Buxoro xonligini boshqargan Shayboniylar sulolasi:
1. Pirmuxammadxon I - (1557-1561)
2. Iskandarxon - (1561-1583)
3. Abdullaxon II - (1583-1598)
4. Abdulmo’minxon - (1598-1599)
5. Pirmuxammadxon - (1599-1601)
1601 yildan e’tiboran Buxoro xonligida xokimiyat Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi qo’liga o’tadi. 150 yilcha (1601-1753) xukumronlik qilgan. Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo’lmadi. Xonlik viloyatlarida xukumronlik qiluvchi amirlar va beklarning o’zboshimchaligi, markaziy xokimiyatdagi amaldorlar o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, ur-yiqitlar mamlakat tinkasini quritib bordi. Buni ashtarxoniylar sulolasidan Buxoro taxtiga ko’tarilgan o’n nafar xondan ikkitasining taxtdan ag’darilgani, to’rttasining taxt ustida o’ldirilgani ham yaqqol ko’rsatadi.
Buxoro xonligini boshqargan Ashtarxoniylar sulolasi:
Boqimuxammad - (1601-1605)
Valimuxammad - (1605-1611)
Imomqulixon - (1611-1642)
Nazarmuxammadxon - (1642-1645)
Abdulazizxon - (1645-1681)
Subxonqulixon - (1681-1702)
Ubaydullaxon - (1702-1711)
Abulfayzxon - (1711-1747)
Abdulmo’min (soxta xon) - (1747-1748)
Ubaydulla sulton (soxta xon) - (1748-1753)
Inqiroz o’zining yuqori pallasiga chiqqan XVII asrning 40-yillarida Eron shoxi Nodirshox Buxoro xonligiga yurish qilib uni o’ziga bo’ysundiradi. Buxoro xonligida katta nufuzga ega bo’lgan Mang’it urug’ining vakili Muxammad Raxim 1747 yilda ichkilikbozlik va maishatbozlikka berilib ketgan Abdulfayzxonni, so’ngra rasman xon deb (soxta xon) e’lon qilingan uning o’g’illari: Abdulmo’min va Ubaydullo sultonlarni o’ldirib, xokimiyatni o’z qo’liga oladi.
Muxammad Raxim 1753 yilda o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi. Shundan e’tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |