Millatdosh, — dedi haligacha menga ko‘rinmay turgan odam, — ogohlantiraman!


Download 42 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi42 Kb.
#1003659
  1   2   3
Bog'liq
GENRIX BYOLL.


GENRIX BYOLL. MENING G‘AMGIN YUZIM (HIKOYA)
Portda turvolib, chag‘alaylarni kuzatayotganimda mening g‘amgin yuzim shu mavzeda navbatchilik qilayotgan mirshabning e’tiboriga tushibdi. Qushlarga mahliyo bo‘lib qolibman. Ular ozuqa ilinjida goh osmonga o‘qdek sapchib, goh pastga toshdek shuvillab tusharkan, harakatlari bekor ketardi. Port bo‘m-bo‘sh, qoramoy to‘kilib, yupqa, yashil parda qoplaganidan quyuq tuyulayotgan suvda har balo suzib yuribdi. Bironta paroxod ko‘rinmaydi, ko‘tarma kranlar zanglab yotibdi, omborlar tanazzulga yuz tutgan, hatto kalamushlar ham portning vayronalarida ko‘rinmaydi. Shunchalik jimjit edi, bu yer. Tashqi dunyo bilan aloqa uzilganiga ko‘p yillar bo‘lgan.
Men bitta chag‘alayni tanlab oldim-da, uchishini kuzatdim. Hurkovuch bu qush momaqaldiroqni sezgan qaldirg‘och singari, ko‘pinchi suvga yaqin uchadi, onda-sonda qiyqirib tepaga ko‘tariladi-da, sheriklariga qo‘shilib ketadi.
Agar shu payt menga, tila tilagingni, deyishsa, bir burda non so‘ragan bo‘lardim. Uni maydalab-maydalab suvga otardim-da, betartib uchayotgan qushlarga aniq yo‘nalish berib, quloqlarni qomatga keltirayotgan chiyillashlarni buzib yuborardim, non bo‘laklari va ushoqlari yordamida bu ayqash-uyqash harakatlaru ovozlarni go‘yo tarab-tarab, chiroyli qilib qo‘yardim. Biroq, o‘zim ham shu qushlar singari ochman, charchaganman, g‘amgin bo‘lsam-da, baxtiyorman. Bu yerda qo‘llarni bo‘mbo‘sh cho‘ntakka tiqib, g‘amdan mast bo‘lgancha, chag‘alaylarni kuzatish shunchalik mazza edi-ki!
Qo‘qqisdan, yelkamga to‘ralarga xos qo‘l kelib tushdi va “Ortimdan yuring!” degan buyruqni eshitdim. Qo‘l yelkamni ezib, meni o‘ziga qaratmoqchi bo‘ldi. Men qayrilib qaramasdan ko‘lni yelkamdan silikb tashladim-da, xotirjamgina “Esingiz joyidami?” dedim.
Millatdosh, — dedi haligacha menga ko‘rinmay turgan odam, — ogohlantiraman!
Menga qarang, janob!
Qanaqa janob?! — qahr qildi odam. — Biz hammamiz millatdoshmiz!
U yonimga turvolib, qiyalab qaradi, men esa osmonda daydib yurgan nigohimni mirshabning “sahovatli” ko‘zlariga cho‘ktirishga majbur bo‘ldim. O‘n yillar davomida xizmat burchidan boshqa narsani tuymagan, buqadek keladigan bu odam o‘ta jiddiy edi.
Nimaga asosan? — deya gap boshladim.
Asoslar yetarli, — cho‘rt kesdi u. — G‘amgin yuzlaringiz.

Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling