Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Download 0.59 Mb.
bet29/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

siyosati va amaliyoti.
Rossiya harbiy vaziri D.Milyutin, podshox maslaxatchisi V.Girs 1867 yilda «Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi» xaqida qonun loyixasini tuzdilar va bu qonun kuchga kirdi. Turkiston Generel-gubernatorligi tashkil etilib, o’lkada mutlaq xokimiyat uning qo’liga o’tdi.
Turkiston General-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar uchastkalarga bo’lingan. Viloyat harbiy gubernatorligiga general darajasidagi, uezd boshlig’iga polkovnik darajasidagi, uchastka boshlig’iga kapitan darajsidagi zobitlar tayinlandi.
Turkistonni Rossiya xukumati iqtisodiy jixatdan batamom bo’ysundirish, uning boyliklarini tashib ketish, o’lkani xom ashyo manbasiga va tayyor maxsulotlar sotiladigan bozorga aylantirish siyosatini chor Rossiya dvoryan-pomeshiklar va burjuaziya doiralari qo’llab-quvvatladi, ular o’lkani zuluk kabi so’rishga kirishib ketdilar.
Chor Rossiyasi Turkistonni paxta xom ashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish, Turkiston xisobiga paxta mustaqilligiga erishish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi.
Podshox ma’muriyati Turkistonning doimiy egasi bo’lish uchun «ko’chirish» siyosatini qo’lladi. Kaufman tashabbusi bilan 1875 yildayoq Avliyoota tumanida Rossiyadan ko’chirib keltirilganlar xisobiga 8 ta rus qishlog’i vujudga keldi. 1910 yilga kelib 124 ta rus qishlog’i vujudga keldi, ularda 70 mingga Yaqin ko’chib kelganlar yashardi.
Podshox ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirsh, uning janubiy chegaralarida harbiy iste’komlar qurish, boyliklarni va etishtirilayotgan xom ashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889 yillarda O’rta Osiyo temir yo’li qurildi.
Rossiya imperiyasi Turkiton xalqini ma’naviy-madaniy jixatdan tutqunlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning moxiyati, mazmuni maxalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, xullas ruslashtirishdan iborat edi. Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy-madaniy boyliklari talon-taroj qilindi.
Islom diniga e’tiqod qilgan ruxoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. Maorif va madaniyat soxasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884 yilda Toshkentda dastlabki "rus-tuzem maktabi" ochildi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi.
Xulosa qilib aytganda, maorif va madaniy hayotda ham chorizmning mustamlakachilik siyosati yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy hayotini cheklab, o’z manfaatlariga bo’ysundiruvchi yo’l tutdi. Turkistonda chor Rossiyasining yuritgan siyosati umuman olganda o’lkaning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy, salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling