Farg‘ona Davlat Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi “Matematika” yo‘nalishi tinglovchisi
Download 6.71 Kb.
|
taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: f. -m. f. d.prof. M. Rahmatullayev
Farg‘ona Davlat Universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi “Matematika” yo‘nalishi tinglovchisi Homidov Qahramon Abdullajonovichning “Matritsaning xos sonlari va xos vektorlarini topishning Krilov usuli” mavzusidagi bitiruv ishiga T A Q R I Z Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim pedagog kadrlar masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada Homidov Qahramon Abdullajonovichning bitiruv loyiha ishida e’tibor berilgan “Matritsaning xos sonlari va xos vektorlarini topishning Krilov usuli” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, hozirgi davr talabi ya’ni ta’limni rivojlanishi sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va o’quv - uslubiy ishlarini nazariy va amaliy o’rganish, va olingan bilimlarni O’zbekiston Respublikasi ilm-fan rivojlanishiga xissa qo’shishi jihatidan dolzarb hisoblanadi. Homidov Qahramon Abdullajonovich bitiruv loyiha ishida matritsalar mavzusini o’qitishda zamonaviy ta’limni pedagogik texnologiyalarining ba’zilaridan foydalanishni ko’rsatib ularni tadbiq qilishga xarakat qilgan. Shu usul orqali mavzuni ilmiy jihatdan dozarbligi talabalarda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni hozirgi holati haqida tassavvur uyg’otadi. Ushbu bilim va tasavvurlarni ta’lim oluvchilarga mos ravishda o’qitishda va shakllantirishda, ya’ni bir vaqtda ko’pchilikka, oson va tezkor amalga oshirish imkoniyatini beradigan masofaviy ta’lim usuli vositalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar: keys, venn diagrammasi va h.k. larga e’tibor berilgan va o’quv jarayonida shu kabi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim oluvchilar bilim olishini yaxshilashda muhimligi ko’rsatib berilgan. Bitiruv loyiha ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kirish qismida qo’yilgan vazifani maqsadi, ob’yekti va dolzarbligi ko’rsatib berilgan. Asosiy qismlarda ta’lim jarayonini samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustaxkam nazariy bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga ta’minlash maqsadida o’qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish kerakligi ko’rsatib berilgan. Homidov Qahramon Abdullajonovichning “Matritsaning xos sonlari va xos vektorlarini topishning Krilov usuli” mavzusidagi bitiruv loyiha ishi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o’qitish talablariga to’la mos tushadi va ushbu bitiruv loyiha ishini himoya qilishga tavsiya etaman. Taqrizchi: f. -m. f. d.prof. M. Rahmatullayev Download 6.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling