Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt


JANG MAYDONIDA NAMUNAVIY NISHONLARNI ANIQLASH VA YO’Q QILISH IMKONIYATLARI


Download 1.23 Mb.
bet45/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1719864
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

JANG MAYDONIDA NAMUNAVIY NISHONLARNI ANIQLASH VA YO’Q QILISH IMKONIYATLARI BTR-80 QUROLLARDAN PAYDO BO‘LUVCHI VA XARAKATDAGI NISHONLARGA KUNDUZI (KECHASI) O‘T OCHISH QOIDALARI.
Harakatlanayotgan va paydo bo‘luvchi nishonlarga joydan, qisqa vaqtga to‘xtab va yurib o‘q uzishda, otish sharoitlari jadval shartlarvdan jidsiy farq qilgan hollarda quyidagi boshlang‘ich qo‘yiluvchilar tayinlanadi:
—mo‘ljallagich qo‘yiluvchisi — nishongacha o‘lchangan masofaga ko‘ra, nishonning va o‘zining harakatiga qarab kiritiladigan jami tuzatishdan kelibchiqib;
—- mo‘ljallagich markasi — agar yo‘nalishga tuzatish e’tiborga olinmasa, markaziy mo‘ljallagich markasi, yoki nishonning harakatiga va yonlama (qiya) shamolga qarab kiritiladigan jami tuzatishga muvofiq mo‘ljal-lagichning yonlama markasi;
— mo‘ljalga olish nuqtasi — agar balandlik bo‘yicha tuzatishlar e’tiborga olinmasa, nishon markazi, yoki harorat, bo‘ylama shamol va atmosfera bosimiga qarab kiritiladigan tuzatishlar balandlik bo‘yicha nishon markazining usti (tagi) e’tiborga olinadi.
Bronetransportyor (avtomobil) yoki tank harakatla-nayotganida pulemyotdan qisqa vaqgga to‘xtab va yurib (to‘xtamasdan) o‘q uziladi.
Jangaing harakatli, tezkor shakllarida yurib o‘q uzish otishning asosiy usuli hisoblanadi. Mazkur usul harbiy bo‘limlar jadal sur’atlarda harakatlanishini ta’minlaydi. Qisqa vaqgga to‘xtab o‘q uzish yurib otish-dagidan katta masofalarga yoki, mashina qattiq tebranishi tufayli, yurib o‘q uzish kam samara bergan hol-larda amalga oshiriladi.
Turli nishonlarga qisqa vaqgga to‘xtab otish qoida-lari joydan turib otish qoidalari bilan bir xil. Mo‘ljallagich va nishonchaning mo‘ljallanayotgan to‘xtash joyidan nishongacha bo‘lgan masofaga teng qo‘yiluvchisi tayinlanadi. Mashinani to‘xtatish uchun joyni im-koniyatga qarab yashirinish joylari orqasidan (joy burmalari yoki mahalliy predmetlar ortidan) tanlash lozim. Agar joy ochiq bo‘lsa, ikki-uch marta qisqa sidirg‘a o‘q uzish imkonini beradigan qisqa vaqgga to‘xtash zarur. Ikkita to‘xtash joyi o‘rtasidagi masofa vaziyat, joy, otish sharoitlari va mo‘ljalchining o‘q uzishga tayyorligiga bog‘liq.
Otishga tayyorgarlik ko‘rishda mo‘ljallagich va ni-shonchani o‘rnatish, mashina harakatlanayotgan va to‘xta-yotgan paytlarda nishonni mo‘ljalga olish lozim. Ma-shina to‘xtaganidan so‘ng mo‘ljalga aniklik kiritib, o‘t ochish zarur. Haydovchiga mashinani to‘xtatish haqida komandani («qisqa vaqtga») mo‘ljalchi beradi, harakat komandir yoki mo‘ljalchining komandasiga binoan davom ettiriladi. To‘xtashlar oralig‘ida mashina mumkin qadar katga tezlikda harakatlanishi lozim.
Balandlik bo‘yicha mo‘ljalga olish nuqtasi, odatda, nishonning pastki qirrasidan, yonlama yo‘nalish bo‘yicha esa — nishonga nisbatan bronetransportyorning hara-kat yo‘nalishi va tezligaga hamda nishonning xususiya-tiga (harakatlanuvchi yoki paydo bo‘luvchi) qarab tanla-nadi.
Otish paytida bronetransportyor (tank)ning nishonga nisbatan harakat yo‘nalishi frontal (mashina ni-shonga nisbatan 30°gacha burchak ostida harakatlanadi) va qiya (mashina 60—120° burchak ostida harakatlana-di) bo‘lishi mumkin (554- rasm). YUrib otishda ni-shongacha bo‘lgan masofa va pulemyot stvolining burilish burchagi bronetransportyorning bo‘ylama o‘qiga nis-batan muttasil o‘zgaradi.
Otishda masofaning o‘zgarishi e’tiborga olinmaydi, mashinaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan pulemyotning burilishiga esa, 30° (150°)burchakdan boshlab, mo‘ljal-ga olish nuqtasini siljitish yoki nishonchani mashina harakatiga qarama-qarshi tomonga (o‘ng bortdan otish-da o‘ngga va chap bortdan otishda chapga) o‘rnatish lozim. Mashina flang bo‘ylab harakatlanganda mo‘ljalga olish nuqtasini mingdan bir o‘lchovda (nishoncha bo‘limlari-da) siljitish, bunda quyidagi jadvaldan foydala-nish lozim.
Mashina qiya harakatlanganida tuzatishlar ikki baravar kamaytiriladi.
Otishda yonlama yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljalga olish nuqtasi quyidagicha tanlanadi:
a) mashina frontal harakat qilganida:
— harakatsiz va paydo bo‘luvchi nishonga o‘q uzishda — nishon pastki qirrasining o‘rtasi;
—harakatlanayotgan nishonga o‘q uzishda — otishusuliga qarab.
b) mashina flang bo‘ylab harakat qilganida:
harakatsiz va paydo bo‘luvchi nishonga o‘q uzishda — mashinaning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonda, harakat tezligidan kelib chiqib, ya’ni har 10 km(soatga 4 ning mingdan bir ulushi;
mashinaga parallel ravishda, u bilan bir yo‘nalishda, taxminan bir xil tezliqsa harakatlanayotgan nishonga o‘q uzishda — nishon pastki qirrasining o‘rtasi (siljitilmaydi);
mashinaga parallel ravishda, u bilan bir yo‘nalishda, ammo har xil tezlikda harakatlanayotgan nishonga o‘q uzishda — nishon oldi (orqasi)ga 4 ning mingdan bir ulushi miqsorida, agar tezliklar o‘rtasidagi tafovut 10 kmG’soat bo‘lsa va nishon bunda tezroq (sekinroq) harakatlansa;
mashinaga parallel ravishda, ammo turli yo‘nalishda harakatlanayotgan nishonga o‘q uzishda — nishon harakatlanayotgan tomonga ikkita (mashina va nishon tezligiga) tuzatish miqsoriga (555- rasm).
v) mashina qiya harakatlanganida — flang (qanot) bo‘ylab harakatdagi tomonga, ammo siljitish kattaligini ikki baravar kamaytirish kerak; agar mo‘ljalga olish nuqtasi bunda nishon gabaritidan chetga chiqmasa, uni siljitmaslik mumkin.
G’
YOnlama shamolga qarab mo‘ljalga olish nuqgasini siljitish joydan turib otishdagi singari hisobga olinadi.
YUrib otishda quyidagi hollarda o‘t ochiladi:
— mashinaning tebranishi kamayganida, u joyning tekis qismida harakatlanganida yoki tebranishlar o‘z yo‘nalishini o‘zgartira boshlaganida (tinganida);
mashina tezligi o‘zgarmaganida;
mo‘ljalga olish chizig‘i tanlangan mo‘ljalga olish nuqgasiga yaqinlashganda va sidirg‘a o‘q uzish paytida uni kesib o‘tganida;
suvda suzayotib o‘q uzishda mashina to‘lqin o‘rkachiga chiqqanida yoki ikki o‘rkach oralig‘ida turganida;
— oddiy va yonib uchadigan o‘qli patronlar bilan. Birinchi o‘q (sidirg‘a o‘q) uzishga kiritiladigan jami
tuzatishlarni aniqlash — agar bir nechta tuzatishlarni hisobga olish kerak bo‘lgan sharoitlarda o‘q uzish lo-zim bo‘lsa, uzoqpik va yo‘nalishga kiritiladigan jami tuzatishlar aniqlanadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling