Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
BOLShEVIKLARNING MUSTABID TUZUMIGA QARShI KURASh. ISTIQLOLChILIK HARAKATI
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
BOLShEVIKLARNING MUSTABID TUZUMIGA QARShI KURASh. ISTIQLOLChILIK HARAKATI.
Turkistonda «Buyuk oktyabr inqilobidan» keyingi sodir bo’lgan voqealar jarayoni shuni ko’rsatdiki, markaziy sovet xukumati o’lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, xatto milliy muxtoriyatni ham ravo ko’rishni istamadi. Ozodlik osonlikcha qo’lga kiritilmasligini tushunib etgan milliy vatanparvarlar qo’lga qurol olib bolsheviklar rejimiga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Sovet mustabid tuzumi mavkurasi ‘ukumronligi yillarida ularga «bosmachilar» deb tamg’a osilib, ataylab kamsitilgan edi. «Bosmachi» so’zi aslida «bosmoq» fe’lidan olingan. Turkiyada nashr qilingan «Buyuk turk so’zligi» (katta turk lug’ati) da bu so’zning ma’nosi «Birdan xujum qilmoq» deb ifodalangan. Podsho va bolsheviklarga qarshi kurashgan Turkistonliklar o’zlarini «bosmachilar» deb tushunishmagan. «Bosmachi» deb, «O’g’ri va bezorilar to’dasi» tushunilgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, «Bosmachi» yorlig’i yopishtirilgan ota-bobolarimizning muborak nomlari qayta tiklandi va ularning xaqiqiy qiyofalari istiqlolchilar sifatida nomoyon bo’ldi. Istiqlolchilik harakati «Turkiston muxtoriyati» xukumatining tor-mor qilinishi bilan boshlangan. Bu davr 1918 yil fevral oyining oxirlariga to’g’ri keladi. Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va katta Ergashlarning nomlari bilan bog’liqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qo’shiniga boshchilik qilgan kichik Ergash qurboshi 1918 yil 19-21 fevralda Qo’qon shaxrida qizil askarlarga qarshi bo’lgan «Ikki kunlik urush natijasida mag’lubiyatga uchradi, uning 2000 kishilik armiyasida omon qolgan ikki yuztacha kishi Kichik Ergash raxbarligida Qo’qon uezdidagi Bachqir qishlog’iga jang bilan chekinishdi». Bachqir qishlog’ida Kichik Ergash yigitlari bilan qal’a shaklida istehkom qurib, mustahkam o’rnashib oldi. 26 fevral kuni Bachqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi xujum qilishdi. 27 fevralda bo’lgan janglarning birida kichik Ergash shaxid bo’lgach, uning o’rniga katta Ergash qo’rboshi Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling