Shermuxammadbek (1893-1970). U Farg’onadagi Toshloq tumanining Garbobo qishlog’ida Qo’shoqvoy xoji xonadonida 1893 yilda tug’ildi. Uning asosiy maqsadi Turkistonda Islom jumxuriyatini tashkil qilish bo’lgan.
U xorijda 1942 yilda tuzilgan Turkistonlik muxojirlarning «Vatanni ozod qilish» nomli yashirin tashkilotining asoschilaridan biri hisoblanadi. 1943 yili Afg’oniston xukumati tashkilot raxbarlarini qamoqqa oladi. U ikki yil davomida Qobul qamoqxonasida tutqunlikda turadi. 1959-1959 yillarda Pokistonda yashaydi. 1959—1970 yillari Turkiyaning Adana shaxrida xayot kechiradi. 1970 yil 10 martda Adana shaxrida vafot etdi.
1920 yil avgust va sentyabr oylarida Turkfront qo’mondoni M.Frunzening buyrug’iga ko’ra, Farg’onadagi qo’shinlarning katta qismi Buxoro Amirligini tugatish uchun yuborildi. Ushbu imkoniyatdan foydalangan istiqlolchilar, harbiy tashabbusni o’z qo’llariga olib, harakatni yanada kuchaytirdilar. 1920 yil 10-27 sentyabrda ular Vodil, Gurunchmozor, Chuvol, Urganji qishloqlarini qo’lga kiritib, O’sh va Qo’rg’ontepa stantsiyalarida turgan qizil askar garnizonlariga qaqshatqich zarba berdilar.
Istiqlolchilar kichik-kichik dastalarga va guruhlarga bo’linib ketdi. 1924 yil 1 mayda Farg’ona vodiysida ana shunday kichik qo’rboshi dastalaridan 70 tasi qizil askarlarga qarshi urush olib borayotgan edi.
1926 yilda tugatilgan Turkiston fronti o’rniga Turkiston va O’rta Osiyo harbiy okruglarinng tashkil qilinishi, ularning zamonaviy qurollar va harbiy samolyotlar bilan qurollantirilishi ozodlik kurashchilarini og’ir a’volga solib qo’ydi va ularni qurolni tashlab, kurashni to’xtatishga majbur qildi.
Shu tariqa, Farg’ona vodiysidan istiqlolchilik harakati butun Turkiston tuprog’ida bo’lganidek, 1935 yilga kelib butunlay mag’lubiyatga uchradi.
Birinchi jahon urushining boshlanishi va sabablari.
Reja:
Urushning boshlanishidagi harbiy-siyosiy a’vol.
Qurolli Kuchlarni rivojlanishi, strategiyasi va tomonlarning xarbiy rejalari.
Urushni harbiy siyosiy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |