Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet1/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MUDOFAA VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG’ОNA DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI

ChAQIRIQQA QADAR BOShLANG‘ICh TAYYORGARLIKNI TAShKIL ETISh VA UNI O`QITISh USLUBYOTI”




FANIDAN
(3-kurs)


O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika
Bakalavriat yo‘nalishi: 5111500 – chaqiriqqacha harbiy ta’lim
HXM: 021002
Farg‘ona-2023 yil.
Ushbu o‘quv-ushubiy majmua OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI vazirligining 2019-yil 17-avgustdagi BD 5111500-3.02-son majlis bayoni bilan ma’qullangan fan dasturi asosida tayyorlandi.













Tuzuvchi:

S.A.Qo‘chqorov

FarDU “Harbiy ta’lim fakulteti” “Ushubiy tayyorgarlik sikli” o‘qituvchisi, zaxiradagi leytenant






























Taqrizchi:

A.T.Akbarov

FarDU “Harbiy ta’lim fakulteti” “Ushubiy tayyorgarlik sikli” o‘qituvchisi dosent v.v.b, zaxiradagi podpolkovnik










O’quv-ushubiy majmua harbiy ta’lim fakulteti kengashining 2023 yil_____-avgustdagi “_____” - sonli yigh ilishida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan.












MUNDARIJA

I.O’QUV MATERIALLARI……………………………………………...

4

-ma’ruza mashg’ulotlari……………………………………………………….

4

- amaliy mashg’ulotlar………………………………………………………...

46

-seminar mashg’ulotlari……………………………………………………….

188

II. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI VA NAZORAT SAVOLLARI..

192

III.GLOSSARIY……………………………………………………………..

200

IV. ILOVALAR……………………………………………………………...

203

-fan dasturi…………………………………………………………………….

203

-sillabus………………………………………………………………………..

228

- tarqatma materiallar……………………………………………………….....

242

-testlar…………………………………………………………………………

246

-sillabusga muofiq baholash mezoni………………………………………….

261

V.FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………….

263



I.O’QUV MATERIALLARI
5-semestr Ma’ruza mashg’ulotlari


M16-Mavzu: Umumq’oshin jangi asoshari mavzusi bo‘yicha mashgulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ushubiyoti.
Reja:

1. Jang haqida tushuncha va zamonaviy umumqo‘shin jangi tavsifi, uning maqsadi. Umumqo‘shin jangining asosiy turlari.


2. Motoo‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-ashahasi va imkoniyatlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-ashaha va harbiy texnikalari (zirhli mashinalar, tanklar, jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalari).


Tayanch iboralar:
Jang — (tor-mor etish), umumqo‘shin, mudofaa va hujum, qurol-ashaha, texnika, dushman guruh, seksiya, motoo‘qchi, front, batalyon (vzvod), radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik), o‘q-dorilar, BMP (BTR), tank, AK-74 avtomati SVD merganlik miltig‘i.
Jang — qisqa vaqt ichida chegaralangan hududda dushmanni yo‘q qilish (tor-mor etish), uning zarblarini qaytarish va boshqa taktik vazifalarni bajarish. Jang maqsadi — dushmanning jonli kuchini yo‘q qilish yoki asirga olish, uning jangovar texnikasi va qurol-ashahalarini yo‘q qilish yoki qo‘lga kiritish hamda dushmanning keyinchalik qarshilik qilish qobiliyatini so‘ndirish. Unga barcha turdagi qurollar zarbi quvvati, harbiy qismlar va bo‘linmalar qat’iy va faol harakatining qo‘rqmasdan o‘tkazilgan manyovri bilan erishiladi.
Zamonaviy umumqo‘shin jangi — unda qatnashayotgan qo‘shinlarning birlashgan kuchlari tanklar, piyodaning jangovar mashinalari (bronetrans portyorlar), artilleriya, havo hujumi mudofaa vositalari, samolyotlar, vertolyotlar hamda boshqa texnika va qurol-ashahalarni qo‘llash bilan olib boriladi. U qat’iyatlilik, keskinlik, tez kechuvchanlik, yuqori manyovrlilik va jo‘shqinlik bilan, vaziyatning tez o‘zgaruvchanligi, ichkariga quvvatli olov ta’siri hamda jangovar vazifani bajarishning turli xil usullari qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi.
Umumqo‘shin jangining asosiy turlari.
Umumqo‘shin jangining asosiy turlari bo‘lib, mudofaa va hujum hisoblanadi. Mudofaa — dushman hujumini qaytarish, unga zarar yetkazish va o‘z qo‘shinlarimizni hujumga o‘tishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida ataylab yoki majburan amalga oshiriladi. Mudofaa oldindan yoki jang sharoitida dushman bilan yuzma-yuz kelinganda tayyorlanishi mumkin. Mudofaa dushman qo‘llagan barcha qurollar zarbini qaytara oladigan, barqaror va faol bo‘lishi kerak.

Hujum — dushmanni tor-mor etish (yo‘q qilish) va joyning muhim marralari (obyektlari)ni egallash maqsadida o‘tkaziladi. U dushmanni mav jud bo‘lgan barcha vositalar bilan zararlash, qat’iy hamla, dushmanning jangovar tartibi ichiga bo‘linmalarning shiddatli kirib borishida, jonli ku chini yo‘q qilish va asir olishda, qurol-ashaha, texnika hamda belgilangan hududlar (marralar, joydagi obyektlar)ni egallab olishda ifodalanadi. Mudofaadagi dushmanga guruh (seksiya)ning hujumi, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri yaqinlashishda yoki ichkaridan harakatlanib kelganda (birdan, yo‘l yo‘lakay) amalga oshiriladi. Motoo‘qchi guruh o‘z qurolini, joy va undagi muhandishik jihozlarini hamda to‘siq va g‘ovlarni mohirona ishlatib, hujumga o‘tgan dushmanga katta talafot yetkazgan holda egallab olgan pozitsiyalarini ushlab qolish qobiliyatiga ega. U qoidaga ko‘ra, vzvod tarkibida mudofaaga kirishadi, batalyon rezervida turib jangovar qo‘riqlashga, jangovar razvedka kuzatuviga va o‘t ochuvchi pistirmaga belgilanishi, kuchlarining bir qismi yoki to‘laligicha batalyon (vzvod)ning zirh guruhi tarkibiga kirishi mumkin. Motoo‘qchi guruh front bo‘yicha 200 m.gacha va ichkariga 200 m.gacha bo‘lgan tayanch punktini mudofaa qiladi. Motoo‘qchi guruhining mudofaasi o‘ziga: guruhning jangovar tartibini, guruh tayanch punktini va o‘t ochish tizimini oladi. Guruhning jangovar tarkibi qo‘yilgan vazifa va joy sharoitiga bog‘liq holda quriladi. Motoo‘qchi guruhning seksiyalar pozitsiyasi, qoidaga ko‘ra, bitta transheyada chiziqda bo‘ladi. Motoo‘qchi guruhning tayanch nuqtasi seksiyalar pozitsiyasidan, piyodalarning jangovar mashinalari va ixtiyoridagi o‘t ochish vositalari hamda o‘t ochish pozitsiyalaridan iborat. Guruhning mudofaadagi o‘t ochish tizimi guruh mudofaasi old chegaralarida tayyorlangan yig‘ilgan olov uchastkasini; mudofaaning oldingi chegarasi oldida, oraliqlarida, qanotlarda va mudofaa ichkarisida piyoda jangovar mashinasining tankka qarshi zonasi va guruhning boshqa barcha o‘t ochish vositalari ko‘p qavatli olovini; xatarli yo‘nalishlarda tayyorlangan piyodaning jangovar mashinasi va boshqa o‘t ochish vositalarining tayyorlangan olov manyovrini o‘z ichiga oladi.




Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling