Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


TURKISTON MUXTORIYaTINI TAShKIL TOPIShI


Download 0.59 Mb.
bet31/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

TURKISTON MUXTORIYaTINI TAShKIL TOPIShI.

Toshkentda xalq komisarlari kengashi Turkiston musulmonlari vakolatli s’ezdining mamlakatni idora qilishni erni xalq qo’liga topshirishi xaqidagi qarorini rad etganidan so’ng, «Markaziy Sho’roi Islom» tashkiloti xokimiyat masalasini hal etish uchun mustaqil harakat boshlashga majbur bo’ldi. Biroq Toshkentda mustahkam joylanib olgan sovet komissariati qizil qo’shin kuchiga tayanib, milliy markaz deb hisoblangan. «Markaziy Sho’roi Islom» harakatiga ochiqdan-ochiq to’sqinlik qildi. Shundan keyin milliy markaz o’z harakatini Qo’qondan turib davom ettirishga qaror qildi.
1917 yil 26 noyabrda Qo’qon shaxrida o’lka musulmonlarining IV –favqulotda s’ezdi ish boshladi. Unda o’lkaning barcha mintaqalari va ko’pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil xozir bo’ldi. Kun tartibiga o’lkani boshqarish shakli, Turkiston markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston taosis majlisi, militsiya, moliya va boshqa masalalar qo’yildi.
S’ezdda uch kunlik munozaralardan so’ng vakillar Turkistonning bo’lg’uvchi siyosiy tuzumi to’g’risidan qatoiy bir fikrga yakdillik bilan kelishib oldilar. 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorda, jumladan, shunday deyiladi; «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi daovat etgan xalqlarning o’z ‘uquqlarini o’zlari belgilash ‘ususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb eolon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topishi shakillarini Taosis majlisiga xavola etadi».
28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi «Turkiston muxtoriyati» deb ataladigan bo’ldi. Xokimiyatni esa ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar Turkiston muvaqqat Kengashi Turkiston xalq majlisi qo’lida bo’lishi ta’kidlandi.
Umummuslmon s’ezddining 27- noyabrda Turkiston Muxtoriyatini tashkil qilganligi xaqidagi qarori o’lka xalqlarini ruxlantirib yubordi. Turkiston xalqlari muxtoriyatni qo’llab-quvvatlab mitinglar, yig’inlar, uyushtirdilar. 1917 yilning 1 dekabrida Toshkentdagi Jome’ masjidida o’tkazilgan mitingda jami 60 ming kishi qatnashdi.
6 dekabrda Namangan uezdida 100 mingga qadar kishi ishtirok etgan namoyishi bo’lib o’tdi. Unda namoyishchilar bayroqlariga «Yashasin muxtoriyatli Turkiston” deb yozilgan so’zlar xilpirab turar edi.
7 dekabrda Qo’qon shaxrining 42 jamoat tashkilotchilari nomidan yig’ilgan vakillarning qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.
13 dekabr kuni ertalab soat beshda extimoldagi tartibsizliklarni bartaraf etish maqsadida harbiy qismlar O’rda Yaqinida Eski shaharga o’tiladigan yo’llarni berkitdi. Shu kuni Shayxonto’ur masjidi oldida ko’p minglik miting to’plandi. Namoyishga musulmonlardan tashqari ruslar, yaxudiylar, armanlar, shuningdek, bol’sheviklardan boshqa turli ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning vakillari ham chiqishdi. Ular o’zlarini ma’ruzalarida bol’sheviklarni xatti-xarkatidan noroziliklarini bildirishdi. Harbiylar bilan miting qatanashchilari o’rtasida to’qnashuvlar yuz berdi. Soldatlar avval miltiqdan so’ngra pulemyotdan o’t ochishdi. Natijada 16 kishi ana shu to’qnashuv qurboni bo’lishdi.
13 dekabr voqealari yuzasidan o’lkadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy partiyalar o’zlarini siyosiy pozitsiyalari nuqtai nazaridan munosabat bildirishdilar.
Toshkentdagi sovet xukumati Turkiston Muxtoriyatini o’zi uchun xavfli deb bildi va qanday bo’lmasin uni yo’qotishga tayyorgarlikni boshladi. Vaziyat muxtoriyatchilar foydasiga o’zgarayotganini sezgan bolsheviklar muxtoriyatnining, shuningdek, uni qo’llab-quvvatlagan kishilarning shaxsiy hisoblaridagi barcha mablag’ni musodara qilishi to’g’risida qaror chiqardi. 29 dekabrda esa butun o’lka bo’ylab qamal holati eolon qilindi. Aholi muxtoriyat xukumatiga pul yig’ib berishgan. Bu pullar yangi qonunlarni ishlab chiqishga va uni chop etishga, xukumat askarlarini taominlashga sarflandi. Lekin bu mablag’lar hali etarli emasdi. Yanvar oyining boshlarida muxtoriyat xukumatining askarlar soni 100 kishini, oyning oxirida esa harbiy vazir Ubaydulla Xo’jaev ra’barligida harbiy ko’rik o’tkazilgan paytda milliy qo’shin safi 200 kishiga etgan. Ana shunday qiyin sharoitda ham Qo’qon Muxtoriyati Toshkent bol’sheviklari xukumatiga bo’ysunmadi va ikkala xokimiyat ayni paytda bir-birini rad etuvchi qonunlar qabul qildi va bajarishni talab etdi. Turkistonda ikki xokimiyatchilik yuzaga kelgan edi.
Muxtoriyatchilar 1918 yil 29 dan 30 yanvarga o’tar kechasi oq gvardiyachilar yordamida inqilobiy qo’mita joylashgan Qo’qon qaloasiga xujum uyushtirish bilan bir qatorda telefon stantsiyasini ham egallab oldilar. Ammo Qo’qon harbiy inqilobiy qo’mitasi telegraf va telefon aloqasi uzulgunga qadar sodir bo’layotgan voqea to’g’risida Toshkentga habar berib, harbiy yordam so’rashga ulgurgan edi. 31 yanvar kechasi soat uchda Farg’onadan to’rtta zambarak va to’rtta pulemyot bilan qurollangan 120 kishilik harbiy qism etib keldi. Inqilobiy qo’mita muxtoriyat xukumatiga talabnoma yo’llab, kunduzgi soat uchga qurol-yarog’ni topshirishni talab etilgan. Muxtoriyat xukumati aozolari bolsheviklar talabini javobsiz qoldirdilar. Shundan keyin inqilobiy qo’mita muxtoriyat a’zolarini xibsga olish to’g’risida qaror chiqardi.
1918 yil 18 fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish yuz berdi. Mustafo Cho’qay o’g’li boshchiligidagi xukumat maxkamasi ag’darildi va xukumat boshqaruvi Qo’qon shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi.
19 fevral kuni Toshkendan o’lka harbiy komissari E.Perfil’ev boshchiligida zambaraklar bilan qurollangan qo’shin etib keldi. Perfil’ev shaharni uch tomondan o’rab olib, Ergashga talabnoma yo’lladi. Ergash uni talablarini bajarishdan bosh tortgach, Parfil’ev Qo’qon shaharini zambarakdan o’qqa tutdi. O’q yomg’iri shaharni vayronaga aylantirdi. Ammo muxtoriyatchilar taslim bo’lmadilar. Xar bir binoni, xar bir do’konni, xar bir karvonsaroyni mardlarcha ximoya qildilar. Shaharni sovet qo’shinlaridan uch kun ximoya qildilar. Ammo Turkiston muxtoriyati o’zini ximoya qilishga qodir emas edi. Chunki ular yaxshi qurollanmagan bo’lib, ularning quroli asosan tayoq, bolta, ketmon va pichoqdan iborat edi.
Shu tariqa, qadimgi madaniy markaz boy savdo shahri bo’lgan Qo’qon tag-tugi bilan vayron qilindi va ko’p yillar shu holatda qoldi.
Muxtoriyat xukumati bol’sheviklarning qizil gvardiyachi otryadlari tomonidan 1918 yil 19,22 fevral kunlari vaxshiylarcha tor-mor etildi. Maxalliy aholining asosiy talabi va orzusi bo’lgan milliy davlatchilikni demkoratik asosda barpo etish uchun qo’ygan ilk amaliy qadami bol’sheviklar tomonidan barbod qilindi.
1918 yil 30 aprelda o’lka sovetlarining V s’ezdi bo’lib, unda Turkiston o’lkasi RSFSR ning Turkiston sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.


  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling