Yozuvchining rasmini top” metodi uchun savollar


Download 35 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi35 Kb.
#1544657
Bog'liq
Yozuvchining rasmini top


Yozuvchining rasmini top” metodi uchun savollar

  1. Ushbu yozuvchi o’zi haqida shunday degan: “Bolaligim­ni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rgandek bo‘lar edim. ... Zehnimda shunga o‘xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar ham hisobsizligidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.(Abulla Qahhor)

  2. Ushbu shoir Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Bolaligi Nurota tog‘larining go‘zal tabiati orasida kechgan. Bizga mashhur she’ri:

Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi,
Osmon yuzidan
Nafarmon bulutlar yig‘di etagin.
Oftob ham ko‘rindi ko‘hna izidan
Va boshlab yubordi dilbar ertagin. (Azim Suyun)

  1. Inson sifatida shakllanishida ushbu yozuvchining onasining xizmati katta edi. Ona farzandlarida bolaligidan halollik, or-nomus, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish singari xislatlarni shakllantirishga harakat qildi. “Onam birontamizning qing‘ir ish qilganimizni eshitgandan ko‘ra o‘limni afzal bilardi”, – deb eslaydi keyinchalik yozuvchi. Kitobxonlar ushbu yozuvchinini eng avvalo Sherlok Xolms haqidagi asarlar muallifi sifatida tanishadi.(Artur Konan Doyl)

  2. Qozoq adabiyotining yorqin vakili, ma’rifatparvar shoir, o‘qituvchi, faylasuf va bastakor. U 1845-yili hozirgi Qozog‘iston hududida tug‘ilgan. Dastlabki bi­limni uyida olgan, keyin esa bir vaqtning o‘zida madrasa va rus maktabida o‘qigan.(Abay)

  3. “…Bu bolani topib olib, tarbiyaxonaga topshiruvchi rahmdil kishining oti Richard bo‘lgani sababidan unga Dik nomini berishgan. Uning familiyasini Send deb qo‘yishgan, chunki u topilgan Gudzon daryosi­ning Nyu York portiga kelib quyiladigan joyi Sendi Guk (Qum tili) deb yuritilar edi.” . Ushbu parcha qaysi yozuvchiga tegishli. (JYUL VERN)

  4. Bola unga nimadir yaxshi gap aytgisi kel­di, lekin munosib so‘zlarni topolmadi. U ayol­ning uyiga kirib ketishini kuzatib qolarkan, pichirlab: “Rahmat sizga...” deya oldi xolos. Shundan so‘ng ular boshqa uchrashmadilar. (LENGSTON HYUZ)

  5. So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin,

So‘zdurki berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Ushbu ruboiy muallifning rasmini ko‘rsating.(A.Navoiy)

  1. – Axir-paxiri yo‘q! Indamasam, oriqmi-semizmi, kemshikmi-puchuqmi, qorami-sariqmi, deb so‘raydiganga o‘xshaysiz?

– Voy, otaxon, millatini so‘rasam siz...
– Hamma millat bolasi bir! Hammasini Xudo yaratgan! Hammasi odam bolasi! Tushundingizmi? Ushbu parcha qaysi yozuvchiga tegishli (Rahmat Fayziy)
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling