aka-uka Grimlar – “O’rmondagi AvliyoYozif”(rus xalq ertagi), E.Vohidov – 

“O’lka”, K.Xikmat – “Men tug’ilgan o’lka”, P.Mo’min – “Bekorjon”, A.Ko’chimov – “Topib kelaman”, 

A.Obidjon  –  “Paxta”,  P.Nazar  –  “Daraxt”,  P.Tolib  –  “Kech  kuz”,  “Laylak  qor”,  X.Soloh  –  “Qor 

qo’shig’i”, “Qaldirg’och uchib keldi” Sa`diy – “Guliston”, “Bo`ston”, A.Oripov – “Qushcha”, Z.Diyor – 

“Gunafsha”,  “Kapalak”,  A.Akbar  –  “Qayerdasiz  bolalar”,  “Bola  va  qush”,  T.Yunusov,  K.O`tayev  – 

“Yer” “Maymun nega daravtda yashaydi?” (Afrika xalq ertagi), “Surnaychi Santa” (Yapon xalq ertagi), 

“Toshbaqa  hammadan  kuchli  bo`lib  chiqqani  haqida”,  (Amerika  xalq  ertagi),  bozorda  kaltak  yegan 

sirtlon”  (Afrika  xalq  ertagi),    “Hayvonlar  qushlar  va  baliqlar  qayerdan  kelib  chiqishgan?”  (Avstraliya 

xalq  ertagi).  Bolalarga  huquqqa  doir  dastlabki  tushunchalar  haqida  ma`lumot  berishda  davom  etish. 

Bolalarga  jamiyat  tomonidan  belgilangan  tartib-qoidalar,  odobli,  axloqli  bo`lsin  va  ularga  rioya  etish 

to`g`risida tushunchalar berish. “Yaxshi va yomon” tushunchalarni farqlashga o`rgatish. 

 

Bolalarda  tasviriy  san`at  namusini  mazmunini  anglashga  oid  ko`nikma  va  malakalarni 



shakllantirish. Bolalarni dekarativ naqshlar bilan tanishtirish.  

 

Bolalarda  narsa-xodisalarni  kuzatish,  idrok  etish,  go`zallikni  his  qilish  qobiliyatlarini 



rivojlantirish.  Badiiy  tasvirga  bo`lgan  qiziqishni  o`stirish.  Bolalarni  voqeaband  rasmlarni  chizishga 

o`rgatish.  

 

Bolalarga quyidagi rasmlarni chizish tavsiya etiladi. Aylana ichida naqsh ishlash. O`simliksimon 



naqsh ishlash. Kvadrat ichida aylana chizish. Oddiy shakldagi buyumlarni naqsh bilan bezatish.  

 

Bolalarning  musiqiy  faoliyatini  rivojlantirish.  Qo`shiq  kuylashda  ohangni  to`g`ri  idrok  etish 



qobiliyatini  shakllantirish.  Qo`shiq  va  kuyni  tinglashga  undan  zavqlanishga  odatlantirish.  Raqsga 

tushishni musiqaga monand harakatlarni o`rgatish. Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki 

va  hissiyotini  tarbiyalash  maqsadida  quyidagi  kuy  va  qo`shiqlarni  tinglashga  odatlantirish,  ba`zilarni 

aytishga  o`rgatish  tavsiya  etiladi.  O`zbek  xalq  kuylari  –  “Ufor”,  “To`rg`ay”,  o`zbek  xalq  qo`shiqlari  – 

“Oq  sholi”,  “Ko`k  sholi”,  “Dasta-dasta”,  “Quyon”,  “Oq  terakmi,  ko`k  terak”,  M.Dadaboyev  – 

“Onajonim”,  I,Akramov  –  “Salimvoyning  tovug`i”,  X.Maxmudova  –  “Kakku”,  D.Omonullayeva  – 

“Bug`doy”,  “Nima  hohlaysan  qo`g`irchoq”,  “Laylak”,  M.Ikramova  –  “Aya,  ayajon”,  “O`ynayman”, 

K.Qodirov  –  “Guldor  kapalak”,  A.Mansurov  –  “Oftobjon,  o`rtoqjon”,  M.Nasimov  –  “Bulbulcham”, 

M.Najmiddinov – “Bolalar va g`ozlar” 

 

 TESTLAR  



 

1.  O`rta guruh bolalari necha metr masofaga tez yugira olishi kerak?  

A.  20-30 metr 

B.  30-35 metr  

C.  40-60 metr  

D.  20-25 metr  

2.  Tubandagilardan qaysi topshiriq o`rta guruh bolalariga bajartiriladi? 

A.  5-10 sm balandlikdagi buyumlardan sakrab o`tish. 

B.  10-20 metr masofani tez yugurib o`tish 

C.  To`pni 6 metr masofaga irg`itish 

D.  5-6 metr masofaga yugurish 


3.  Tubandagilardan qaysi biri o`rta guruhga taaluqli? 

A.  Uchburchak bilan tanitish tanishtirish  

B.  5 dan 1 gacha teskari sanash 

C.  O`ng va chap tomonni farqlash 

D.  To`g`ri to`rtburchak va uchburchakning tomonlari va burchaklari o`rtasidagi farqni ajratish. 

4.  O`rta guruh bolalari qaysi qushlar bilan tanishtiriladi? 

A.  To`ti, bedana, konereyka 

B.  Qaldirg`och, laylak, turna 

C.  Chunchuq, musicha, kaptar, to`ti, bulbul, bo`yog`li, qaldirg`och, qarg`a 

D.  Chumchuq, kaptar, musicha 

5.  Meva va sabzavotlarning qayerda o`sishi (daraxtda, polizda)haqidagi tasavvurlarini shakllantirish 

qaysi guruhda amalga oshiriladi? 

A.  O`rta guruh 

B.  Ilk yosh guruh 

C.  Kichik guruh 

D.  Katta guruh 

6.  Qaysi biri o`rta guruhga taaluqli? 

A.  N.Narzullayev “O`lkam” 

B.  Sh.Sa`dulla “Lola va mushuk” 

C.  E.Vohidov “O`lka”  

D.  T.Adashboyev “Nasibaning olmasi” 

7.  O`rta guruh bolalari qaysi ranglarni bir biridan ajrata olishi kerak? 

A.  qizil, sariq, yashil, ko`k 

B.  qizil, sariq, yashil, ko`k, binafsha rang 

C.  qizil, sariq, zarg`aldoq, jigarrang, pushti 

D.  qizil, sariq, yashil, ko`k, jigarrang, oq, qora 

8.  O`rta guruh bolalari loydan nimalarni yasashga o`rgatiladi? 

A.  non, shirinliklar, teshik kulcha 

B.  o`rdakcha, quyoncha, xumcha, olmaxon 

C.  olma, sabzi, bodring, tuxum, baliq, toshbaqa, xo`roz 

D.  shar, piramida, qo`ziqorin 

9.  Tubandagi vazifalardan qaysi biri katta guruhga taaluqli? 

A.  1,2 metr masofaga to`pni otish 

B.  Bir oyoqda 3-4 masofaga sakrash 

C.  40-60 metr masofaga yugurib o`tish 

D.  20-25 metr masofani tez yugurib o`tish 

10. Qaysi vazifa katta guruhga to`g`ri kelmaydi? 

A.  cho`kkalab, qo`llarni tizzaga tiragan holda skameyka bo`ylab yurish. 

B.  Tevarak – atrofdagi yodgorliklar, tarixiy obidalar bilan tanishtirish. 

C.  100 metr masofani tez yugurib o`tish 

D.  Hafta kunlarining ketma-ketligini aytishga o`rgatish 

11. 5 dan 1 gacha sanash vazifasi qaysi guruhga taaluqli? 

A.  o`rta guruh 

B.  maktabga tayyorlov guruh 

C.  kichik guruh  

D.  katta guruh 

12. Katta guruh bolalari qaysi o`simliklari bilan tanishtiriladi? 

A.  na`matak, malina, maymunjon 

B.  uzum, kungaboqar, maymunjon 

C.  na`matak, qayrag`och 

D.  malina, tol, uzum 

13. Tubandagilardan qaysi biri noto`g`ri fikr? 



A.  katta  guruhda  osmon,  quyosh,  oy,  yulduz,  havo,  suv,  bulut,  yog`ingarchilik,  tuman,  shamol, 

chaqmoq haqida tushuncha beriladi.  

B.  Katta guruhda kema, paroxod, samolot, vertalot bilan tanishtiriladi.  

C.  Katta guruhda qarg`aning kuzda uchib kelishi va bahorda ketishi haqida ma`lumot beriladi. 

D.  Radio,  televizor,  videomagnitafon,  kompyuter  haqida  ma`lumot  berish  katta  guruhda  amalga 

oshiriladi.  

14. Tubandagi ertaklardan qaysi biri katta guruhda o`tilmaydi? 

A.  “Qarg`avoy”, “Ur to`qmoq 

B.  “Gilam” 

C.  “Vafodor it” 

D.  “Qurbaqa qiz”, “Xurmacha polvon” 

15. E.Vohidovning  “O`lka”  she`ri  orqali  tarbiyachi  tomonidan  qanday  tarbiyaviy  maqsad  amalga 

oshiriladi? 

A.  ona vatanga nisbatan muxabbat tuyg`usini tarkib toptirish 

B.  hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatni tarbiyalash 

C.  mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash 

D.  rostgo`ylik ruhida tarbiyalash. 

 

 



4-Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi maktabga tayyorlov davrining tahlili. 

 

MTM tarbiyachilari kursi uchun (2 soat) 

 

Maqsad:  Tinlovchilarda  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalari  bilan  yil  davomida  ta`lim  –  tarbiyaviy 

jarayonni tashkil qilish tartibi, qanday bilim, ko`nikma hosil qilish lozimligi to`g`risida tushuncha hosil 

qilish. 

 

Tayanch  so`zlar:  Mustaqillik  bayrami,  o`zbek  xalq  og`zaki  ijodi  namunalari,  sarkardalar,  buyuk 

siymolar,  O`zbekiston  ramzlari,  o`simliklarning  tarkibiy  tuzilishi,  bosma  harflarni  tanishi,  20  gacha 

to`g`ri, 10 dan 1 gacha teskari sanashi, tabiiy materiallardan o`yinchoq yasashi, loydan sabzavot, hayvon, 

qush, parranda yasashi. 

 

Kutiladigan natija: Tarbiyachilarning maktabga tayyorlov guruhi bolalariga dastur asosida yetarli bilim 

bera olishi va to`g`ri yondasha bilishlariga erishish. 

 

REJA:  

1.  Jismoniy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar. 

2.  Nutqi va tafakkurini rivojlantirish 

3.  Ma`naviy kamolatni ta`minlash. 

 

Jihoz:  Plakatlar,  rangli  qalamlar,  rangli  qog`ozlar,  rasm  daftar,  flamaster,  kvadrat,  doira,  uchburchak 

shakllar. 

 

Dars  usuli:  Guruh  tinglovchilarining  uchburchak,  doira,  kvadrat  shakllarini  tanlashiga  qarab  3  ta 

guruhchaga  ajratiladi.  “Uchburchak”lar  maktabga  tayyorlov  guruh  bolalarini  jismoniy  rivojlantirish 

bo`yicha: badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida bolalarni nimaga o`rgatadi, qanday ko`nikma, 

malaka hosil qilishini himoya qiladi. 

“Doira”lar  nutqi  va  tafakkurini  rivojlantirish  bo`yicha  qanday  bilim,  ko`nikma  va  malaka  hosil 

qilishni himoya qiladi. 

“Kvadrat”  lar  esa  ma`naviy  kamolatini  ta`minlash  bo`yicha  himoya  qiladi.  Har  qaysi  guruh 

himoya  qilishda  tasviriy  illustratsiya,  reklama,  narsalar  tuzatish  ko`rinishlaridan  foydalanadi.  Guruh 

chiqishlaridan keyino`qituvchi tahlil qiladi, qo`shimcha qo`shadi, to`ldiradi, xulosalaydi. 



Foydalanadigan adabiyotlar  

 

1.  “Uchunchi ming yillikning bolasi” dasturi. 

2.  “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim” – tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari” 

3.  “Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash haqida” Oxunjanova S.A. 

4.  “Ta`lim to`g`risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. 

 

1.  Bolalarni jismonan rivojlantirish. 



 

Jismoniy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga  o`rgatish  jismoniy  mashqlar  jarayonida  jarohatlanishning 

oldini  olish  maqsadida  ularda  ehtiyotkorlikni,  o`z  harakatini  nazorat  qila  olish  ko`nikmalarini  tarkib 

toptirish. 

Bolalarni  jismoniy  tarbiya  musoboqalari  hamda  harakatli  o`yinlarga  jalb    qilish.  Bolalarda 

chaqqonlik,  jasurlik,  topqirlik  xislatlarini  tarkib  toptirish.  Mustaqil  tarzda  jismoniy  harakatlarni 

bajarishga odatlantirish.  

Buyruqqa (start, stop) asoslanib yugirishga o`rgatish. Uzluksiz 2-3 minut davomida yugurishga,  40-

50 metr masofani 2-3 marta yugurib o`tishga o`rgatish. 

Xoda  ustida  o`tirib  oldinga  siljishga  o`rgatish.  Narvon  yordamida  tepaga  chiqishga  va  pastga 

tushishga  o`rgatish.  Arqon  yonida  turib,  uni  mumkin  qadar  balandroqdan  ushlash  uchun  intilishga 


o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish, arg`imchoq uchishga o`rgatish. Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan 

sport toshlarini yumalatishga o`rgatish.  

Cheklangan satr va chiziq bo`ylab  yonma – yon qadam tashlab o`tishga, qiya qo`yilgan taxta ustidan 

yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda, qaldirg`och bo`lib turishga o`rgatish. 

Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko`tarish va pastga tushirishga o`rgatish. 

Og`il  bolalar  bilan  “Oq  suyak”,  “Quloq  cho`zma”,  “Eshak  mindi”  kabi  o`yinlarni  o`rgatish,  qiz 

bolalarni esa “Sopalak”, “Xappak”, “Besh tosh”, “Cho`p qo`g`irchoq” singari milliy o`yinlar o`ynashga 

jalb etish. 

Musiqa ohangiga mos harakat qilishga o`rgatish. Quvnoq va hazil musiqalarning ohangiga mos holda 

harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida boshlash va  yakunlash, navbatma  – navbat  goh oyoq bilan, 

goh tovoni bilan qo`yish, oyoqlar bilan tappilatish, qadamma –qadam yurish, cho`kkalagan holda o`tirib 

musiqa  ohangini  qarsaklarda  ifodalashga  o`rgatish.  Musiqa  ohangiga  mos  ravishda  qo`llarni 

harakattirishga o`rgatish.  

Bolalarni  jismoniy  rivojlanishini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  kuy  va  qo`shiqlar  tavsiya  etiladi. 

O`zbek xalq kuylari – “Do`lancha”, “Andijon polkasi”, “Yallama yorim”, “Qori navo”, “Chertma”, “O`z 

o`zingni tanib ol”, M.Ikramova – “Ha, o`yna, o`yna”, I.Akbarov – “Ayiqlar raqsi”, Q.Qodirov “Marsh”, 

N.Norxo`jayev – “Kim chaqqon”. 

Bolalarning  jismoniy  kamolatini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  harakatli  o`yinlar  tavsiya  etiladi. 

“Zag`izg`on”,  “Kim  uzoqqa  sakraydi?,  “Kalit”,  “Do`ppi  yashirma”,  “Chavandozlar”,  “Chambarakni 

tushirish”, “Qushim boshi”, “Hamma o`z bayrog`iga”, “Ovchi va Quyoncha”, “Chuqurchaga tushirish”, 

“Yakkama  –  yakka  tortishmachoq”,  “Xo`rozlar  jangi”,  “Arg`imchoq”,  “Sopalak”,  “Kim  tez  tortadi”, 

“Koptokni urish”, “Do`ngdan-do`ngga”. 

 

“ALPOMISH” VA “BARCHINOY” testlarini bajarish. 

 

Bilish.  Yuvinish,  artinish,  cho`milishni  gigienik  ahamiyati,  jismoniy  mashq,  o`yin,  sayr  uchun 



kiyimlarni tanlash. 

Bajara  olish,  jamoada  o`zini  tuta  bilish,  musiqa  jo`rligiga  raqs  tushish,  nostandart  buyum  va 

jihozlardan foydalana olish.  

 

 



T/r 

Sinov turlari 

O`lchov birligi 

O`g`il bolalar 

Qiz bolalar 

Mo`kisimon yugirish 



3x10m sek 

10,8 


11,2 

Sakragichda sakrash 



Marta 

18 


20 

Ko`p sakrashlar  



Marta 

14 


10 

Kichik  koptokni  nishonga 



uloqtirish 

5 marta 




Joyda uzinlikka sakrash 

Sm 


105 

95 


Gimnastika 

narvoniga 

tirmashib chiqish 

2,0 


1,5 

Osilish va sakrashlar 



 

Bilish 


Bilish 

Suzish (suvdagi o`yinlar) 



Min 

15 


12 

Yaylovlarda sayr qilish 



Km 

15 


12 

10 


Buyumli xarakatli o`yinlar   

Bilish 


Bilish  

 

 



 

O`zbekiston  haqida  tasavvur  hosil  qilish.  Bolalarning  shuuriga  Vatan  tuyg`usini  singdirish,  ularda 

xalq,  millat,  yurt  haqida  tasavvur  uyg`otish.  O`zbekistonning  mustaqillik  bayrami  ekanligi  haqida, 

mustaqil  davlatimiz  gerbi,  bayrog`i  va  madhiyasi  haqida  umumiy  tasavvur  hosil  qilish.  Madhiyani  ijro 

etishga o`rgatish. 

Toshkent – O`zbekistonning poytaxti ekanligi haqida tushuncha hosil qilish.  



Bolalarga bayramlarning tarixi, ularning nishonlanishi haqida ma`lumot berish. Bu bayramlar haqida 

she`r va qo`shiqlarni  yodlash. Bolalarda harbiy vatanparvarlik, botirlik va mardlik tuyg`usini uyg`otish. 

Amir Temur, Bobur, Jaloladdin Manguberdi, Sobir Raximov kabi sarkardalar va ularning hayoti haqida 

ma`lumot  berish.  Sarkardalar  haqidagi  asarlarni  o`qib  berish,  ularning  hayoti  va  faoliyatini  aks 

ettirishgan rasmlarni ko`rsatish, she`rlar yodlash. 

Bolalarning so`z boyligini oshirish (3 mingtaga etkazish). Bolalar lug`atidagi so`zlarni faollashtirish, 

qisqa  –  qisqa  qiziqarli  savollar  berib,  ko`proq  gapirishga  undash.  Jumladan:  “Qaysi  sarkardalarni 

bilasiz?”, “Ular qanday jang qilishgan?” kabi savollar bilan murojaat qilish. 

Bolalarda nutqning gramatik jihatdan to`g`ri rivojlantirishni ta`minlash. Bolalarning nutq tovushlarini 

o`zaro bir-biridan farqlagan holda to`g`ri talaffuz etishlarini ta`minlash. 

Bolalarda so`zlardagi har bir nutq tovushini alohida va boshqa tovushlar bilan birgalikda talaffuz qila 

olish malakasini rivojlantirish. 

So`zda tovushlar ketma-ketligini farqlash, tovushlardan bo`g`inlar, so`zlar tuzishga o`rgatish. Bosma 

ko`rinishdagi  harflar  bilan  tanishtirish,  kesma  harflar  yordamida  nutq  tovushi  bilan  harfning  farqi  va 

umumiy tomonlarini o`rganish. 

Bolalarning  mantiqiy  tafakkurini  va  hisoblash  malakasini  o`stirish.  Bolalarni  20  gacha  to`g`ri 

sanashga, 10 dan 1 gacha teskari sanashga o`rgatish. 

10  gacha  tartib  bo`yicha  sanog`ini  mustahkamlash.  “Nechta”,  “Nechanchi”  kabi  savollari  to`g`ri 

javob berishga o`rgatish. 

Son bilan masofa, buyumlarning shakl va o`lchami orasidagi aloqadorlikni aniqlash. 

10 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa (buyumlar  misolida ajratish) . masalan: 

“Senda 10 ta olma bor, ikkitasini ukangga berding. O`zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat 

qilish. 

10 ichiga barmoq, sanoq cho`pi va buyumlar yordamida qo`yish va ayirishni o`rgatish.  

Butun va bo`lak tushunchasini anglatish. Bunda  butunning bo`lakdan kattaligini,  bo`lak butunning 

qismi ekanligini tushuntirish. 

Geometrik shakllarning (uchburchak, to`rtburchak) tomoni, uchi va burchagi haqida ma`lumot berish. 

Masalan: uchburchakning uchta tomoni, uchta uchi, uchta burchaki borligini tushuntirish. 

Tayoqchalarning  o`rnini  almashtirish  asosida  berilgan  shakllar  (uchburchak,  to`g`ri  to`rtburchak, 

kvadrat) ni o`zlashtirishga oid topshiriqlarni bajarishga o`rgatish. 

Atrofdagi buyumlar orasida o`ziga tanish bo`lgan geometrik shakllarni topish va ularni izohlash. 

Bolalarning  mantiqiy  o`stirish  maqsadida  quyidagi  didaktik  o`yinlar  va  mashqlar  tavsiya  etiladi: 

“Savollar  izlang”,  “Nima  o`zgardi?”,  “Nechta  bir  xil  doira?”,  “Matematik  estafeta”,  “U  yerda  qancha 

qoldi”,  “Maydalang”,  “Domino”,  “Uddaburon  sanoqchiga  –  bayroqcha”,  “Doirani    aylantiring”, 

“Topingchi,  kimning  bo`yi  uzun?”,  “Geometrik  domino”,  “Shakllarni  to`rtta  cho`ntakka  joylang”, 

“Ziyrak  bo`ling”,  “Berilgan  shaklni  kim  tezroq  tuza  oladi?”,  “Qanday  shakl  hosil  bo`ladi?”,  “Shaklni 

toping”,  “Qaysi  shakl  yetishmaydi?”,  “Men  nimani  aytsam  shuni  bajaring”,  “Qayerga  borib,  nimani 

topamiz?” , “Shakllarni to`g`ri joylashtiring”. 

Bolalarga  tevarak  –  olam  va  tabiat  hodisalari  haqida  ma`lumot  berish.  Yorug`lik,  elektr  va  issiqlik 

hodisalari  (quyosh  yoritadi  va  isitadi,  elektr  chiroq  yonadi,  elektr  dazmol  isiydi  kabilar)  magnit 

(magnitlarning  o`zaro  tortishishi),  temirlarni  o`ziga  tovush  (buyumlarni  bir  –  biriga  urganda  tovush 

chiqishi,  hayvonlarning  tovushi  va  insonlarning  nutq  tovushi  orasidagi  farq)  haqida  dastlabki 

ma`lumotlarni berish. 

Inson  tafakkurining  mahsuli  bo`lgan  turli  texnik  vositalar  (radio,  televizor,  videomagnitafon, 

kompyuter)  haqida  ma`lumot  berish,  “Tetris”,  “Sego”,  va  “Dendi”  kabi  kompyuterlar  bilan  bog`liq 

o`yinlar tashkil etish. 

Yil, fasllari, ularning nomi va o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.  

O`simliklarning  tarkibiy  tuzilishi  (ildizi,  tanasi,  bargi)  haqida  tasavvur  hosil  qilish.  O`simliklarning 

fasllarga ko`ra o`zgarishi haqida ma`lumot berish. 

Daraxt va butalar kurtaklarini bo`rtishi, barg yozishi va gullashi, maysalarning o`sib chiqishi haqida 

tasavvur hosil qilish. 

O`simliklarni parvarish qilishda va hosilini yig`ishda ishtirok etishga o`rgatish.  



Hovlida  (chinnigul,  atirgul,  moychechak,  nastarin,  gulxayri,  rayhon,  namozshomgul)  va  xonada 

(sabur – aloe, qumanjir – kaktus va boshqalar) o`sadigan gullar va ularni o`zaro farqlashga o`rgatish. 

Uyda parvarish qilinadigan qushlar (to`ti, bedana, konareyka, sa`va, tovus kabilar) bilan tanishtirish, 

ularni parvarish qilishga o`rgatish. 

Uyda  boqiladigan  parrandalar  (tovuq,  o`rdak,  g`oz,  kurka)  haqida  kengroq  ma`lumot  berish,  ularni 

parvarish qilishga o`rgatish. 

Baliq, qurbaqa, ilon, chayon, ninachi, chumoli, qo`ng`iz, qurt, chigirtka, kapalak,  sichqon, kalamush 

kabi  jonivorlar  haqida  ma`lumot  berish.  Ularda  nisbatan  foyda  yoki  zarar  keltirishiga  qarab  to`g`ri 

munosabatni  shakllantirish  hayvonlarga  g`amxo`rlik  ko`rsatish  va  ulardan  o`zini  muhofaza  qilishga 

o`rgatish. 

Bolalarga inson uchun zarur bo`lgan iqtisodiy – ekologik va tabiiy ehtiyojlar haqida ma`lumot berish. 

Bolalarda  dastlabki  iqtisodiy  tushunchalarni  shakllantirishga  e`tibor  berish.  Bozor,  bozor  iqtisodiyoti, 

pul,  tovar,  sotish,  sotib  olish,  tejamkorlik  isrofgarchilik,  uvol,  sifat,  narx,  biznes,  biznesmen,  barter 

singari  tushunchalar  haqida  dastlabki  ma`lumotlarni  berish.  Bolalarni  savdolashib  xarid  qilishga 

o`rgatish. 

Bolalarga  suv,  havo,  oziq-  ovqat,  kiyim  –  kechak,  yorug`lik,  issiqlikning  inson  hayotidagi 

ahamiyatini,  bularning  manbalarini  toza  saqlash  zarurligini  tabiatning  tozaligi  faqat  tabiat  uchungina 

emas,  balki  odamlarning  o`zlari  uchun  ham  g`oyat  zarur  ekanligini  tushuntirish.  Maysa,  o`t  –  o`lan, 

daraxtlar,  quyon  va  turli  jonivorlarga  ozor  yetkazish,  ularga  zarar  keltirish  mumkin  emasligi  borasida 

tushuncha uyg`otish.”Savob” va “gunoh” tushunchalarini ekologiya sohasida tatbiq etishga o`rgatish. 

Inson  yashashi uchun muayyan shart – sharoitlarning zarurligi haqida tasavvur hosil qilish,  yashash 

uchun  zarur  bo`lgan  moddiy  ne`matlarni  yaratish  uchun  qilinadigan  harakatlar    to`g`risida  ma`lumot 

berish.  

Mehnat  inson  ehtiyojlarni  qondiruvchi  asosiy  manba  ekanligini  tushuntirish.  Mehnat,  dam  olish  va 

salomatlikni muhofaza qilish haqida dastlabki tushuncha berish. 

Sog`liqni saqlash muassasalari (shifoxona, dorixona, poliklinika, oromgoh, dam olish uylari) haqida 

ma`lumot berish. Shifokor, hamshira “tez yordam” haqida tasavvur hoail qilish. 

Uy  xo`jaligi  haqida  tasavvur  hosil  qilish.  Oila  xo`jaligining  faoliyati  –  hayotiy  ehtiyoj  ekanligini 

aniqlash.  Xonadagi  jihozlar,  xo`jalik  mollari,  bog`,  tomorqa  oila  ehtiyojini  qondirish  manbai  ekanligini 

tushuntirish. 

Oila, unda kattalar hamda bolalarning burch va vazifalari haqida ma`lumot berish.  

Ishlab  chiqarish  va  unga  bo`lgan  ehtiyoj  qo`l  mehnati  orasidagi  tafovutlar  haqida  dastlabki 

tushunchalar berish. 

Qishloq xo`jalik  mahsulotlari  va jamiyatda ularga bo`lgan ehtiyoj,  qishloq va shahar orasidagi  farq, 

sanoat tovarlari haqida ma`lumot berish.  

Aloqa vositalari (pochta, telefon, telegraf, radio, televizor, matbuot) haqida ma`lumot berish. 

Transport  vositalari  (avtomobil  transporti,  temir  yo`l  transporti,  havo  transporti,  suv  transporti) 

haqida tasavvur hosil qilish. 

Ta`lim  olish  va  ma`naviyat  (maktab,  kitob,  gazeta,  jurnal,  kino,  teatr,  konsert,  istirohat  bog`lari, 

madaniyat saroylari, sport majmualari) haqida tushuncha berish. 

Jamiyatda  kishilar  hayotini  muhofaza  qilish  (harbiy  qo`shinlar,  militsiya,  o`t  o`chirish,  chegara  va 

chegara  xizmati)  haqida  tushuncha  hosil  qilish.  Mulk  (shaxsiy  mulk  va  davlat  mulki)  va  uni  muhofaza 

qilish haqida dastlabki ma`lumot berish. 

Uyda  ko`chada,  bog`chada  xavfsizlikni  saqlash  haqida  tasavvur  hosil  qilish.  Bolalarda, 

mehnatsevarlik, mustaqillik, mehnati natijasidan qoniqish sifatlarini shakllantirish. Bolalarda maqsad sari 

intilish, intizomlilik, saranjom – sarishtalik kabi fazilatlarni rivojlantirish, foydalangan buyumlarini toza 

va saranjom tutishga, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish. 

Bolalarni  hunarmandchilikka  qiziqtirish.  Duradgor,  naqqosh,  o`ymakor,  sopolsoz,  kashtachi, 

tikuvchi, do`ppido`z kabilarning mehnati bilan tanishtirish. 

Tabiiy  materiallar  (tol  novdasi  yong`oq,  danak,  tuxum  po`choqlari,  tosh,  qamish  va  boshqalar)  dan 

o`yinchoqlar yasashga o`rgatish. 

Mehnat materialini isrof qilmaslikka, ortiqcha chiqit chiqarmaslikka o`rgatish. 



Loy  va  plastilindan  meva  va  sabzovotlar,  hayvonlar,  qushlar,parrandalar,  turli  o`yinchoqlar,  uy-  

ro`zg`or buyumlari shaklini yasashga o`rgatish.  

Bolalarning badiiy  fazoviy tasavvurlarni kengaytirish maqsadida qog`oz va kartondan buklab,qirqib 

yelimlab  yopishtirish  orqali  turli  buyumlarni  (quticha,  sandiqcha,  kursicha,  xontaxtacha,  uycha, 

shkafcha) yasash malakasini hosil qilish. 

Bolalarni ma`nan rivojlantirish. 

Bolalarda  nafosat  va  orastalikni  tarbiyalash.  Badiiy  asarlar  yordamida  bolalarning  til  boyligini, 

ruhiyatini va estetik dunyosini rivojlantirish hamda milliy odob-ahloq me`yorlarini singdirish. 

Jamoat  joylarida,  uyda  tartib  va  ozodalikni  saqlash,  o`zini  kamtarona  tutish,  o`zgalar  narsasini 

talashmaslikka, katta-kichikka yo`l va joy berish. 

Bolalarni  “Keling,  marhamat”,”Mumkinmi?”,  “Kechirasiz?”,  “Osh  bo`lsin”,  “Xo`r  bo`ladi”,”Xush 

kelibsiz”,”Raxmat”,”Marxamat”,”Xayrli tun”,”Yaxshi yotib turing”, kabi so`zlarni o`z o`rnida qo`llashga 

o`rgatish.  Bolalar  bilan  uyushgan  holda  o`ynashga,  bolalar  bilan  do`stona  munosabatda  bo`lishga 

o`rgatish.Ularda tashabbuskorlik hislatlarni shakillantirish. 

Bolalarni go`zallikni farqlashga, unga intilishga,orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish. 

Bolalarning  badiy  didini  o`stirish.  Badiy  asarlar  orqali  bolalar  ma`naviy  olamini  rivojlantirish. 

Bolalarni  o`zlari  bilan  ertak,  hikoya,  voqea-hodisalarni  so`zlab  berishga,  mustaqil  ravishda  hikoya 

tuzishga o`rgatish. 

Bolalarni  yoshiga  mos  keladigan  asardagi  badiylikni  his  etishga,  ulardagi  asosiy  ma`noni  tushunib 

olishlariga  erishish.  Bolalarda  diolog,  monolog  tarzidagi  nutqni  rivojlantirish.  Bolalarda  o`zbek  xalq 

og`zaki  ijodi  namunalari,  mumtoz  adabiyot  vakillari  va    hozirgi  zamon  shoirlari  haqida  daslabki 

tushunchalarni uyg`otish. Ularni ertak, maqol, topishmoqlarni obrazli ifodani xis etishga odatlantirish. 

Bolalar  nasriy  asarlarda  aks  ettirilayotgan  voqea  –  hodisalar  mohiyatiga  chuqurroq  tushunishlariga, 

unda  ishtiroq  etayotgan  qahramonlar  orasidagi  to`qnashuvlarning  sabab  va  oqibatlari  haqida  fikirlab, 

mustaqil  xulosalar  chiqarishga  alohida  ahamiyat  berish.  Nasriy  asarlarni  so`zlab  berayotganlarida 

nutqlarida badiiy tasvir vositalaridan ijodiy foydalanishlariga, ularda ishtiroq etayotgan persanajlar ruhiy 

kechinmalarini tushunib, ravon bayon etishlariga o`rgatish. 

Bolalarning badiy asarlarga adabiyuotga qiziqtirish nutqini o`stirish va ularning badiy didini o`stirish 

maqsadida quyidagi asarlarni o`qish tavsiya etiladi.. 

O`zbek  xalq  ertaklari:”Nima  eksang,  shuni  o`rasan”,  “Ovchi”,  “Ko`kcha  va  Dono”,  “Zumrat  va 

Qimmat”,”Egri  va  to`g`ri”,  “Sahiylik  va  bahillik”,”Uch  og`ayni  botirlar”,”Vofodor  it”, 

“Boroqvoy”,”Teremoq”(rus  xalq  ertagi).J.Rozzoqov-“Qor  yog`moqda”,  Alisher  Navoiy-  “Sher  bilan 

Durroj”,  “Xotami  toy”,Z.Ibroximov-“Urishqoqgul  va  bola”,  “Uyqu  nega  hafa  bo`ldi”,  Ya.Sa`dullaeva- 

“Chamadon”,  “Rustamjon”,”Alpomish”,”Shirin  va  Shakar”  dostonlaridan  olingan  parchalar. 

A.S.Pushkin-“Baliqchi  va  baliq  haqida  ertak”,  Bobur-“boburnoma”(parcha),  N.Narzullaev-  “O`lkam”, 

Y.Sulaymon  –“Nurli  zamon”,  A.  Obidjon-“Temur  bobo”,  M.A`zam-“Yer  aylandi”,”Onam  ishdan 

keladi”,  N.Orif-“Tinchlik”,  A.Oripov-“onatilimga”,  X.Raxmat-“Esonmisiz-Omonmisiz”,T.Yo`ldosh- 

“Mexmon”,”Ota-ona”,  R.Mo`min-“Bivijonim  bivijon”,  T.  Ortiqxo`jaev  –“Kulcha  non”,  A.Akbar-

“Oriyatli  kuchikcha”,  D.Rajab-  “yoz  tingi”,”So`ngi  yaproq”,  M.Yusuf-“Orzu”,  “Qushlar  ham  yig`lasa 

kerak”,U.Azim-“Qo`rqmasmi bog`”, “Uch shaxzoda”(hind ertagi). Muchalning kelib chiqisgi (Xitoy xalq 

ertagi),”O`n  ikki  oy”(Slovak  ertagi),”Rahimdil  ovchi”(Amerika  xalq  ertagi),  “Turna  pati”(Yapon 

ertagi),”bahtiyor Gans”(Olmon halq ertagi). “Bir kalava yung”(Farang xalq ertagi). 

Bolalarda  daslabki  huquqiy  tushunchalaruni  shakillantirishda  davom  etish.  Maktabga  tayyorlov 

yoshdagi bolalarda huquqqa doir tushunchalarni O`zbekiston Konstitutsiyasida amal qilgan holda tarkib 

toptirish.”mumkin”,”mumkin emas”,”yaxshi”,”yomon”,”haq”,”hohaq”,”tartib” “qoida”,”intizom”,singari 

tushunchalar  bilan  tanishtirish.  Bolalarda  jamiyat  talablariga  bo`ysunish  tuyg`usini  tarkib  toptirish. 

Ko`ngliga  kelgan,  o`zi  hohlagan  har  qanday  ishni  qilaverish  mumkin  emasligiga  ko`niktirish.  Ularda 

vaqti kelganda, o`z istaklarini jilovlash tuyg`usini shakllantirish. 

Bolalarda tasviriy san`at namunasi mazmunini anglashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish. 

Xalq  og`zaki  ijodi  namunalari,  tarixiy  yodgorliklar,  zardo`zlik,  kashtachilik,  chilangarchilik  namunalari 

bilan tanishtirish. 


Bolalarni  kitoblardagi  rasmlar,  kitoblarni  bezatishlarning  o`ziga  xos  xususiyatlari  bilan  tanishtirish. 

Ularga  rasm  chizishga  kerak  bo`ladigan  asosiy  qurollar  (qalam,  flomaster,  moyqalam,  akvaren,  bo`yoq 

kabi) bilan ishlash haqida ma`lumot berish. 

Dekorativ naqshlarni ishlashga o`rgatish. Turli ranglar vositasida manzaralar yaratishga o`rgatish.  

Ertak.  She`r  va  boshqa  asarlar  asosida  voqeaband  rasmlar  chizishga  o`rgatish.  Doira,  kvadrat,  yo`l-

yo`l chiziqlardan foydalanib aylanma va jimjima chizishga o`rgatish. 

Qog`oz yuzasidan chizayotgan tasvirni to`g`ri joylashtirishga o`rgatish. Kerakli rangni tanlab olish va 

uni o`rinli ishlatish malakasini shakllantirish. 

Atroflicha narsa – hodisalarni kuzatish asosida mustaqil rasm chizish malakasini rivojlantirish. 

Quyidagi mavzularda yo`nalishi rasm ishlash tavsiya etiladi. 

“Kuzgi  terak”,  “Ko`p  qavatli  bino”,  “Gullagan  daraxt”,  “Parrandalar”,  “Bolalar  sayr  qilmoqda”, 

“Yomg`ir  yog`moqda”,  “Qushlar  donlamoqda”,  “Daraxtdagi  qushlar”,  “Bargi  to`kilgan  daraxt”, 

“O`lkamda qish”, “Qorli tog`lar”. 

Bolalarning  musiqiy  faoliyatining  rivojlantirish.  Bayramni  kayfiyatni  ko`taruvchi  qo`shiqlarni 

aytishga o`rgatish. Mumtoz kuylarni tinglash va his etishga o`rgatish. 

Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va xissiyotlarini tarbiyalash maqsadida quyidagi 

kuy  va  qo`shiqlarni  aytishga  o`rgatish  tavsiya  etiladi:  o`zbek  xalq  kuylari,  qo`shiqlari  –  “Choriy 

chambar”, “Boychechak”, “Qaldirg`och”, “O`ynaylik omon”, o`zbek xalq kuylari – “Munojat”, “Rohat”, 

M.Burxonov  “O`zbekistonning  davlat  madhiyasi”,  “Oltin  paxta”,  M.Dadaboyev  –  “O`zbekiston 

mustaqil”, “Navruz muborak”, “Tinchlik qo`shig`I”, S.Boboyev – “Terimchi qiz qo`shig`i”, N.Kenjayev 

–  “Quyoshli  O`zbekiston”,  I.Akbarov  –  “O`zbek  askari”,  M.Mirzayev  –  “Bahor  vasli”,  G`.Qodirov  – 

“Bahor”, “Rahmat onajon, rahmat bog`chajon”, N.Noxo`jaev – “Gul terdi gullar”. 

O`yin  jarayoni  orqali  bolalarni  o`zbek  xalqining  milliy  turmush  tarzi,  o`ziga  xos  urf  –  odatlari, 

kundalik mashg`ulotlari, odamlarning fe`l – atvori, xarakatlari bilan yaqindan tanishtirish bolalarni o`yin 

uchun  zarur  bo`lgan  narsalarni  tayyorlashga  o`rgatish.  Kashfiyotga,  fikrlashga  undaydigan  o`yinlarni 

tashkil etish. Sahnalashtirilgan o`yinlarni o`ynashga sharoit  yaratib berish. O`yin jarayonida bolalarning 

mustaqil harakat qilishlariga imkon yaratish. 

Bolalarning nutqini o`stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi o`yin va mashg`ulotlar 

tavsiya  etiladi.  G.Muxammadjanova  –  H.Egamov,  -  “Soya  teatri”,  G.Umarova  –  “Ulug`bek  bobom 

keldilar”,  M.Karimova  –  “Boylandi”,  “Oila”,  “Bo`gcha  –  bog`cha”,  “Choyxonada”,  “Shifokor  – 

shifokor”,  “Kichik  aravakash”,  “Yil  fasllari”,  “Yovvoyi  va  uy  hayvonlari”,  “Qayerda  nima  o`sadi, 

gullaydi, pishadi?, “Ishlash uchun nima zarur?”, “domino”, “Qayerda o`sishini ayt”. “Loy o`yini”, “Ip – 

ip”, “Tomga tosh otdim”, “Tomdan tarasha tushdi”.  

 

TEST  SAVOLLARI  



 

1.  Tubandagilardan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhida taalluqli.  

a)  “Qurbaqa qiz” ertagini hikoya qilib berish. 

b)  Bir oyoqda 3-4 metr masofaga sakrash. 

c)  25 sm balandlikdan sakrash 

d)  Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan sport toshlarini dumalatishga o`rgatish. 

2.  A.  Temur,  Z.Bobur,  J.Manguberdi,  S.Rahimov  kabi  sarkardalar  bilan  tanishtirish  qaysi  amalga 

oshiriladi. 

a)  maktabga tayyorlov guruhda 

b)  kichik guruhda 

c)  katta guruhda 

d)  o`rta guruhda 

3.  Tubandagi fikrlardan qaysi biri noto`g`ri  

a)  so`zda  tovushlar  ketma-ketligini  farqlashga  o`rgatish  maktabga  tayyorlov  guruhda  amalga 

oshiriladi. 

b)  Tayyorlov guruhda qo`lni uzmasdan harfni chiroyli yozishga o`rgatiladi. 

c)  Tayyorlov guruh bolalari bosma ko`rinishdagi harflar bilan tanishtiriladi. 


d)  Tayyorlov guruhda harf bilan tovushni farqlashga o`rgatiladi. 

4.  Qaysi biri maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o`rgatiladi. 

a)  Yorug`lik, elektr va issiqlik hodisalari, magnit haqida ilk tushuncha berish. 

b)  E.Vohidovning “Olma”, she`ri yod oldiriladi. 

c)  5 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa ajratish. 

d)  Quyosh va oy bilan tanishtirish 

5.  Qaysi ertaklar maktabga tayyorlov guruhda o`rgatiladi. 

a)  “Na eksang shu olasan”, “Qarg`avoy”, “Gilam”, “Sahiylik va bahiylik” 

b)  “Qurbaqa qiz”, “Zumrad va Qimmat”, “Teremoq”, “Xumacha polvon” 

c)  “Vafodor it”, “Baraqxon”, “Uch og`ayni botirlar”, “Nima eksang shuni o`rasan”, “Egri va to`g`ri” 

d)  “Vafodor it”, “Zumrad va Qimmat”, “Gilam”, “Qarg`avoy”. 

6.  Quyidagi xorijiy xalq ertaklaridan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhda o`tilmaydi? 

a)  “Uch shahzoda” (hind xalq ertagi)  

b)  “Maymun nega daraxtda yashaydi” (Afrika xalq ertagi) 

c)  “Rahmdil ovchi” (Amerika xalq ertagi) 

d)  “Turna pati” (yapon ertagi) 

7.  Duradgor,  naqqosh,  o`ymakor,  sapolsoz,  kashtachi,  tikuvchi,  do`ppido`z  kabilarning  mehnati 

bilan qaysi gururhda tanishtiriladi. 

a)  katta guruhda 

b)  o`rta gururhda  

c)  kichik guruhda  

d)  maktabga tayyorlov guruhda  

 

     


    

 

 



 

 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling