Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasini O’zbek xonliklariga bo’lgan munosabati.
Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi
Reja: 1. XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasini O’zbek xonliklariga bo’lgan munosabati. 2. Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. 3. Chor Rossiyasining Turkistondagi iqtisodiy, ma’naviy-madaniy siyosati va amaliyoti. XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasini O’zbek xonliklariga bo’lgan munosabati. Turkiy xalqlar yashovchi bepoyon xududlarni bosib olish Rossiya podsholarining azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Groznqy zamonida boshlangan edi. U Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarin bosib oladi va endi Turkiston to’g’risida ma’lumotlar to’plashga kirishadi. Shu maqsadda podsho Rossiyadan 1558-1559 yillarda Antoni Jenkinson boshliq elchilarini Buxoroga yuborib, josuslik ma’lumotlari to’plagani ma’lum. Rossiya xukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva xonliklarining iqtisodiy va harbiy a’volini o’rganadi. Rossiya podshoxi Pyotr I birinchi bo’lib Turkistonni bosib olish rejasini tuzgan edi. U Xiva, Buxoro, Qo’qon xokimlarining g’arbiy, shimoliy, Sharqiy chegaralarida harbiy iste’komlar qurish, xonliklarn o’z tobeligiga olish maqsadida katta ekspeditsiya uyushtiradi. XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afrika, Osiy, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. Ayni shu asrda eng yirik mustamlakachi imperiya bo’lishi Rossiyaning O’rta Osiyoni zo’ravonlik yo’li bilan bosib olish, mustamlakaga aylantirish davri bo’ldi. XIX asr hrtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ularning xar biri o’zbek xonliklarini o’z ta’sir doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklar, tabiiy resurslaridan foydalanish, o’z mustamlakasiga aylantirishga intildi. Shu boisdan ingliz- rus raqobati tobora kuchayib bordi. Xindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning tajovuzkor rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya xukumati uning rejalarini barbod qilish choralarini ko’rdi. Josuslik ma’lumotlari to’plash maqsadda yuborilgan Murkfort 1824 yildayoq Buxoroda bo’lgan, ammo maqsadiga erisha olmay shu erda xalok bo’lgan edi. Angliya xukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842 yillarda Angliya xukumati mayor Kanollinni Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq rasmiy xujjatlari bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni qatl etadi. Buyuk Britaniyani O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Chor Rossiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yuborishga qaror qildi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling