Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
Katta Ergash (1921) - Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining dastlabki taniqli nomoyondasi. U Qo’qon yaqinidagi Bachqir qishlog’ida tug’ilgan. Qo’qonning eng mashhur mullalaridan biri bo’lgan, shuning uchun uni Mulla Ergash ham deyishgan. U 1921 yil 19 dekabrda o’z qarorgohi Xonobodda qizil askarlarga qarshi bo’lgan jangda halok bo’lgan.
Mulla Ergash qo’rboshi yigitlari safiga Farg’onadagi sovetlar tuzumidan norozi bo’lgan yuzlarcha va minglarcha kishilar kelib qo’shildilar. Ergash qo’rboshi yigitlari 1918 yil martidan to may oyigacha Bachqirga qizil armiya qo’shilari qilgan tinimsiz xujumlarini qaytarishdi. Shu bilan birga ular ham qizil askar qismlari turgan joylarga 50 martagacha zarba berishdi. Ergash qo’rboshi qo’l ostida 1918 yil kuziga kelib xar birida 20 tadan 1800 tagacha yigit bo’lgan. 70 ta qo’rboshi dastalari harakat qilgan edi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri Marg’ilon militsiyasining sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Axmadbek o’g’li - Madaminbek edi. Madaminbek (1892-1920) - Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining eng mashhur namoyondasi. Madaminbekning asl ismi Muhammad aminbek bo’lib, u 1892 yilda Marg’ilon yaqinidagi So’kchilik qishlog’ida (hozirgi Toshloq tumanida) o’rta hol Axmadbek oilasida tug’ildi. Madaminbek chor Rossiyasiga qarshi harakatlar qilganligi uchun qamoqqa olinib, 1914-1917 yillar davomida Sibirda surgunda bo’ldi. 1917 yildagi fevral inqilobidan keyin u siyosiy maxbus sifatida ozod qilinadi va Marg’ilonga qaytib keladi. «Sho’roi Ulamo» jamiyatining ra’barlari Madaminbekni shahar mirshablari boshlig’i lavozimiga tavsiya etishadi. Madaminbek bu lavozimda 1918 yil yanvar oyining oxrigacha xizmat qiladi. Sovet ‘okmiyatiga nisbatan ishonchini yo’qotgan. Madaminbek 1918 yilning erta bahoridan istiqlolchilar safiga o’tadi. U Turkistonda milliy demokratik davlat barpo qilish tarafdori edi. 1918 yil mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatardi. Bu tarqoq holda bo’lgan istiqlolchilik xaraktini yagona qo’mondonlikka bo’ysindirish va birgalikda harakat qilish maqsadida «Sho’roi Islom» va «Sho’ro Ulamo» tashkilotlari aozolarining tashabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshilarning birinchi quriltoyi chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo’rboshilar qatnashdi. Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib Katta Mulla Ergash saylandi va unga butun Musulmon qo’shinlarining oliy bosh qo’mondoni – «Amir Al-Muslimin» unvoni berildi. Ergash qo’rboshining o’rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuxammadbek tayinlandi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatining muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar, vazifalar qanday bo’lishidan qatoiy nazar, boshdan oxirigacha bir ustivor g’oya - Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi yotadi. Istiqlolchilar o’z safarlaridagi harbiy uyushqoqlikni musta’kamlash maqsadida o’z qo’shinlarining murakkab tuzilmalarini ishlab chiqqan edilar. Umumiy harakatning bosh qo’mondonlari «Amir Al-Muslumin», keyinroq esa «Amirlashkarboshi» deb nomlangan edi. Nufuzli qo’rboshilar (odatda «Qo’rboshi», unvoni «general» darajasiga teng bo’lsa, «pansod» esa «polkovnik» bilan barobar bo’lgan). Turkfront qo’mondoni M.Frunzening 1920 yil may oyi o’rtalarida qabul qilgan buyrug’ini mazmuni, istiqlolchilarga qarshi taktikani o’zgartirish va ularni yoppasiga qirib tashlash bo’lgan. 1920 yilning may oyidan boshlab o’zining yangi pallasiga qadam qo’ygan istiqlolchilik harakati kurashi bayrog’ini Madaminbek o’rniga ko’targan Shermuxammadbek nomi bilan bevosita bog’liqdir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling