Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Amir Temurning harbiy san’ati
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
3. Amir Temurning harbiy san’ati.
Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo’shini va uning harbiy san’ati bosh omil bo’ldi. Temur sarkarda sifatida dunyoga mashhur. Uning g’olibona yurishlarda qo’llagan taktik va strategik jang qilish uslublari bugungi kunda ham jahondagi etakchi mamlakatlarning harbiy bilim yurtlari va akademiyalarida o’rganiladi va o’qitiladi. Juda qattiq temirdek mustaxkam tartib va intizomga ega bo’lgan Temur qo’shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular «O’nliklar» («ayl»), «Yuzliklar» («xo’shun») «Mingliklar» («xozoro») va «O’nmingliklar» («Tuman») ga bo’lingan va ularga «O’nboshi;» «Yuzboshi», «Mingboshi» hamda «Amir» lar boshchilik qilganlar. «Tuman» larda askarlar soni 10 ming, qo’shinda esa 100 mingdan bo’lgan. 10 minglik lashkarni boshqarish uchun «Tuman Og’asi» minglik bo’limni «Mirixazora», yuzlikni «Xushinboshi» va o’nlikni boshqarish uchun «Aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan. Bo’linma boshliqlari - Amirlar Temurga tobe bo’lgan qirq aymoq (qabilar) dan o’n ikkitasi: Barlos, Arg’in, Jaloir, Tulkichi, Duldoy, Mo’g’ul, Sulduz, To’g’oy, Qipchoq, Arlot, Totar, Tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug’ martaba amirlik bo’lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko’rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir Ul-Umaro, to’rttasi Beklar-Begi; yuztadan Mingboshi, Yuzboshi va O’nboshi bo’lgan. Bulardan tashqari, yana o’n ikki nafar kishiga birinchidan to o’n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O’n ikkinchi darajali amir odatda amir Ul-Umaroning noibi hisoblangan. O’n ikkinchi amirning xar biriga bittadan bayroq, nog’ora, o’n minglik qo’shin, tug’ va chortug’, to’rt nafar beklar begining xar biriga, bittadan bayroq nog’ora, chortug’ va burg’u (karnay) berilgan. Bu o’ziga xos ramzlar qo’shin bo’linmalarini bir-biridan farqlab, ajratib, turgan. Jumladan katta qizil bayroq qo’shin boshlig’i amir Ul-Umaro yoki beklar begining ramzi bo’lgan. Ot yoli bog’langan nayzali uzun tug’ tuman Og’asining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki nog’ora yuzboshining belgisi hisoblangan. Otliq suvoriy qismlarni boshqarish uchun maxsus ajratilgan otliq egalarining ikki tomoniga ikki tabiy dovul osib qo’yilgan. Jang boshlanishi oldidan suvoriylarni ma’orabaga solish, maqsadida unga bong urib qoqilgan. Amir Temur sipoxni tuzishda, asosan o’z zamonida mashhur bo’lgan o’nliklar, yuzliklar, mingliklar tartibiga amal qiladi. Uning lashkarlarining eng quyi bo’g’inini o’nliklar tashkil etgan bo’lsa, eng yuqori bo’g’ini esa Amir Ul-Umaro raxbarlik qilgan sipox edi. Ularning ustidan yakka o’zi cheksiz xuquqqa ega bo’lgan holda qo’mondonlik qilar edi. Temur o’nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar tanlashda shunchaki, tanish-bilishlar asosida tayinlamasdan, balki bu masalada bevosita jang maydonida o’zining maxoratini ko’rsatgan shaxslarni tanlaydi. Bu ‘aqda Temur shunday deydi: «Amr qildimki, qachonki asl sipoxlardan ish ko’rgan, jang-jadalda suyagi qotgan o’n kishi yig’ilsa bulardan qaysi birining shijoati, botirligi ortiqroq bo’lsa, qolgan to’qqistasining roziligi va ma’qullashi bilan uni o’zlariga boshchi saylab, otini o’nboshi deb atasinlar». Ko’rinib turibdiki, Temur o’z sipoxini tuzishda tabiiy qonunchilikka amal qilgan. U xar bir janchini tanlashda uning suyagi jangu-jadallarda qotganiga e’tibor bergan. Yana ularning boshlig’i qilib, o’zlarining orasida hammalaridan ham botir, shijoati ortiqroq jangchini tanlab, qolgan to’qqistasining roziligi asosida o’nboshi qilib tayinlaydi. «O’n nafar o’nboshi jam bo’lsa, o’z ichlaridan eng ish ko’rgan, jang maydonlarida to’planib tajriba orttirgan, boxodirlikda nomi chiqqan birovni amir qilib uni yuzboshi deb nomlasinlar». Ana shu tajribada mingboshi (amiri xozora) va boshqa qo’mondonlarni tayinlashni joriy qiladi. Amir Temur sipoxning tuzilishi, uning qurol- yarog’i, qo’riqlanishi, maoshlari bilan bir vaqtda navkarlarning o’z beklariga va aksincha beklarning o’z navkarlariga bo’lgan munosabati masalasida ham xuquqiy va a’loqiy jixatlarni tartibga soladi. Temur navkarlarining to’g’ri va adolatli bo’lishlarini talab qiladi. «Qaysi navkar o’z xizmati, xaq-burchini unitib, ish vaqtida (mehnatdan) yuz o’girar ekan, unday navkardan yuz o’girmoq kerak. Qaysi navkar ish vaqtida bahona izlab jangu-jadal paytida ijozat so’rab qochishni mo’ljallasa, bugungi ishni ertaga qoldirsa, bunga o’xshash navkarlar nomlarini ham tilga olishga munosib emasdirlar. Bunday kishilarni parvardigori olamga topshirish zarur». Ikkinchi tomondan amiru podsholarga qarata Temur ular o’z navkarlarini ulug’lab ko’targan bo’lsalar, ularni xo’rlamasinlar, bilgan, taniganlarini unutmasinlar. Agarda a’yon- a’yonda navkarning izzat-nafsiga tegib, uni xo’rlagan bo’lsalar, keyinchalik uni ikki xissa izzatini oshirsinlarki, toki u ginasini ko’nglida saqlamasdan chiqarib yuborsin, deb uqtiradi. Amir Temurning fikricha, eng xavfli hamda uning uzurini kechirib bo’lmaydigan navkar bu jang maydonida o’z begiga xiyonat qilgan navkardir. «Bunday kimsani,- deb yozadi u, - xizmatga yo’latmasinlar. Hayotning o’zi bundaylarning qilmishiga yarasha jazosini beradi». Amir Temur sipoxiy favjlardan yoki amirlardan qaysi birlari dushman bilan kelishib u bilan do’stu oshno bo’lib yashashni ixtiyor qilar ekan, undaylarni yurtdan chiqarib, hech erdan o’rin bermaslikka chaqiradi. Yoki boshqa joyda navkarlarni biror bir mamlakatga xokim qilib qoldirilsayu, u mamlakatni dushmanga topshirsa, bunday navkarni faqat o’lim jazosiga xukm qilishniva aksincha, davlatni dushmandan ximoya qilgan sodiq navkarni xar tomonlama martabasini ulug’lash kerakligini aytadi. U xoinlar sotqinlar ig’vogarlarni yoqtirmagan, ularga ishonmagan. Rostgo’y, sodiq xizmatchilar, jangchilarni esa juda qadrlagan va ularga izzat va e’tiromlar ko’rsatgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Amir Temur o’z zamonasi uchun kuchli va qudratli qo’shin tuza oldi. Bu qo’shinni eng zamonaviy qurol- yarog’lar, o’t va toshotar-ra’dandoz, monjoniq va o’zi otar kabi qurollar bilan qurollantirgan. Amir Temur qo’shinini jahongir, Sayfiddin va Pirxusayn barloslar, Oqbo’g’a, Usmon Abbos, Muxammad sulton Qamariy, Tibon Boxodur O’risbo’g’a, Xamza So’lduz, Amir Murizoda, Muxammad Qazg’on, Sariq Atka va Muzaffar Uchqora singari shaxsan Soxibqironning ishonchli va xurmatiga loyiq bo’lgan va shuxrat topgan sarxonlar boshqargan. Amir Temur 12 mingdan ortiq bo’lmagan, 12 mingdan 40 mingga qadar bo’lgan otliq birikma va dushman soni 40 mingdan ko’proq bo’lgan qo’shin uchun alohida- alohida taktik kurash usullarini qo’llagan. Odatda dushman kuchlari 40 ming kishidan ortiq bo’lsa, unga qarshi Temurning o’zi borgan. Bunday paytda uning qo’shinlari jangga quyidagi tajribada bo’lingan. 40 ta bo’linma bevosita Soxibqironning o’z ixtiyorida bo’lgan. Ulardan eng saralangan 12 ta bo’linma birinchi qatorni, qolgan 28 tasi ikkinchi va uchinchi qatorni tashkil etgan. Temurning o’g’illari va nabiralari boshchilik qilayotgan qo’shinlar yuqorida tilga olingan 40 ta bo’linma o’ng tomonining old qisimda qarindosh va ittifoqchilari boshchilik qilayotgan qo’shinlar esa uning chap tomonining old qismida joylashar edi. Bu barcha qismlar zahira hisoblanib, Soxibqiron buyrug’iga asosan zarur bo’lgan nuqtalarga tashlanar edi. Oltita bo’linma o’ng qanot (barong’or) ning asosi yoki uning ikkinchi safini va 1 ta bo’linma shu asosda chap qanotda joylashardi. Ikkinchi safning ikki qanoti oldida xuddi shu tartibda birinchi qator (chopovul va ishqovul) o’rin olardi. Birinchi qator oldidagi ilg’orda shuncha bo’linmaga ega bo’lgan, malakali boshliqlar va jasur jangchilardan tuzilgan katta avong’or joylashar edi. Bu avang’arning oldida ham avang’ari bo’lardi. Uning ikki old tomonida engil qurollangan ikki bo’linma (o’ng va so’l qanotlar qorovullari) jangchilari ayg’oqchilik uchun (razvetka) yuborilar edi. Ular qo’shinni qo’qisdan bo’ladigan xujumdan saqlar va dushman harakatini kuzatib borar edi. Odatda jangni ham ana shu bo’linma tomon boshlab borar edi. Ularga katta avong’ar o’z amiri bilan yordamga kelar edi. Ana shu tariqa zaruratga qarab birinchi, ikkinchi va uchinchi qatorlar jangga kiritilgan. Agar bu yordamlar ham kamlik qilsa, so’ngra zahira ishga solingan. Ularning asosiy vazifasi bir hamla bilan dushmanning bayrog’ini qo’lga kiritishdan iborat edi. Moboda bu kuchlar bilan ham dushman ustidan g’alaba qozonib bo’lmasa, unda Amirning o’zi so’nggi zahiradagi eng saralangan kuchlar bilan sherdek dushman ustiga tashlanar edi. Soxibqiron Amir Temur buyuk lashkarboshi, davlat arbobi va ulug’ inson edi. U yaratgan harbiy san’at merosi jahon xalqlarining harbiy san’ati merosidan munosib o’rin oladi va u bugungi kunda yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling