Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Amir Temurning harbiy yurishlari
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
2. Amir Temurning harbiy yurishlari.
U dastavval, Sharqiy xududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod etish uchun 1370 yil oxiri va 1371 yil boshlarida Sharqiy Turkiston tomon yurish qildi. Mo’g’ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berish orasida Farg’ona mulki va boshqa bir qator xududlarni egalladi. Shundan so’ng Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati ham uning tasarrufiga olindi. Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo’g’uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Garchand ular harbiy yurishlar deb atalsa-da, aslida mamlakatning Sharqiy va shimoliy xududlarini mo’g’ullar xujumlaridan qutqarishga qaratilgan urushlar edi. Amir Temur mana shu tinimsiz jangu-jadallar davomida o’z mamlakatining Sharqiy xududlarini mo’g’ullar asoratidan halos qilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga muvaffaq bo’ldi. Uning qudratli mo’g’ul xukumdorlaridan sanalgan amir Qamariddin bilan olib borgan ko’p yillik urushlari ham, mana shu yuksak maqsadga qaratilgan edi. O’z tasarrufida Qoshqar, Issiqkul va Ettisuv voxasini birlashtirgan hamda, 1369 yili Ilyosxo’jani taxtdan ag’darib, Mo’g’uliston xoni bo’lib ko’tarilgan Qamariddin bilan 1370- 1389 yillar davomida, Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jang jadallar oqibatida Movaraunnaxrga qarashli asosiy Sharqiy xududlar uning tarkibiga qo’shib olindi, bu o’zbek davlatchiligining vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Amir Temur 5 marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 y.) Xorazm xukumronlariga qarshi harbiy yurish uyushtirishga majbur bo’lgan. Faqatgina 1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy xukumronligi ag’darilib, bu o’lka saltanat tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi. Bunga qadar Shosh, Termiz, Hisor, Badaxshon, Qunduz singari xududlari Amir Temur xokimyatini e’tirof etib uning itoatiga buysungandilar. Amir Temur necha yillar davom etgan qonli va qonsiz kurashlar, muxim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etadi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni bartaraf qildi, Movaraunnaxr va Xuroson xududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo’ldi. Ulug’ Amir keyinchalik o’zining ko’plab jahongirlik yurishlari oqibatida egallagan yurtlarni, ayrim - ayrim xududlarni o’z avlodlariga suyurg’ol mulk qilib bo’lib bergan. Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini jahonga mashxur qilish, xududlarini kengaytirish, jo’g’rofiy kengliklariga chiqish maqsadida XIV asrning 80- yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386- 1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nixoyat 1398- 1404 yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkazorti xududlari, shimoliy Xindiston, Suriya, Iroq erlari, Kichik Osiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga keldiki, uning dovrug’i butun olamni tutdi. Amir Temurning eng ko’zga ko’ringan janglaridan biri bu, Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi bo’lgan jangi edi. Ikki buyuk turk xokimi O’rtasidagi ziddiyat va qarama - qarshilik borgan sari kuchayib boradi. Amir Temur (1389-1402) bilan hal qiluvchi jangga shoshilmaydi. Iloji boricha bu urushning oldini olishga, uni tinch, siyosiy vositalar bilan hal qilishga, urinadi. Ammo Temurning bu intilishlarini o’ziga xaddan tashqari bino qo’ygan va o’z qudratini yuqori baholagan, Sulton Boyazid nazar-pisand qilmaydi. Soxibqironni kamsitib, xaqoratlaydi va ikki o’rtada boshlangan urushga asosiy sabab bo’ladi. Buni tarixiy voqealar ochiq - oydin isbotlaydi. Qora quyunli turkman qabilasining xokimi, Qora Yusuf 1388-1399 yillarda Armaniston, Iroq va Ozarbayjon sarxadlarida bir necha marta Temur lashkarlariga qarshi janglar olib borgan. Unga Axmad Jaloyir ittifoqdosh bo’lgan. Qora Yusuf bilan Axmad Jaloyirni Sulton Boyazid o’z ximoyasiga oladi va ularga boshpana beradi. Amir Temur Boyazidga o’z elchisi orqali xat yozib, Qora Yusufni unga topshirishini talab qiladi. «Eru ko’kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukurlar bo’lsinki, etti iqlim mamlakatlarining ko’pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari va xokimlari menga egilib itoat qilish xalqasini jon quloqlariga taqdilar. O’z qadrini bilib, xaddidan oshmay jasorat oyoqlarini kiygan bandasini Tangri yorlaqasin. Sening nasli-nasabing kim ekanligi, jahon xalqi oldida ma’lumdir. Shunday ekan, xoliga munosib ish tutib, jur’at oyog’ini oldinga qo’ymaki, ranju mehnat balchig’iga botib, balo chuquriga yiqilgaysan. Iqbol eshigindan xaydalgan bir to’da ig’vogar kishilar g’arazli ishlarni bajarish uchun sening panoxingdan joy olib, uxlab yotgan fitnani uyg’otmishlar. Yana o’shalarning ig’vosi bilan ofat va balo eshigini, davlatning yuziga ochmagil. (Mazkur maktub etishi bilan), Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo’q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to’qnashganda yuzingga ochilg’usidir». (Temur tuzuklari). Ibn Arabshoxning ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur nomasini olgach va uning mazmunini faxmlagach, Boyazid o’rnidan sapchib turib ketgan va Soxibqironni xar hil bo’lmag’ur so’zlar bilan xaqoratlab, unga yozgan xatining so’ngida quyidagilarni yozgan. «Men bilamanki, bu so’zlar seni hech to’xtatmasdan bizning mamlakatimiz tomon otlantiradi. Agar sen (biz tomonga) kelmasang, sening xotinlaring uch taloq bo’lsin. Agar sen mening yurtimga kelsangu, men senga qarshi qat’iy urush qilmay qochsam, u vaqtda mening xotinlarim uzil-kesil uch taloq bo’lsin». Amir temur Sulton Boyaziddan bunday xaqoratli xatni olgandan so’ng ikki o’rtada qonli muxorabaning bo’lishi aniq bo’lib qoladi. Amir Temurning g’arbga tomon yurishi 1399 yilda boshlanib, 1404 yilgacha davom etdi. Bu tarixga «Etti yillik urush» nomi bilan kirgan. U yo’l-yo’lakay gurjilar isyonini bostirib, qish mavsumini Qorabog’da o’tkazdi. 1400 yil avgustida Temur Boyazidni qo’rqitib qo’yish yoki uni urush e’lon qilishga majbur etish maqsadida. Turk sultoni o’ziniki xisoblagan kichik Osiyoning hosildor erlarida joylashgan ikkita muxim qal’a - Sivos va Milatiyani bosib oladi. Bu qal’alar keyinchalik Amir Temurning kichik Osiyodagi bo’lajak harakatlari uchun tayanch bo’lib xizmat qiladi. Soxibqiron keyingi harbiy yurishlarida Damashqni, Musulni, Bag’dodni egallaydi. Amir Temur Boyazid bilan yozishmalar qilib, uning atrofidagi erlarni o’ziga qaratish uchun urushlar olib borib, u bilan bo’ladigan bevosita jangni paysalga solish va cho’zishdan aniq maqsad va muddaolarni ko’zlagan edi. 1. Boyazidni yakkalab qo’yadi va ittifoqchilaridan maxrum etadi. 2. U, shu davr mobaynida dushmanning xususiyatlarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini, urush sodir etiladigan joyning, sharoitlarini o’rganadi. O’zining orqa tayanchini mustaxkamlaydi, lashkarlarni kerakli oziq-ovqat zahiralari bilan ta’minlash va zarur bo’lib qolgan taqdirda chekinish uchun qulay yo’l-yo’riqlar xozirlaydi. Amir Temur 1402 yilning aprel oyida Quriya daryosini kechib o’tib, birin-ketin Tartum, Kemak va Qaysariya kabi qal’a-shaharlarini egallab, Turkiya bilan Suriya va Bag’dod aloqalari yo’lini kesib qo’yadi. U bu erdan Anqara qal’asi tomon xarakat qiladi va to’rt kunda 120 chaqirim yo’lni bosib o’tib, Kir shaxriga kirib keladi. Bu erda Soxibqiron g’azabga to’lgan Boyazid o’z qo’shinlari bilan etib kelayotganligidan habar topadi. Boyazid to’g’risida batafsilroq va to’laroq ma’lumotlar to’plash maqsadida Temur o’zining 1000 chavandozini uning yo’nalishi tomon jo’natadi. Soxibqironning o’zi asosiy lashkarlari bilan uch kun mobaynida 150 chaqirim yo’lni bosib o’tib, Anqaraga keladi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid o’rtasida tarixda «Anqara jangi» nomi bilan mashxur jang 1402 yil 20 iyulda boshlanadi. Tarixiy yozma manbalarda ikki o’rtadagi kuchlar nisbati to’g’risida turlicha va xar xil ma’lumotlar uchraydi, Boyazid mualliflari, Boyazid ustidan Amir Temur g’alabasining axamiyatini kamsitish maqsadida Soxibqiron lashkarlari sonini 800 ming (jami) urushda qatnashganlari esa 300-250 va xatto 120 ming (M.Ivanin) deb ko’rsatadilar. Ibn Arabshox esa Temur qo’shinlarini bir million bo’lgan deb bo’rttiradi. Ko’pchilik manbalarda jangda xar ikkala tomondan 400 ming kishidan iborat lashkar qatnashganligi xaqida xaqiqatga yaqin ma’lumot ustunroqdir. Anqara jangida Temurning buyuk sarkardalik maxorati ayniqsa yaqqol ko’rinadi. 200 ming kishilik Temur qo’shinining o’ng qanotiga o’g’li Mironshox, chap qanotiga nabiralari, Sulton Xusayn va Xalil Sultonlar, kenja o’g’li Shoxruh qo’mondonlik qiladi. Qo’shin markazini Temurning sevimli nabirasi Muhammad Sulton boshqaradi. Markaz va qanotlar ortida Temurning o’zi va ikki nabirasi Pirmuxammad va Iskandarlar - zahiradagi kuchlar xal qiluvchi zarbaga tayyor edilar. Boyazid qo’shinlariga sultonning qaynisi, Serb knyazi Lazarevich va o’g’illari boshchilik qiladi. Anqara jangi Soxibqironning yorqin g’alabasi bilan yakunlanadi. Bu erda Amir Temurning nafaqat buyuk harbiy sarkarda va lashkarboshiligi, ayni zamonda mohir va usta davlat arboblariga xos diplomatligi ham, o’z kuchini ko’rsatadi. U tarixiy Anqara jangi oldidan ustamonlik bilan, sulton Boyazid lashkari safida qaxramonlarcha jang qilayotgan asosiy avangard kuch bo’lgan tatarlarning Fozil boshchiligidagi rahbarlari, amirlari, boshliq va ulug’lariga ular qalbini to’lqinlantiruvchi xat yozib, turk sultonidan o’z tomoniga ag’darib oladi. Temur lashkarlari kichik Osiyoni, uning markaziy shaharlari Anqara, Nineya, Bursa, Izmir va boshqalarni egallaydilar, juda ko’p boyliklar qo’lga kiritiladi. Bunday yorqin g’alabalardan so’ng, Amir Temur o’zining azaliy odatiga ko’ra o’z jangchilariga Kiyutoyda katta ziyofat beradi, sovg’a-salomlar va in’omlar ulashadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling