Bmba darajasidagi test
Download 28.57 Kb.
|
BMBA darajasidagi test
BMBA darajasidagi test 1.Qaysi javobda quyidagi gap mazmuniga mos ravishda grammatik jihatdan tòg'ri shakllantirilgan ergashgan qòshma gap berilgan?A)Hamma ypq suv quygandek jimjit bòlib qoldi,chunki bolalar qòshni hovliga chiqib ketishgan edi. B)Bolalar qòshni hovliga chiqib ketishgandan song hamma yoq suv quygandek jimjit bòlib qoldi. C)Hamma yoq suv quygandek jimjit bòlib qoldi:bolalar qòshni hovliga chiqib ketishgan D)Bolalar qòshni hovliga chiqib ketishdi va hamma yoq suv quygandek jimjit bòlib qoldi. 2.Imloviy jihatdan tòg'ri yozilgan sòzlarni aniqlang. A)muvofiq,maxkam B)muhayyo,mòtadil C)muhofaza,mushtimzòr D)mulohaza mutassil 3.Bu she's sharqqa xosdir nahot? Na ishqiy Na rindona... Bunday ash'or Sa'diyga yot, Hofiz uchun begona". Erin Vohidovning ,,Ruxlar isyoni" dostonidan olingan ushbu purchasing badly talqinini tòg'ri berilgan javobni aniqlang. A)Yor ta'rifi va unga bòlgan muhabbat made etilgan she'riyatni tushuna olmaydigan xalq ma'naviyati aks ettirilgan. B)Endigina xalqqa tanila boshlagan shoirning ona tabiat haqidagi she'rlari el og'zida muhokama bòlganligi aks ettirilgan. C)Shoirning hali ijodiy kamolotga erishmagan yoshda ekanligi,she'rlarida kamchiliklar kòpligi ifoda etilgan. D)Shoirning erk va ozodlikka da'vatini tushunishni istamayotgan xalq ruhiyati aks ettirilgan 4.Ikki kishi Vanni saroyiga kelishdi va ularning biri baland ovoz bilan shunday debdi:Yomonlik kòrmagin desang,yomonlik qilma.ushbu gapdagi kelishik qòshimchalari haqida berilgan tòg'ri hukumni toping. A)Barcha kelishik qòshimchalari tòg'ri qòllangan B)Qaratqich kelishigini chiqish kelishigi bilan almashtirib qòllash mumkin C)Jònalish kelishigi bilan almashtirib qòllash mumkin. D)Jònalish kelishigi qoshimchasi noòrin qòllangan. 5.Ilm-fan -taraqqiyot va rivojlanishning asosi,ta'lim uchun tikilgan sarmoya,albatta,eng yaxshi samaradir,mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishini istagan rahbar olimlarga e'tibor qaratadi. Ushbu gap haqida berilgan tòg'ri hukmni toping. A)Kesimga tòg'ridan tòg'ri tobelangan hol ishtirok etgan B)Egalari Turli sòz turkumlari bilan ifodalangan C)Uyushib kelgan qaralmishlar ishtirok etgan. D)Vositali va vositasiz tòldiruvchilar ishtirok etgan. 6.Quyidagi berilgan she'riy parcha mazmuniga tegishli tòg'ri fikrni aniqlang. Biror asotirda bahodirlarni hattoki, yuz boshli ajdar yemagan, ming bir sinoatli, yalmog'izlar ham tog'larni òynagan devlar yengmagan.Bari halok bòlgan xiyonatlardan, bariga orqadan sanchilgan xanjar. A)Ey yovuz kuchlardan ham yengilmagan bahodirlarning xiyonat tufayli halok bòlgani sytilgan. B)Yuz boshli ajdarlar ham,ming bir sinoatli yalmog'izlar ham xxiyonatkorlar tufayli halok bòlgani aytilgan. C)Aslida bahodirlar yalmog'izlarning nayrangi,,ajdarlar, devlar,qahri tufayli halok bòlgani aytilgan. D)Bahodirlarning devlar,yalmog'izlar va ajdarlar xiyonatiga qarshi kurashib yengilgani aytilgan. 7.Qaysi javobda sinonimik qator va shu sinonimik qatorga mansub bola oladigan sòzlar tòg'ri moslashtirib kòrsatilgan. 1.hiyla,firb,.... 2.g'am,Alam... 3.ziyon, zahmat.... 4.kin, kek.... a)adavat b)shikast c)bossing d)hasrat e)Zax f)makr A)1-f,2‐c,3-b4-a B)1-f,2-d,3-e,4-a C)1-f,2-d,3-b4-a D)1-f,2-d,3-b,4-e 8.Maktab -ulug' dargoh u inson tafakkurning beshigidir,òqituvchi, va murabbiylarining esa kelajak bunyodkorlaridir.Ushbu gapdagi teng va Tobe bog'lanishlar haqidagi tòg'ri hukmni aniqlang. A)Sòzlarning òzaro teng bog'lanishi(sòz qòshilmasi ) mavjud B)Ham otli, ham fe'lli sòz birikmasi mavjud. С)Tobe qismi fe’l bilan ifodalangan so’z birikmasi mavjud D)Qismlari ko’makchi yordamida bog’langan so’z birikmasi mavjud.9 9.Yurtimizdagi o’simliklarning ko’p qismi tog’larda o’sadi.Vodiylarda daraxtlar ko’p bo’ladi.Tog’ yonbag’irlarda archa, bana n yong’oq tog’olchalarni uchratish mumkin. Ushbu parchada ishtirok etgan ot turkumiga mansub so’zlar haqidagi to’g’ri hukmni toping. A)Barcha otlar ikkinchi darajali bo’laklar vazifasini bajargan. B)Barcha otlar tarkibida munosabat shakli qo’shimchalari mavjud. C)Otlarning tuzilishiga ko’ra turlari ishtirok etgan D)Narsa o’rin joy va shaxs otlari ishtirok etgan. 10. Bir yigit ovqatlanayotganda qo’llari qaltiraydigan qari otasining izzat- hurmatini bajo qilmadi. II. Ko’zlari xiralashib qolgan chol bechara qo’li titrab osh suzib berilgan kosasini tushurib sindirdi. III.Buni ko’rgan kelini so’zlar aytib,qo’pol gapirib chol becharaning ko’nglini vayron qildi. Quyidagi qaysi fe’l shakllari berilgan gaplarning har uchalasida ishtirok etgan? 1)orttirma nisbatdagi fe’l 2) sifatdosh shakli 3)qo’shma fe’l 4)sodda yasama fe’l 5)o’timli fe’l 11.Qaysi gapda ifodalanayotgan fikrni taqdirlash Uchun xizmat qilgan modal so’z ishtirok etgan? Darhaqiqat, arof muhitning ifloslanishi inson salomatligi uchun juda xavfli C) Har qancha achchiq bo’lmasin,bu haqiqatdan ko’z yumib bo’lmaydi. D)Ehtimol,gaplaring to’g’ridir, ammodir buni dalillar bilan tasdiqlash lozim. To’g’ri so’z tosh yoradi, egri so’z bosh yoradi. 12. Shaof Boshbekovning ,, Temir xotin ‘’ komediyasida .. ,, mana, deylik ,men nimadir xursand bo’dim-a ? –deganida Alomat :,,Yo’q ,men unda xotirjam bo’laman .Negaki biron joyingiz og’riyotgani yo’q ,qorningiz to’q, hech nima bezovta qilmayapti, demak hammasi joyida,”- deb javob qaytaradi.Alomatning ushbu javobini Qo’chqor qanday javob qaytaradi. A)Alomat ham xuddi xotini Qumri singari na qayg’u ,na xursandchilikni his qilmasligini, biri Temir ,biri odam bo’lsa-da, aslida bir xil ekanligini bilib afsuslanadi. B) Alomat inson bo’lmasa ham inson qalbini yaxshi his qila olishini,bu jihati bilan ayrim insonlardan ustun ekanligini e’tirof etadi .C)Alomatning insoniy tuyg’ularini his qila olmasligini ,na shodlikka, na dardga van a qayg’uga sherik bo’la olmasligiga iqror bo’ladi D)Alomatning insonlar kabi jonkuyar va fidoyi ekanligini ko’rib,uning bu qadar mukammal yaratilganligidan hayratga tushadi. 13. Sa’diy Sheroziyning ,,Guliston ‘’ asaridan keltirilgan ,,Darvesh hikoyati haqida’’ xato hukmni toping. A) Otasi allohdan tilab olgan bo’lsa-da,unung boshiga ofat yog’dirgan,uni baloga giriftor qilgan,axloqsiz farzand haqida so’z boradi. B),,Alloh menga o’g’il bersa, egnimdagi xirqadan boshqa hamma narsamni nisor etaman ‘’ degan, ammo farzandi tufayli jafo ko’rgan kishi haqida so’z boradi. C) Farzand ko’rmoq – saodat, ammo yomon axloqli farzanddan jafo chekib yasamoq kulfatdir’’ degan mazmunli ifodalangan . D) Mast holda birovga zarar yetkazgan va shu tufayli zindonga tushgan otasidan nomus qilib elidan bosh olib chiqib ketgan farzand haqida so’z boradi. 14.Sohibqiron drammasidan olingan quyidagi parchada Temur kimning holatiga ishora qilgan? CHumolilarni xor qilishsa asrlon rutbasin, Buzilgaydir o’rmonning ham qonuniyati.A) Amir Husaynning B) Sulton Boyazidning C) Ibn Arabshohning D) Hofiz Sheroziyning 15. Qaysi gapda vergul tushb qoldirilsa, gap mazmunida o’zgarish kuzatiladi, ammo ishoraviy xatolik yuzaga kelmaydi? A) Ta’limni tarbiyadan tarbiyani esa ta’limdan ajratish xato. B)Qizning yuzi juda nafis edi, tabassumi bilan yanada xushro’y ko’rinadi. C) Men talabchan o’qituvchi,sen esa mening salohiyatli talabamsan. D)Rost ,so’zning tig’I shamshirning tig’idan ham o’tkirroqdir. 16.Qaysi xalq dostonida podshoh xotini va o’g’il haqidagi haqiqatni bilganidan so’ng o’z gunohini yuvish va ulardan afv so’rash ilinjida qalandar qiyofasiga kirib, yurt kezadi.? A) Kuntug’mish dostoni B) ,, Rustamxon’’dostonida C)Ravshan dostonida D),, Alpomish dostonida 17.Qaysi javobda Abdulla Qodiriyning ,,Mehrobdan chayon ‘’romanidagi Anvar obrazi bilan bog’liq voqealar bayoni to’g’ri berilgan. A)Sarmunshiy bo’lish ilinjida xiyonat yo’liga kirgan do’stini mulzam qilish qasdida xon huzuriga borib, uni tutqinlikdan ozod qiladi. B)Garovga olingan do’stini xon changalidan qutqarib ketadi, ya’ni xon zindonidan asirni o’g’irlab chiqishga muvaffaq bo’ladi. C)Do’stining xiyanati sababli bir muddat qochqinda yuradi, ammo o’zi oyog’I bilan xon huzuriga kelganligi sababli ozod qilinadi. D)Opasining nochorligi, qolaversa, g’amxo’rligi sababli o’n ikki yoshida domlasining uyiga asrandi o’g’il qilib beriladi. 18.Agar keksa…ganingda rohatda yash..shnin orzu qil..ng yoshlik ..tin..siz ilm o’rgan…ga harakat qil.A)Ravish yasovchi qo’shimcha tushib qolgan B) Lug’aviy shakl yashovchi qo’shimcha tushib qolgan. C)Fe’l yasovchi qo’shimcha tushib qolgan D)Otga xos munosabat shakli qo’shimchasi tushib qolgan. 19.Shaxsi (egasi) ma’lum gap berilgan javobni aniqlang. A)Yig’ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. B)Ey har narsani bilgan olim do’stim,suzishni bil,aysanmi? C)Og’il xonada buzoq tug’ilsa, Ariq bo’yida yalpiz o’sadi. D) Dushmanga choh qaziguncha do’stingga uy solib ber. 20.Zahriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ruboiyni o’qing va quyidagi ikita topshiriqni bajaring. Sen gul-u men haqir bulbuldurmen Sen shu’lasen –u ul shu’laga men kuldurmen Nisbat yo’qdur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga , vale senga quldurmen. LUG’AT:Yuqoridagi ruboiyni mazmuniga oid to’g’ri hukmni aniqlang.A)Oshiq yorning gul kabi go’zal, bulbul kabi shodon ekanligiga ishora qiladi.B)Oshiq shohlar ham shu’la kabi olamni nurafshon qilishiga ishora qilgan. C) Ishq ko’yida shoh ham gado ham tengligini bayon qilgan D) Oshiq o’zini shu’laga,yorni esa shamga qiyos qiladi. 21.Yuqoridagi ruboiyga oid to’g’ri hukmni aniqlang.A)Undosh tovush raviy vazifasini bajargan. B)Muqayyad qofiya qo’llangan.C)Radif qo’llangan.D)Tazod va talmeh san’atlari aks etgan. 22.Alisher Navoiy qalamiga mansub she’riy parchani o’qing va quyidagi 3ta topshiriqni bajaring. Eyki, dafin *ganj *uza*sen ajdaho, Angladiki, bu ganjning erur xunbaho*. Qatlinda Bahrorni falak ngihon, Tig’ chekib olg’usi ganji nihon*. Orzu aylab necha kon naqdini, Tark etasen, javhari jon naqdini. LUG’AT : daf*- yashirish ,ganj*- xazina ,uza*-uzra, xun*-qon, nihon*- yashirin. 22. Yuqoridagi she’riy parchaning mazmuniga mos to’g’ri javobni aniqlang.A)Ko’p janglardajon chekkani uchun Bahrom ulkan xazinani qo’lga kiritdi. B)Yashirin xazina ustida yotgan ajdaho, bu boylik sening qoning evazigadir. C)Mashaqqat bilan erishilgan boylikkina kishiga rohat keltirishi mumkin. D) Ko’p boylik ilinjida yashaguvchi kimsa xazinasini qo’riqlab yotgan ajdahoning komida qoladi. 23.Yuqoridagi she’riy parchaga oid to’g’ri hukmni aniqlang. A) Ganj va ajdaho tushunchalari o’zaro tazodni yuzaga keltirgan. B) Fikrni bop’rttirib ifodalash uchun tardi aks san’atidan foydalanilgan.C)Bahrom nomini keltirish orqali talmeh san’ati yuzaga kelgan.D) Asosiy fikrga urg’u berish orqali talmeh san’ati yuzaga kelgan. 24.Yuqoridagi she’riy parchaning asosiy g’oyasi to’g’ri berilgan javobni aniqlash. A)Adolat ulug’langan. B) Ilmparvarlik targ’ib qilingan. C) Yolg’onchilik qoralangan. D)Boylikka hirs qo’yish qoralangan. Tavsifnoma asosidac tuzilgan quyidagi uchta topshiriqni bajaring. 1)Samarqand viloyati Payariq tumani 210-umumta’lim maktabining 11-,,A’’sinf o’quvchisi,2002-yil tug’ilgan TAVSIFNOMA (2)Odilov Farhodbek Avazbek o’g’li 2008-yil dan boshlab Payarq tumani 210-umumta’lim maktabida tehsil olib kelmoqda. (3)F.A.Odilov barcha umumta’lim fanlarini yaxshi o’zlasj=htirib kelmoqda. Umatematika va fizika fanlarini chuqur o’rganishga harakat qilmoqda. Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika va fizika fanlariga ko’proq dars soatlari ajratiladi. U2018-yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan ,,Yosh iqtidorlar’’ festivalida o’z amaliy ishlari namunalari bilan ishtirok etdi va ,,Eng yaxshi dasturchi’’ yo’nalishi bo’yicha taqdirlandi. (4)F. A.Odilov Yoshlar ittifoqi maktab kengashining a’zosi sifatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, u hozircha maktab hayotini ,o’quvchi va yoshlarning turli g’oyalari va loyihalarni aks ettirib boruvchi ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatini yuritmoqda. Maktab direktori (imzo) O.H.Odilov Kasaba uyushmasining raisi (imzo) S.T.Mallayev 25. TAVSIFNOMA matnining raqamlab ko’rsatilgan bandlari mazmuniga oid to’g’ri hukmni aniqlang. A)Matnning barcha qismlarida tavsiflanayotgan shaxsning maqsad va qiziqishlari bayon qilingan. B)1-qismda matn muallifi haqidagi asosiy ma’lumotlar ifodalangan. C)3-qismda tavsiflanuvchining ilmiy salohiyati haqida so’z brogan. D)4- qismda tavsifnomani taqdim etishdan ko’zlangan maqsad bayon qilingan. 26. TAVSIFNOMA ning qaysi raqam bilan ajratib ko’rsatilgan qismida matn maqsadiga mos bo’lmagan jumla keltirilgan ?A)3 B)1 C)2 D)4 27. Tavsifnoma matniga asoslangan holda quyidagi jumla to’g’ri davom ettirilgan javobni aniqlang. A),,Yosh iqtidorlar’’ festivalini tashkillashtirishdagi faolligi uchun taqdirlandi. B)Kelajakda o’z sohasning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishish uchun ijtimoiy-gumanitar fanlarni chuqur o’zlashtirmoqda. C)o’z tashabbuskorlik va boshqaruvchilik qobiliyati namoyon qila oldi. D)Yoshlar ittifoqining raisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. Matn o’qing va quyidagi uchta toqshiriqni bajaring Hodisalar o’rtasida sabr-oqibat bog’lanishi ya’ni qonuniy bog’lanish mavjud bo’ladi. Ammo bu bog’lanishni bevosita idrok qila olmaymiz- sezgi a’zolarimiz yordamida bila olmaymiz.Bu bog’lanishni idrokimizda asoslangan halda tafkkur orqali anglaymiz. Ayrim hodisalardagi sabr- oqibat bog’lanishlarni tafakkur qilish orqali hodisalarning umumiy qonuniyatini tushunamiz…. Suvning yaxlab qolganligiga haroratning pasayganligi ( 0 dan tushib ketganligi) sabab bo’lishi bir qancha hollarda kuzatilsa, ,,harorat 0 dan past bo’lganida suv muzlaydi’’ degan umumiy xulosa chiqarildi- qonuniyat kashf qilinadi. Hodisalar o’rtasidagi mavjud saab oqibat bog’lanishlarini bilganimiz, hodisalarning o’zgarish va taraqqiy qonunlarini bilganimiz uchun biz hali ro’y bermagan hodisalarning yuz berishini oldindan sezamiz. Masalan, termometrda haroratning 0 dan tushganligini ko’rimiz bilan ,,endi suv muzlaydi’’ degan fikrga kelamiz. 28. Quyidagi qaysi fikr matnda aks etmagan? A) Idrok etish jarayonida ko’rish va eshitish a’zalari faol, ta’m bilish a’zolari nofaol ishtirok etadi. B) Qonuniyat hodisalarning umumiy takrorlanuvchi xususiyati bo’lib, tafakkur orqali anglashiladi. C) Tafakkur vasitasida va jarayonlar haqida ham fikr yuritish mumkin. D) Hodisalar o’rtadagi sabab-oqibat bog’lanishini ko’rish yopki eshitish orqali bila olmasligimiz mumkin. 29.Matn mazmuniga mos to’g’ri javobni aniqlang.A) Tafakkur borliqni sezgi a’zolari orqali bilishdir. B) Sabab-oqibat munosabatlarini idrok orqali anglash mumkin. C) Idrok orqali hali bermagan hodisa haqida xulosa chiqariladi. D)Inson tafakkuri ham bevosita idrok qilish asosida shakllanadi. 30. Matndagi ko’p nuqta o’rnida qo’llash mumkin,bo’lgan bog’lovchni aniqlang. A) Demak B) Masalan C) Zero B)Binobarin Bugun telefon titkilab vaqtingni oʻtkazsang, ertaga bitta kitob oʻqigan bola sendaylardan 10 tasini boshqarishi mumkin. UYGʻON, ABITURIYENT MISS SHERZODOVNA Download 28.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling