Kasallikning xavf omillari


KASALLIKNING XAVF OMILLARI


Download 485.46 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi485.46 Kb.
#1436777
1   2   3   4
Bog'liq
6 TUYALAR ODAMLAR O’LATI KASALLIGINING LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI

KASALLIKNING XAVF OMILLARI


O’lat uchun xavf omillari, burga chaqishi va shuningdek, kemiruvchilar ta’sirini ham o’z ichiga oladi. Kasallangan mushuklarning tirnashlari yoki tishlashi ham xavf omilidir. Pnevmoniya (o’lat bakteriyalari tomonidan yuzaga kelgan pnevmoniya) bilan og’rigan bemorlar bilan aloqa qilish kasallanish xavf omilidir.

O’LATNING INKUBATSION DAVRI


Kasallik alomatlari va belgilari odatda bakyeriyalar yuqganidan so’ng 2-7 kun o’tib rivojlanadi, o’latli pnevmoniya bo’lsa, alomatlar bir kunda namoyon bo’lishi mumkin.

O’LATNING SHAKLLARI, BELGILARI VA ALOMATLARI


Kasallik uch shaklda rivojlanishi mumkin, belgilari va alomatlari shakliga qarab turlicha bo’ladi:

BUBONLI O’LAT


O’latning ushbu shaklida bakteriyalar limfa tugunlari ichiga kiradi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishiga va og’rishiga sabab bo’ladi, bu holat «bubon» deya nom olgan. Shu bilan birgalikda alomatlar orasida isitma, varaja, bosh og’rig’i va zaiflik mavjud. Agar kasallik davolanmasa, infektsiya tananing boshqa joylariga tarqalishi mumkin

SEPTIK O’LAT


O’latning bunday shakli qonga oqimiga bakteriyalarning kirishi natijasidir. Bu o’z-o’zidan sodir bo’lishi yoki bubonik o’lat asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, varaja, kuchsizlik, qorin og’rig’i va shok mavjud. Qon ketishi va to’qimalarning o’lishi (nekroz) kuzatilishi mumkin, ayniqsa qo’l va oyoq barmoqlarida. Bu o’lik to’qimalar qora bo’lib ko’rinishi mumkin, shuning uchun «Qora o’lat» nomini olgan.

O’PKA O’LATI


Kasallikning bu shaklida boshqa turdagi o’lat alomatlari ham kuzatilishi mumkin, ammo klinik tasvirda pnevmoniyaning o’ziga xos ko’rinishi mavjud bo’ladi. Bakteriyalar o’pkaga qon oqimi orqali tarqaladi yoki zararlangan havodan nafas olish orqali to’g’ridan-to’g’ri yuqadi. Bu to’g’ridan-to’g’ri yuqishi o’latning insondan insonga uzatilishi mumkin bo’lgan yagona shaklidir. Nafas yetishmovchiligi, ko’krak qafasidagi og’riqlar va suyuq yoki qonli yo’talish bilan birga kechadi.

Download 485.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling