Kasallikning xavf omillari


Download 485.46 Kb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi485.46 Kb.
#1436777
  1   2   3   4
Bog'liq
6 TUYALAR ODAMLAR O’LATI KASALLIGINING LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI



Mavzu:TUyalar odamlar o’lati kasalligining laboratoriya diagnostikasi
reja:

  • O’LAT QO’ZG’ATUVCHI, SHAKLLARI
  • KASALLIKNING XAVF OMILLARI

  • O’PKA O’LATINING YUQUMLI DAVRI



O’LAT (CHUMA) — QO’ZG’ATUVCHISI, SHAKLLARI, ALOMATLARI, TASHXIS VA DAVOLASH
O’lat — bakterial kasallik bo’lib, Yevropada o’rta asrlarda millionlab odamlar o’limiga sabab bo’lgan. Ko’p tarixiy manbalarda kasallik «Qora o’lat» deb nomlanadi. Vaboning dastlabki pandemiyasi 541 yilda boshlanib, O’rta Yer dengizi atrofida taxminan 100 million odamni o’limiga sabab bo’lgan va 200 yildan ortiq davom etgan.
«Qora o’lat» yoki o’rta asrning pandemiyasi Xitoyda boshlangan va Yevropaga tarqalgan, naitjada butun aholining 60 foizini o’ldirgan. Uchinchi yoki zamonaviy pandemiya 19-asrda Xitoyda boshlangan va butun dunyodagi port shaharlarga tarqalgan. Yaqinda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2014 yil noyabr oyida Madagaskarda o’lat kasalligi tarqalishi haqida habar berdi. Kasallik 100 dan ortiq bemorga salbiy ta’sir ko’rsatdi va kamida 40 ta o’limga sabab bo’ldi.
Kemiruvchilar va boshqa ko’plab turdagi hayvonlar o’lat bakteriyasi bilan zararlangan bo’lishi mumkin. Odamlar zararlangan kemiruvchilar qoni bilan ozqilangan burga chaqishi orqali kasallikni yuqtirishadi. Odamlar, shuningdek, kasallangan hayvonlarning suyuqliklari yoki to’qimalari bilan aloqa qilishda ham infektsiyani rivojlantirishi mumkin. O’latli pnevmoniyasi bo’lgan insonlar infektsiyani havoga yo’tal orqali tarqatib, boshqa odamlarga ham yuqtirishlari mumkin.

O’LAT KASALLIGI QO’ZG’ATUVCHISI


O’latga sabab bo’ladigan bakteriyalar O’lat tayoqchalari (Yersinia pestis) deb nomlanadi. Tabiiy sharoitda bakteriyalar yovvoyi kemiruvchilarga zarar yetkazadi. Ushbu kasallik hali ham dunyoning ko’p qismlarida uchrab turadi, ammo 95% holatlarda Madagaskar va Afrikaning janubiy qismida sodir bo’ladi. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti dunyo bo’ylab har yili taxminan 1000-2000 o’lat holatlari haqida xabar beradi, ammo ko’p holatlar qayd qilinmaganligi bois, ushbu sonlar bir necha baravar ortiq bo’lishi ehtimoli bor.

Kasallangan hayvonlar bilan oziqlanadigan burgalar bakteriyalarni boshqa hayvonlarga yuqtiradi. Sichqon, suslik, kalamushlar, burunduqlar, quyonlar o’lat bakteriyalarini tashuvchi hayvonlarga misol bo’la oladi. Bu hayvonlarning tabiiy populyatsiyalarida bakteriyalar past darajada qoladi. Birdaniga ko’pchilik yovvoyi kemiruvchilar nobud bo’lganda, bu hayvonlarni chaqgan burgalar odamlarni va uy hayvonlarini ham chaqishi mumkin.
O’lat bilan zararlangan mushuklar odatda jiddiy kasallanib, atrofga yuqumli havo tomchilarini yo’tal orqali tarqatadi. Itlar kasal bo’lib ko’rinmasa ham, ular hali ham kasallik tashuvchisi — burgalarni uyga olib kelishi mumkin.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling