Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


Feodal tuzumi davrida O’rta Osiyo xududidagi janglar


Download 0.59 Mb.
bet7/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

Feodal tuzumi davrida O’rta Osiyo xududidagi janglar.
Feodal tuzumi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit.
Reja:

  1. Feodal tuzumi davridagi ijtimoiy- iqtisodiy sharoit.

  2. O’rta Osiyo xalqlari va turk xoqonligi.

  3. Feodal tuzumi davrida Markaziy Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishi.

  4. Arab istilochilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon.

  5. O’rta Osiyo xalqlarining mo’g’ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashi.

  6. Jaloliddin Manguberdi jasorati.




  1. Feodal tuzumi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit.

Mamlakatimiz xududida milodimizning IV-V asrigacha davom etgan quldorlik tuzumi sekin-astalik bilan o’z o’rnini feodal ishlab chiqarish munosabatlariga bera boshladi. («Feodal» - lotincha katta er egasi ma’nosini anglatadi. Turli mamlakatlarda u turlicha nomlarda ishlatilgan: Rossiyada-pomeshchik-krepostnik, Polshada-magnat, shlyaxta va x.k.)
VI-IX asrlar oralig’idagi davrlarda bu xududda ilk feodal jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Turli mamlakatlarda feodal ishlab chiqarish munosabatlari turlicha ko’rinishda sodir bo’lgan. «Feodal ishlab chiqarish usuli hech bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. Xar bir mamlakat, xar qaysi halq va davlat uni o’zining tabiiy sharoitlariga, o’z an’analariga va xatto tarkib topgan o’z turmush tarziga moslashtirar edi». Jumladan, Rusiyada feodal er egasi hisoblangan. Dehqonlar feodal er egasi foydasiga tekin ishlab berishga majbur edilar. Dehqonlar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so’ngra ikki kun, undan keyin uch kun, bora-bora esa butun xafta davomida feodal erida ishlashga majbur qilingan. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimiz singari er feodalning xususiy mulki, dehqon esa bunday mulkdan maxrum. Shu bois u pomeshchik erida ishlamasa ochlikdan o’ladi, oilani boqolmaydi. Feodalizmning bunday eng tugallangan namunasini bergan Rusiyada feodal-krepostnoylik tuzumi XVI asrning o’rtalarida qonun yo’li bilan shakllantirilgan va 1861 yil 19 fevral Nizomi bilan krepostnoylik xuquqi bekor qilingunga qadar harakatda bo’lgan. Shu boisdan shafqatsizlarcha olib borilgan krepostnoy feodal ekspluatatsiya zulmiga qarshi Rusiya dehqonlari Bolotnikov, Razin va Pugachyovlar rahbarligida o’z ozodliklari uchun uch marta qo’zg’olon ko’targanlar, mamlakatimiz xududida esa feodalizm ma’lum darajada o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Bu erda dehqon Rusiyadagi singari mulkdor feodal er egasiga emas, balki erga bog’lanib qolgan edi. Bu erda «er xususiy mulk bo’lmagan, xatto feodal mulki ham tarkib topmagan», deb qat’iy xulosa chiqaradi, G.A. Xidoyatov. Tekin ishlab berish (barshchina) bu erda iqtisodiy jixatdan foydali bo’lmaganligidan, sug’oriladigan dehqonchilik xukmron bo’lgan butun Markaziy Osiyo xududida ekspluatatsiya shakli renta-soliq xarakterini kasb etgan. Renta solig’i ma’lum xududdagi jamoaga uyushgan erkin dehqonlar to’laganlar. Bu erkin dehqonlar «Kadivor»lar deb atalganlar. «Kadivor»lar deb atalmish mayda dehqonlar feodal er mulki xarakterini olgan jamoa boshlig’i-dehqonga soliq to’laganlar. X asr tarixchisi Taboriy shu ma’noda bunday dehqonlarning qaerdan kelib chiqqanligini tushuntiradi. Go’yo afsonaviy podsho Monuchexr xar bir qishloqqa bir dehqonni boshliq qilib tayinlab, bu qishloq aholisiga shu dehqonga bo’ysunish va uning uchun ishlashni buyurgan ekan. Bu hol quldorlikka asoslangan eski shaharlarni tushkunlikka uchrashiga sabab bo’ldi va feodallarning mulklari yonida juda ko’p mayda xo’jalik markazlari vujudga kela boshladi. Kushon davlati inqirozga uchrab tarqab ketgach, ayrim voxalarda mustaqil mulklar paydo bo’ldilar. Bu mulklarning o’z podshochalari bor edi. Ularning nomlari xar voxada xar xil bo’lgan. Jumladan, Buxoroda - Buxorxudotlar, Chog’aniyonda-Chog’onxudotlar, Vardanziyada - Vardanxudotlar, Toshkentda-To’donlar, Samarqand va Farg’onada - Ixshidlar, Osrushanda-Afshinlar, Xorazmda-Xorazmshoxlar, Termizda-Termizshoxi, Iloqda-Dehqonlar kabi. Dehqonlar bu podshochalarni qullar va qaram kishilardan tuzilgan, yaxshi ta’lim olgan harbiy drujinalar-chaqirlari bilan quvvatlab turganlar. Dunyoning boshqa qithalaridan farqli o’laroq, Markaziy Osiyo xududidagi feodalizmning o’ziga xos xususiyati shundaki, bu erda cheklanmagan mustabid Sharqona ko’rinishdagi markazlashgan kuchli xokimiyatga intilish ustivorlik ahamiyat kasb etgan.
Mamlakatimiz xududida ilk feodalizm davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri- Eftalitlar davlatidir.
Eftalitlar davlati yuz yilga Yaqin (V-asr O’rtalarida VI-asr O’rtalarigacha) xukm suradi. Er egalari munosabatlarining paydo bo’lishi Eftalitlar davrining asosiy xususiyati hisoblanadi. Biroq shunga qaramasdan ibtidoiy jamoa tuzumining izlari saqlanib qoladi. Taxminan 563 va 567 yillarda (aniq sanasi aniqlanmagan) eftalitlar davlati boshqa bir ko’chmanchi xalq-turklar tomonidan tor-mor keltiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling