Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Angliya va Frantsiyaga qarshi urush


Download 0.59 Mb.
bet40/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Angliya va Frantsiyaga qarshi urush.

Angliya va Frantsiya 3 sentyabr 1939 y Germaniyaga urush e’lon qilgan bo’lsada, G’arbiy frontda hech qanday jangovar harakatlar olib borilmadi. Ushbu davlatlar provokatsion rejalarini tuzib nima qilib bo’lsa ham, fashist agressorlarini Sovet Ittifoqiga qaratishga intildilar, Angliya va Frantsiyani Germaniyaga urush e’lon qilinishi «g’alati» urush nomini oldi. Inliz va Frantsuzlarni harakatsizligi natijasida fashistlar vaqtdan foydalanib o’zini harbiy bazasini takomillashtirb, yanada kuchli zarba berishga tayyorgarlik ko’rdi.
Aprelda fashistlar Daniyaga kirdi va hech qanday qarshilikka uchramadi. Shu kuni (aprel) Norvegiyaga bostirib kirdi. Norvegiya armiyasi qarshilik ko’rsatishi mumkin edi. Biroq davlat tepasidagi sotqinlar strategik muhim ob’ektlarni bosib olishga yordam berib, armiyani mag’lub bo’lishiga olib keldi. 1940 yilni may oyiga fashist qumondonligi g’arbda 3 ta armiyani (A,B,Ts) guruxlarini tuzib unda 136 diviziya, 10 ta tank, 7 ta motorlashgan, 2 ta xarbiy flot tashkil etib ularda umumiy 3,3 mln. kishi, 2580 ta tank, 3824 ta jangovar samolyot, 7378 ta katta bolibrdagi to’plar mavjud edi. Shu davrgacha Angliya, Frantsiya, Belgiya va Gollandiya 147 diviziya ulardan 104 tasi frantsuz, 20 tasi ingliz, 23 tasi belgiya, 10 tasi golland diviziyasi bo’lib, umumiy soni 3,8 mln kishi, 3099 ta tank, 3791 ta jangovar samolyot, 14544 ta katta kalibrdagi to’plar mavjud edi.
Ittifoqchi kuchlar uchta yirik armiyani Shvetsariyadan to Dyunkerga yoydi. 1-gurux armiyaga - 1, 2, 7, 9 frantsuz va ingliz ekspeditsion armiyasi (tarkibida 41 ta diviziya, 7 ta motorlashgan, 3 ta mexanizatsilashgan) Dyunkerdan to Majikpo liniyasigacha joylashtirildi.
2-gurux armiya - 3. 4, 5 armiya (31 diviziya) Majipodan Litva va Silvestrgacha 8-armiya va bo’lingan korpus (11 ta diviziya) Salestrdan to Shvetsariya chegarasigacha mudofaani o’z ichiga oladi.
6-frantsuz armiyasi janubiy sohilni yopib, 10-armiya esa, Italiya bilan chegaradosh xududda mudofaaga o’tdi. Frantsuz qo’mondonligini quruqlik qo’shinlarida 6 diviziya undan, 3 ta tank diviziyasi. Parijni Sharqiy qismiga joylashtirildi. Nemis fashist qo’mondonligi xujumkor reja tuzib, unda ingliz, frantsuz, belgiya va golland qo’shinlarini qisqa muddat ichida yakson qilishga qaratilgan edi. «Gelg’b» rejasi bo’yicha operatsiyasi Ardan orqali ittifoqchi kuchlarni markaziga zarba berish ular kesib qo’yib Shimoliy guruh armiyasini La-Manshga qisib, uni tor-mor etish bilan keyinchalik Yan va Somma daryosi vazifa qilib qo’yilgan. Nemis fashist qo’mondonligini ikkinchi rejasi «Rot» nomi bilan atalib u 5 iyunda boshlanadi.
Nemis fashist «A» guruxi Am’ena shimolida xujumga o’tib, Kleyst boshchiligidagi gurux asosiy zarbani Am’ena bilan Sedanga qaratdi. Frantsuz mudofaasi chizig’ini yorib o’tishda tank diviziyasi, so’ng piyoda qo’shinlar diviziyasi muvaffaqiyatini rivojlantirdi. Frantsuz qo’mondonligi buyrug’i bilan Frantsuzlar kutilmagan bo’lib, ular zahiralarini jangga tashlashga majbur bo’ldi.
Unutmang. 10 iyun kuni fashist Germaniyasi Frantsiya va Angliyaga urush e’lon qildi. 22 iyun Frantsuz davlati mag’lubiyatini tan oldi. Ittifoqchilar mag’lub bo’lgandan so’ng Evropada Antigitler lageri tugatildi. Frantsiya va Angliyani mag’lubiyatini asosiy sababi ikki tomonlama siyosat olib borib, nemis agressorlariga yon berdilar. Shu bilan birga ittifoqchi kuchlar urushda vaziyatni noto’g’ri baholash, qat’iyatlik, armiya va xalq orasida xamkorlik bo’lmadi.
Angliya va Frantsiya qumondonligining asosiy mag’lubiyati sabablaridan urush harakatini mudofaadan olib borib «g’alaba» ga erishmoqchi bo’ldilar.
Bundan tashqari strategik tezkor harakatlar natijasida vaziyatga noto’g’ri ba’o berib, qumondonlik ra’barlik ma’suliyatini sezmadi. Yana ittifoqchi kuchlar mag’lubiyati xarbiy texnika va qurol aslaxalarini eskirib qolganligidadir.
Fashist qumondonligi ittifoqchi kuchlarni kuchsiz tomonni o’z vaqtida bilib vaziyatni to’g’ri baholab «blitsrig» (chaqmoq tezligida) xujum etrategiyasini amalga oshirdi.
Jangovar harakatlar natijasida aviatsiya katta ahamiyatga ega bo’lib, xavoda o’z xukumronligini o’tkazish bilan birga, quruqlik qo’shinlarini ta’minlash bilan birga dushman ichiga taktik desant tushirishida katta rolg’ o’ynadi. Fashist Germaniyasi G’arbiy Evropada bir qancha muvaffaqiyati yurishidan so’ng, yana bosqinchilik urushiga tayyorgarlik boshladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling